Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 12. Servis sohasidagi tadbirkorlikning xususiyatlari
Nazorat uchun savollar:
1. Xizmatalrni sifati nima? Sifatni oshirish natijasi qanday tomonlar uchun ahamiyatli? 113 2. Xizmatlarni qanday sifat xususiyatlari farqlanadi? 3. Xizmatlarni etalon kriteriylar bilan taqqoslashda ularni qanday ishlab chiqarish, texnologik va fizik xususiyatlari inobatga olinadi? 4. Xizmatlarni 5. iste’mol xususiyati qanday jihatlar bilan belgilanadi? 6. Xizmat ko’rsatish korxonasi personalini e’tibori qanday xavf-xatar manbalariga qaratiladi? 7. ISO (ISO) ni faoliyati nimaga yo’naltirilgan? 8. “Sifat xalqasi” sifatni ta’minlash sxemasi nimani nazarda tutadi? 9. Xizmatlar sifati kimlar tomonidan nazorat qilinadi? 10. Xizmat sifatini nazorat qilishga qaratilgan davlat faoliyati nimalarga qaratilgan? 11. Servis madaniyati nima? 12. Servis madaniyati qanday kasbiy tavsiflarni mavjud bo’lishini talab qiladi? 13. Servis faoliyatiga qanday epik tamoyillar va axloqiy kategoriyalar xos? 14. Xizmat sohasi ishchilari qanday xizmat etikasi? 15. Estetik madaniyat nima? Mavzu 12. Servis sohasidagi tadbirkorlikning xususiyatlari Ma’ruza rejasi: 12.1. Xizmatlar sohasidagi tadbirkorlikni xususiyatlari 12.2. Xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni shaxsiy sifatlariga qo’yiladigan talablar 12.1. Xizmatlar sohasidagi tadbirkorlikni xususiyatlari Dunyoni ko’pgina mamlakatlarida servis biznesi iqtisodiy rivojlanishni va jamiyat farovonligini oshirishni o’ziga xos yo’llaridan biri hisoblanadi. Bunday mexanizmlar bizni mamlakatimizda XIX-XX asrlarda paydo bo’la boshladi va bir 114 tekis kechmadi. Bu davrda servis ishlab chiqarilishini turli turlari tarixiy shakllangan xo’jalik markazlardan o’rta va mayda shaharlarga o’zlashtirilmagan hududlarga tarqala boshladi. Bunday sharoitda xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik faolligi vaqt kechishi sari zamonaviy turdagi xo’jalikni rivojlanishi omili bo’lishi mumkin edi. Servis subyektlari jamiyat talablariga hozir javob edilar. Yangi xizmat ko’rsatish turlarini paydo bo’lishi zaruriyati, u yoki bu sohalarda ko’proq foyda olish imkoniyati yuqori edi. Odamlarni tashabuskorligi, intiluvchanligi, turli qiyinchiliklarni yengib o’ta olishi, kerak bo’lsa o’z kapitalini tavakkal qilib ishga solishi katta ahamiyatga ega edi. Ammo, tadbirkorlikni rivojlantirishni bunday jarayonlari uzildi. Sobiq Ittifoq davrida jamiyat ishlab chiqarishidagi shaxsiy tashabuskorlik yo’qqa chiqarildi. Xizmat ko’rsatishni barcha infra stukturasi davlat xalq xo’jaligi kompleksi bilan bog’langan edi. Uning doirasida aholiga xizmat ko’rsatish sanoat va harbiy ishlab chiqarishni yaratishga nisbatan ikkinchi darajali vazifa sifatida qaraldi. Sobiq ittifoq davridan keyingi islohotlar turli hudud aholilarini servis sohasida turlicha tadbirkorlik faolligini namoyon etishini ko’rsatdi. Bu asosan hududiy hayot faoliyati sharoitlari, odamlarni joylashish zichligi va strukturasi bilan bog’liqdir. Sobiq Ittifoq islohotlarini dastlabki bosqichlarida tadbirkorlik faolligini o’zlashtirishga o’ta katta va katta shaharlar aholisi (1-3 mln aholi) tayyor ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu shaharlarda kapitalni masshtabli to’planishi, yuqori malakali kadrlarni mavjudligi, ijtimoiy tashabuskorlik va odamlar moslashuvchanligini yuqori darajasiga xos. Katta shaharlarda shaxsiy xizmatalrdan boshlab ishlab chiqarish xizmatlarini o’z ichiga oluvchi keng servis tadbirkorligini rivojlantirish imkoniyati paydo bo’ldi. Mamlakatda servis tadbirkorligini rivojlanishida urbanistik omillardan tashqari, ko’pgina boshqa omillar va sharoitlar ham ta’sir etdi. Chunonchi, shaharni ko’p yoki bir tarmoqliligi, uning qayerga joylashuvchanligi, shahar iqtisodidagi yetakchi ishlab chiqarish turi, transport vazifalarini qay darajada bajarilishi va boshqalarni ahamiyati kattadir. 115 Bundan tashqari, tadbirkorlik imkoniyatlarini rivojlanishida quyidagi ijtimoiy- iqtisodiy omillar ham ta’sir etadi: • shahar ishlab chiqarishida eksportli va xom-ashyo mahsulotlarini mavjudligi yoki bo’lmasligi; • katta obyektlarni shahar ishlab chiqarilishi, shaharni byudjet tushumlari hajmidagi va aholini ish bilan ta’minlashdagi ulushi; • shahar mehnat resurslarini sifati; • aholini ijtimoiy tabaqalanish xarakteri va darajasi; • shahar hududida aholi tomonidan yakuniy faoliyat natijalari asosida oladigan daromad hajmlari; • aholini daromadlari va harajatlarini nisbati; • shaharni aholi boshiga va bir ishchiga to’g’ri keladigan soliq miqdori; • aholini iqtisodiy o’ziga to’qligi. Qishloq xo’jaligidagi servis tadbirkorligini rivojlantirish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lmoqda. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilariga va qishloq aholisiga xizmat ko’rsatishni yangi shakllari katta shaharlardan kirib kelmoqda. Aynan shaharlik tadbirkorlar qishloq aholisiga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish yoki uni qayta ishlash, dala hovlilarini qurish, shaharliklarni rekreasiya qilish bilan bog’liq bo’lgan lokal innovasiyalarda ishtirok etishni taklif etishadi. Har bir tadbirkorlik aniq hudud doirasida regional xo’jalik va lokal menejment muhitida kechadi. Bunda ko’pgina xo’jalik yurituvchi va boshqaruv subyetlarini manfaatlari kesishadi. Xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik ham ko’pgina ma’muriy- boshqaruv, huquqiy, iqtisodiy strukturalarga ega bo’lgan lokal tuzilmalar bilan integrasiyalashgan bo’ladi. Hozirgi sharoitda mahalliy hokimiyat va xizmatlar sohasi tadbirkorlari o’rtasida ko’pgina umumiy maqsad va vazifalar mavjud bo’lmoqda. Ular faolligini birlatiruvchi bo’g’in region aholisi hisoblanadi. Mahalliy hokimiyat organlarini asosiy maqsadi region xo’jalik kompleksini samarali ish yuritishi, yangi ishchi o’rinlar yaratish, mahalliy ijtimoiy infrasturkturani rivojlantirish hisoblanadi. Bunday vaziyatda hokimiyat xizmatlar sohasidagi regional 116 tadbirkorlikni rivojlantirishga manfaatdor bo’lib, xususiy biznesni aholini turli ehtiyojlarini qondirishga yo’naltiradi. Bunda ijtimioy xizmatlarni ba’zi segmentlarida mahalliy hokimiyat xususiy biznesni sherigi yoki raqobatchisi bo’lishi mumkin. Chunki mahalliy hokimiyat organlari xususiy servis korxonalariga ega bo’lishib, tadbirkor sifatida namoyon bo’lishlari mumkin. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling