Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

1. Standartlashtirish xizmatlar sifati, xavfsizligi va raqobatbardoshligini 
ta’minlashning me’yoriy sharti hisoblanadi.
Davlat xizmat ko’rsatish standartlari deyilganda tizim texniklari, servis 
mutaxassislari va iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqiladigan tashkiliy-yo’riqli va 
metodik hujjatlar tushuniladi. Ularda turli turdagi servis ishlarini maqsadi, 
tashkillashtirilishi, texnologiyasi va ta’minotiga bo’lgan talablar aks ettirilgan bo’lib, 
ularni ko’rsatilgan tarzda bajarilishi iste’molchilarni yuqori darajadagi qoniqqanligini 
kafolatlaydi va shu mamlakatdagi servis tashkilotlari va korxonalari uchun majburiy 
hisoblanadi. Ular kasbiy yo’riqnoma, nazorat baholash dastagi bo’lib, ish 
boshlayotgan ishchilarni kasbiy o’qitish davomida foydalanilishi kerak.
Davlat standartlari talablariga rioya qilishni majburiy talablariga mahsulotlarni 
(ish, xizmat) atrof-muhit, odamlarni hayoti, sog’ligi va mulki xavfsizligini, 
texnikaviy va informasion muvofiqligini, mahsulotlar almashinuvchanligini, ularni 
nazorat qilish metodlarini birligini, markirovka bir xilligini va boshqalarni 
ta’minlovchi talablar tegishlidir. Davlat standartlari ekologiya, aholini sanitar-
epidemiologik eson-omonligi, havo, suv kemalari xavfsizligi, savdo, veterinariya
avtomobil transporti, yong’inga qarshi xavfsizlik, mehnatni muhofazalash, qurilish, 
dorivor moddalarni ishlab chiqarish va boshqa sohalarda foydalaniladi. Tasdiqlangan 
davlat standartlari ishlatiladigan joylarda O’zdavstandart davlat nazoratini amalga 
oshiradi.
2. Sertifikasiyalash – bu shunday proseduraki, uni yordamida uchinchi tomon 
mahsulot, jarayon yoki xizmat berilgan talablarga muvofiq kelishi haqida yozuvli 
kafolat beradi. U majburiy yoki ixtiyoriy tavsifga ega bo’lishi mumkin.
Majburiy sertifikatlash mahsulot, xizmat sifati va xavfsizligini davlat nazorati 
bilan kechadi. O’zdavstandart va boshqaruv organlari bir jinsli mahsulotlarni 
103


sertifikatlash tizimini yaratadilar va bunga muvofiq bu tizimlarda sertifikasiyani 
o’tkazish qoida va proseduralarini o’rnatadilar, majburiy sertifikatlash bo’yicha 
ishlarni bajarishni akreditasiyalash va lisenziyalar berish qoidalarini o’rnatadilar, 
muvofiqlik belgilaridan foydalanish uchun sertifikat va lisenziyalar berishadi va 
boshqalar.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling