Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


 Xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni shaxsiy


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

12.2. Xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni shaxsiy 
sifatlariga qo’yiladigan talablar
Respublikamizda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo’yicha 
izchil choralar ko’rilayotganligi ma’lum. Xususan “O’zbekiston Respublikasida 
2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 
apreldagi qarori buni yaqqol isboti hisoblanadi. Qarorda xizmat ko’rsatish va servis 
sohasini rivojlantirish uchun an’anaviy xizmat turlari bilan bir qatorda yangi istiqbolli 
(yuridik, konsalting, bank, moliya, sug’urta, lizing va baholash) xizmat turlarini jadal 
rivojlantirish, xizmatlar eksportini ko’paytirish, xizmatlar sohasi kadrlarini 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni har tomonlama qo’llab-
quvvatlash zarurligi ta’kidlangan. Xizmat ko’rsatish sohasida tadbirkorlar faolligini 
yanada ko’paytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, bu boradagi rasmiyatchilik va 
to’siqlarni bartaraf etish bu sohani rivojlantirishni asosiy yo’nalishi ekanligi e’tirof 
etilgan. Ammo, joylarda servis tadbirkorligini rivojlanishi nafaqat obyektiv iqtisodiy, 
huquqiy va ma’muriy-tashkiliy sharoitlarga, shuningdek bu ish bilan shug’ullanishga 
tayyor fuqarolarni kasbiy-ishbilarmonlik va shaxsiy sifatlariga ham bog’liq. 
Servis sohasidagi tadbirkorlik ko’pgina endi ish boshlayotgan tadbirkorlar 
uchun yangi faoliyat turi hisoblanadi. Bunday vaziyatda nafaqat ularni tadbirkorlik 
faolligini dastlabki bosqichlari, shuningdek ularni oldingi hayot davri, bu ish bilan 
shug’ullanishga undagan sabablar va servis sohasi haqidagi umumiy tushunchalari 
katta ahamiyatga ega. Bu holda endi ish boshlayotgan tadbirkor tomonidan faoliyat 
mohiyatini tushunilishi, servis sohasidagi mehnat tavsifi bilan bog’liq holatlarni 
117


hisobga olinishi o’ta muhimdir. Xususan, bizni fikrimizcha, ular quyidagilarni 
bilsalar va e’tiborga olsalar foydadan xoli bo’lmaydi:

bu sohadagi tadbirkorlik bir vaqtni o’zida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
bilan bog’liq, bu esa tadbirkorlardan kasbiy tajriba, o’ziga xos fe’l, turli 
odamlar bilan til topisha olishni bilishlarini talab qiladi;

xizmat ko’rsatish sohasini ko’pgina sektorlari o’zini tuyuladigan oddiyligi va 
yuqori daromadliligi bilan qanday bo’lmasin tezda boyib ketuvchilarni o’ziga 
jalb qiladi. Bunday tadbirkorlar tavvakalchilik darajasini oshiradilar va 
jamoatchilik fikrida xizmat sohasidagi tadbirkorlik haqida yomon ta’surot 
qoldiradilar;

xizmat ko’rsatish bu hamma vaqt turli odamlar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqaga 
kirishish, ularni qiziqishlari, tashvishlarini hisobga olish hisoblanadi. Ko’p 
hollarda servis sohasi ishchilari o’z faoliyati vositasida ko’pgina oilalar, aniq 
shaxslarni hayotiy muhim muammolarini hal qilinishiga aloqador bo’lishadi;

odamlar xizmat buyurtmachisi va uni to’lovchisi sifatida namoyon bo’la turib, 
ko’p hollarda g’arazli, ish sifatiga o’ta talabchan bo’lishadi. Aksariyat hollarda 
ular tomonidan xizmat ishlab chiqaruvchilar xarakatlarini baholash nohaq 
bo’lishi va bu holat, oxir oqibat, ularni ranjishiga olib kelishi mumkin;

servis sohasidagi ko’pgina operasiyalar kombinasiyalashgan, ularni ko’pchiligi 
bir vaqtda amalga oshiriladi. Bular esa barcha personal, birinchi navbatda 
menejment tomonidan o’ta qisqa muddatlarda yuqori muvofiqlashtirish 
darajasini talab qiladi;

xizmat sohasidagi ko’pgina ishlar korxonani kechayu-kunduz faoliyat 
yuritishni bog’liq bo’lib, navbatchiliklar, bayram va dam olish kunlaridagi 
ishga chiqishlar bilan kechadi;

servisni qator yo’nalishlaridagi mavsumiy tebranishlar, shuningdek, talabni 
keskin oshishi va pasayishi bu sohadagi tadbirkorlik faolligini bir maqomli 
bo’lmasligiga, oldindan qiyin aytilishiga olib keladi;

ko’pgina servis korxonalari ma’lum hajmdagi past malakali yoki malaka talab 
qilmaydigan mehnatga ehtiyoj sezadi;
118



xizmat sohasidagi ko’pgina ishlar kam to’lanadigan hisoblanadi;

bu sohada yoshlar, ayollar va soatbay mehnatini ulushi yuqori;

bu sohada kadrlar ko’chishi keng tarqalgan.
Xizmatlar sohasini yuqorida sanab o’tilgan omil va jihatlari o’zini bu biznesga 
bag’ishlayotgan odamlarni shaxsiy sifatlariga qator talablar qo’yadi. Zamonaviy 
raqobat muhitida kim yaxshi tadbirkor bo’la olishini oldindan aytish mumkin emas. 
Bu faqat amaliyotda aniq bo’ladi.
Amaliyot shundan dalolat beradiki, tadbirkor bu yangilik kirgizish didiga ega 
bo’lgan g’ayratli, ixtirochi odamdir. U umum qabul qilingan biznes me’yorlarini 
hurmat qiladi va uni tanlagan yo’lidan og’dirish oson emas. Tadbirkorni yutuqlari 
ko’pincha uni tanlagan servis sohasidagi bilimlariga, kasbiy tayyorgarlik darajasiga, 
naqadar o’zini rivojlantira olishi va sherik, yaqin hamkorlarini rivojlanishiga 
ko’maklasha olishiga bog’liq. Bunda iqtisodiy, servis sohasidagi bilimlarga ega 
bo’lish o’ta muhim hisoblanadi. Ayni vaqtda tavakkalchilik, tavakkal vaziyatlarni 
hisoblay olish ko’nikmalariga ega bo’lish ham katta ahamiyatga ega.
Zamonaviy biznes borasidagi adabiyotlarda iqtidorli va omadli tadbirkorlarni 
aholini tug’ma sifatlarga ega bo’lgan oz qismi (o’rtacha 6-7 %) vakillari o’rtasidan 
yetishib chiqishi mumkinligi ta’kidlanadi. Haqiqatan ham bunday obyektiv 
tendensiya turli mamlakat aholilari uchun xos. Shuning uchun tadbirkorlik faolligini 
boshlashdan oldin ishni istiqbolligi va xizmatlar sohasi doirasida uni rivojlantirish 
bo’yicha o’z imkoniyatlarini oldindan baholash kerak.
Shu bilan birga iqtidorli tadbirkorlarni aholi o’rtasidagi mayda ulushi haqidagi 
yuqorida ko’rsatilgan xulosani dogma sifatida qabul qilish kerak emas, chunki bu hol 
aniq odamlar guruhiga nisbatan u yoki bu vaziyatda to’siq bo’lishi mumkin. 
Ko’pgina mamlakatlarda odamlar servis biznesiga o’zini unchalik katta bo’lmagan 
mustaqil ishni boshlash imkoniyati mavjud bo’lganligi sababli va katta ishlab 
chiqarishga xos bo’lgan mehnatdan begonalashishni yengib o’tish uchun kelishadi. 
Bizni sharoitimizda esa servis biznesi bilan shug’ullanishni boshlayotganlar tezda 
katta boylik to’plash vazifasini qo’ymaydilar, balki o’z-o’ziga egalik qilish, oilasiga 
ko’maklashish, hayotni qiyin davrini yengib o’tish maqsadida ish boshlaydilar.
119


Omadli tadbirkorga quyidagi sifatlar xos bo’lishi kerak:

ishni foydaliligi va istiqbolligini baholash ko’nimasi;

ma’lum sharoitlarda o’zini oqlaydigan tavakkalchilikga tayyorgarligi;

bozor talabi va konyunkturasiga hozirjavob bo’lishi;

investorlar, ishonchli sheriklar va ta’minotchilarni topa olish mahorati;

maqsadni ko’ra bilish va oxirgi natija uchun ish olib borishi;

o’ziga va sheriklarga nisbatan faol, talabchan bo’lishi;

o’z firmasini mashhur bo’lishi uchun har bir imkoniyatlardan foydalana olish 
ko’nikmasi;

yaqin yordamchilarni tanlay olish va ularning kasbiy o’sishi ustida ish olib 
borish mahorati;

konstruktiv tanqidni to’g’ri qabul qila olishi;

raqobatchilarga firmadan o’zib ketish imkoniyatini tug’diruvchi vaziyatni 
yaratmaslik ko’nikmasi.
Shunday qilib, servis sohasida samarali biznes olib borish uchun avvalo servis 
faoliyatiga xos bo’lgan xususiyatlardan xabardor bo’lish kerak. Shu bilan birgalikda 
ularni o’zlariga ham qator kasbiy ishbilarmonlik va shaxsiy sifatlar xos bo’lishi 
lozim.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling