Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


 Servis faoliyatini revolyusiyaga qadar, sobiq ittifoq va undan keyingi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

4.3. Servis faoliyatini revolyusiyaga qadar, sobiq ittifoq va undan keyingi 
rivojlanishi
Bizni xo’jalik amaliyotimizdagi xizmatlar soxasi mustaqil tadbirkorlik soxasi 
sifatida G’arb davlatlariga nisbatan kechroq differensiasiya qilina boshladi. 
Iqtisodiyotda uni mustaqil mavqye sifatida shakllanishi bozor munosabatlarini 
taraqqiy etmaganligi, axolini yuqori bo’lmagan xayot darajasi, shuningdek odamlarni 
kundalik amaliyotga talabchanligini pastligi, oilaviy o’ziga ximat ko’rsatishni keng 
amaliyotiga olib kelgan kun kechirishni kamtarona maqsadlari sababli ortda 
qolmoqda edi.
Servisni rivojlanishida dvoryan (zodagonlar) toifasini ta’siri kuchli edi. 1861 
yilgacha, krepostnoy (xuquqsiz dexqon) xuquqlarini bekor qilingunicha, dvoryanlar 
krepostnoy xizmatchilar mexnatidan keng foydalanishar edi. Shuning bilan birga, 
Petr davridan boshlab, boshqaruvchilar dvoryanlarni jamiyatda va oilaviy 
munosabatlarda g’arbiy Evropa standartlarini saqlashga majbur etishar edi. Bu 
dvoryan muxitida barcha chet el narsalariga yangi rasmni (moda) tarqalishiga olib 
keldi. Zodagonlar uchun toshli aloxida uylar, bog’lar maxsus loyixalar bo’yicha 
qurila boshlandi. O’ziga to’q odamlarni uylari yevropacha jixozlana boshlandi (stul, 
kreslo, katta ko’zgular, portretlar).
Zodagonlarga xizmat ko’rsatishda shaxsiy xizmatlar bo’yicha chet el 
mutaxassilari paydo bo’la boshladi (universitet ma’lumotida ega bo’lgan doktorlar, 
sartaroshlar va boshqalar). Eng qimat kiyimlar, poyafzal, parfyumeriya namunalari 
chet eldan olib kelinar edi. Bularni hammasi oliy sinf vakillari extiyojlarini qondirish 
jarayening rivojlanishi bir xil emasligidan dalolat beradi. Bir tomondan ular bu 
yo’nalishdagi an’analarni va maishiy udumlarni inkor etishsa, ikkinchi tomondan 
ularni hayot tarzi ijtimoiy o’zini tutish, sog’liqni saqlash, dam olish boshqalarni 
zamonaviy va samarali namunalarini taklif etar edi.
O’rta va past daromadli odamlarni hayotiy extiyojlarini qandirish an’anlar 
asosidagi o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish xarakteriga ega edi. Agar odam kasal bo’lsa 
34


tabibga murojaat qilgan. Gigiyena doimiy ravishda hammomga qatnash orqali 
saqlangan. Ko’pgina shaharlarda jamiyat hammomlari mavjud bo’lgan. O’ziga to’q 
oilalar esa shaxsiy hamomlardan foydalanishgan. Ko’pgina dehqonlar, kambag’al 
shaharliklar o’zlari uchun kiyimni o’zlari tikishgan yoki tanishlar yordamidan 
foydalanishgan, turar joylar qurishgan, xo’jalik buyumlarini tayyorlashgan, murakkab 
bo’lmagan bezaklarni yasashgan. XIX asrlarda bu xo’jalik mashg’ulotlari asosida 
mamalkatni ba’zi tumanlarida xalq xunarmandchiligi va kosibligi rivojlana 
boshlagan.
Xalq hunarmandchiligi va kosibligi deyilganda, revolyusiyaga qadar xalqlarni 
xo’jalik - yordamchi faoliyat yo’nalishi tushunilgan bo’lib, ular dehqonlarni, turli 
hudud aholisini hunarmandchilik va maishiy o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishi bilan 
bog’liq bo’lgan. Aholini kambag’al qatlamlari uchun kasb, hunarlar qo’shimcha pul 
topish manbai hisoblangan. Xalq hunarmandchiligini dehqonchilik, kosiblik, badiy 
turlari ma’lum.
Xalq hunarmandchiligi va kosibchiligini revolyusiyaga qadar turlari: yog’och 
uymakorligi, qo’lda bezakli to’qish, kashtachilik, tikish, gazlamaga rasm solish
idishlarga rasm chizish, bolalar o’yinchoqlarini yasash hisoblangan. Ko’pgina kasb, 
hunar mashg’ulotlari (asosan hunarmandchilik va qo’lda ishlangan turlari) 
keyinchalik boshqa ijtimoiy-professional guruhlar tomonidan ilib olindi, bular 
ularning asosiy hayot kechirish manbaiga aylandi, yuqori didlarni qondirishga 
yo’naltirilib rivojlandi.
Shaharlarda imtiyozli buyurtmachilar tomonidan yuqori talab bilan 
foydalanilgan kasb, hunarlar rivojlandi:suyakka xolmogorcha o’ymakorlik va 
boshqalar. Pomeshiklar (katta yer egalari) ustaxonalarida kashtachilikni antiqa turlari 
yaratilar edi. Erkaklar monastrlarida temirchilik, duradgorlik, shu bilan birga ikona 
chizish va zargarlik kabi kasb hunarlar amaliyotda edi. Ayollar monastrlarida badiiy 
kashtachilik, to’qish, tikish bilan shug’ullanishgan.
Jamiyatimizdagi eng dastlabki maxsus xizmat ko’rsatish mashg’ulotlari 
hunarmandchilik mashg’ulotlari va savdo hisoblandi. XVII-XIX asrlarda har bir katta 
va o’rta shaharlarda bozor maydonlari mavjud bo’lib, ularda savdo rastalari 
35


joylashgan. Bu yerda ulgurji va chakana savdo olib borilar edi. Yilni issiq vaqtlarida 
savdogarlar katta maydon va ko’chalarga chiqishgan.
Savdo uzoq davr mobaynida, hatto katta shaharlarda ham arxaik usulda olib 
borilgan. Hayotni obyektiv sharoitlari sababli yarmarkali (vaqti-vaqti bilan 
bo’ladigan bozor) va karavan savdoni mavjud bo’lishi orqada qolmoqda edi. Ayni 
vaqtda G’arbiy Evropada savdo sexlar va savdo gildiyalari ta’sirida rivojlanayotgan 
edi, ko’rgazmali faoliyat rivojlanayotgan edi.
Savdoni rivojlanishi chekka joylarda va qishloqlarda ancha ortda qolmoqda 
edi. Masalan, hatto XX asrgacha qishloq va chekka joylarga yakka tadbirkor savdo 
agentlari yoki savdo hunarmandchilik artel vakillari – ofen, korobeyniklar xizmat 
ko’rstgan.
XX asrni boshlarida chakana savdo maskanlari soni tezlik bilan oshdi, birinchi 
jahon urushi arafasida esa milliondan oshib ketdi. Mayda sotuvchi va sotib oluvchilar 
sonini hyech kim hisobga olmas edi. Ammo katta to’qimachilik fabrikalari, sanoat-
savdo firmalari, katta magazinlar hammani diqqat e’tiborida edi. Sanoatchilar, tovar 
ishlab chiqaruvchilar, kundalik ehtiyoj mollarini tayyorlovchilarni sotish 
birlashmalari shakllana boshlandi.
XIX asrni ikkinchi yarimidagi industrial ishlab chiqarishni xizmatlarni tashkil 
etishdagi axamiyati sezilarli bo’ldi. Ommoviy xizmatlar turlariga bevosita aloqador 
bo’lgan industriya yo’nalishlari o’rtasida xarakatlanish vositalari (temir yo’l kurilishi 
va parovozsozlik, teploxod va samalyotsozlik) rivojlanishini ko’rsatish mumkin.
Tabiiyki, yakka-tadbirkorlar rels, parovoz vagonlari, kemalar, ayniqsa 
samolyotlar ishlab chiqaradigan katta korxonalar ishini tashkil eta olmas edilar. 
Shuning uchun XIX asr oxirida turli kapitalistik assosiasiya shakllari tarqala 
boshladi, ular o’rtasida aksionerlik jamiyatlari va paychilik o’rtoqliklari eng 
xayotchan bo’lishdi.XX asr boshlarida ular sanoatni turli soxalarida ko’pchilikni 
tashkil etar edi.
XIX-XX asr bo’sag’asida rus texnikaviy ilg’or fikri noodatiy inovasion 
qudratni namoyish etdi. Bu haqda, 1912 -1915 yillarda Sankt – Peterburgdagi Russ - 
Baltiya zavodini, Igor Sikorskiy konstruksiyasidagi «Rus Vityazi» va «Ilya 
36


Muromes» rusumli katta qo’p motorli samolyotlarini ishlab chiqarishga 
kirishganligi dalolat beradi.Buyuk Britaniya 1913 yilda o’z dengiz floti uchun 
aeroplanlar sotib olishni ma’lum qilgan, ammo bu rejalarga urush halaqit berdi.
Xizmatlar sohasiga bevosita aloqador bo’lgan boshqa industrial ishlab 
chiqarish soxalari o’rtasida to’qimachilik va oziq-ovqat sanoatini ko’rsatish mumkin. 
Konditer sanoatida (ushbu korxonalar asosan Rossiyani katta markazlarida joylashar 
edi) ko’pgina dessertli shirinliklar avval maxoratli konditerlar tomonidan 
tayyorlanilar va boy odamlar dasturxonini bezar edi. Keyinchalik bu shirinliklar 
ommaviy–fabrika ishlab chiqarish predmetiga aylandi va ularni o’rta ta’minlangan 
xaridor ham sotib olishi mumkin bo’ldi.
Sankt – Peterburgda bu yo’nalishda «Jorj Borman» o’rtoqligi, «Blikgen va 
Robinson» savdo uyi, V. Konradi fabrikasi, «Georg Landrin» firmasi faoliyat yuritar 
edi. Moskvaliklar uchun shirinliklar «A. Abrikosov va o’g’illari o’rtoqligi», «Siu i 
K» savdo uyi, Eynem o’rtoqligi va konditer firmalari tomonidan tayyorlanar edi.
Xizmatlarni rivojlanishida bank kredit operasiyalarini axamiyati ham katta edi. 
Industrial ishlab chiqarishni ham, savdoni ham, xizmat ko’rsatishni ham kreditsiz, 
qimmatli qog’oz va pul aylanmasisiz amalga oshirish mumkin emas.
XIX asr oxirida veksellarni hisobga olish va tovar-ssuda operasiyalari 
banklarni asosiy faoliyat soxasi xisoblanar edi. Xaridor, odatda tovarga naqd pul 
to’lash o’rniga sotuvchiga vekselni taqdim etar, u bo’yicha ma’lum muddat davomida 
to’lovni bajarish majburiyatini olar edi. Sotuvchi kelishilgan muddatni kutmasdan, 
vekselni bankda hisobga olishni amalga oshirishi va foyizi ayrib tashlangan o’z pul 
mablag’ini olishi mumkin edi. Tovarni mijozga jo’natib, u tovar xujjatlari 
(nakladnoy) evaziga bankdan ssuda olishi mumkin edi.
XX asr boshlarida banklar mustaqil ravishda non, shakar, qorako’l va boshqa 
kundalik extiyojlari mollari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo operasiyalarini 
amalga oshira boshlashdi.
Rekreasion va badiy-estetik talabalarni o’zgarishini, ular bilan bog’liq bo’lgan 
xizmatlarni ko’rib chiqish maqsadida davlat aholisi bo’sh vaqtidan qanday 
foydalanganligini taxlil qilamiz. O’rta va qo’yitabaqa vakillari shaharlarda, ochiq 
37


havoda xalq o’yinlarini, shuningdek kurash, mushtlashish janglarini xush ko’rishar 
edi. O’ziga to’q fuqarolar ayiq, bo’rilarni itlar bilan jangini tashkil qilishar edi. 
Barcha tabaqa vakillari burgut ovini yaxshi ko’rishar edi.
Shaxar va qishloq 
ko’chalari, shuningdek yarmarkalar bo’ylab bir vaqtni o’zida aktyor, musiqachi, 
sirkchi, raqqosa bo’lgan skomoroxlar kezishar edi. XXVII asr oxirida cherkovni 
skomoroxlar bilan kurashi natijasida ushbu ko’ngil xushlik shakli tarqatildi. Uy 
sharoitida ular shashka, shaxmat bilan qiziqishar edi. Yuqori tabaqa vakillari 
shaxmat o’ynashni xush ko’rishar edi.
Davlat fuqarolarini XVI-XVII asrlardagi bo’sh vaqtlarini o’tkazish 
xususiyatlari bu ko’ngil xushliklarini an’anaviy madaniyat doirasidan chetga 
chiqmaganligidan, asosan an’analar asosida rivojlanganidan dalolat beradi. 
Shaxarliklarni ommaviy dam olishlari va ko’ngil xushliklari bilan maqsadli 
yo’nalishda shug’ullanuvchi maxsus jamiyat tashkilotlari va kasbiy tashkilotchilar 
mavjud emas edi. XIX asrda katta shaxarlarda tadbirkorlar fuqarolarni dam olishiga 
ommaviy tus berishda, tashkil etilgan ko’ngil xushliklar keng tarqalishi uchun ko’p 
kuch sarflashdi.
1905 va 1917 yillardagi revolyusiyalar o’rtasida katta shaxarlardagi 
fuqarolarning dam olishi o’zini tashkil etilishi shakli va moxiyati bo’yicha 
zamonaviy xarakterga ega edi.
Sobiq ittifoq davrini barcha o’zgartirishlari universal yo’nalishga ega bo’lib, 
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling