Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil 
etish kafedrasi
J.S.Fayziyev
SERVIS TIZIMI FAOLIYATI ASOSLARI
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
SAMARQAND - 2008 


Tuzuvchi: SamISI dosenti, t.f.n. J.S.Fayziyev
Taqrizchilar:
Qurbonov J.M.- Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
professori 
Ishniyazova Sh.A - Samarqand qishloq xo’jaligi instituti
dosenti
“Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasining 2008 yil 
noyabr oyidagi yig’ilishi bilan tavsiya etilgan. Bayonnoma № 4
Institut o’quv-uslubiy kengash №5-son bayoni bilan tasdiqlangan, 24 dekabr 
2008 yil
Annotasiya
Ushbu ma’ruzalar matnida servis faoliyati mohiyatini nazariy tushunilishi, uni 
tarixiy va zamonaviy faoliyatiga oid ma’lumotlar keltirilgan.
Ma’ruzalar matni “Servis” yo’nalishidagi bakalavriatura talabalari uchun 
mo’ljallangan.
Ma’ruzalar matnidan xizmat ko’rsatish sohasi mutaxassislari ham 
foydalanishlari mumkin.
© J.S.Fayziyev
2


Mavzu 1. Servis tizimi faoliyati asoslari fanini predmeti, vazifasi va 
maqsadi
Ma’ruza rejasi:
1.1. Servis faoliyatini tahlil etilishini dolzarbligi
1.2. Fanning maqsadi, vazifalari va ahamiyati
1.1. Servis faoliyatini tahlil etilishini dolzarbligi
Zamonaviy odamni hayot faoliyati tovar va xizmatlarni iste’mol qilinishiga 
asoslangan. Ularni yaratilishi, ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi va iste’mol qilinishi 
odamlar ehtiyojlarini qondirilishini dinamik rivojlanishini ta’minlaydi.
Davlat iqtisodida xizmatlar sohasi va tovar ishlab chiqarish sohasi organik 
o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tarmoqlar hisoblanadi. 
Xizmatlar sohasi jamiyat hayotini muhim sohalaridan biri hisoblanadi va bizni 
faoliyatimizni barcha tomonlariga sezilarli ta’sir qiladi. Shu sababli servis faoliyati 
odamlarni moddiy hayot ta’minotida ma’lum rol o’ynaydi, bu yerda ularni eng turli 
tuman ma’naviy faoliyat turlari amalga oshiriladi.
Xizmatlar sohasi – bu bir tomondan aholiga ko’rsatiladigan servis xizmatlarini 
assortimenti bo’lsa, ikkinchi tomondan tashkilotlar va yakka ijrochilar majmuasi 
bo’lib, ular servis faoliyati doirasida iste’molchilarga moddiy va ijtimoiy-madaniy 
xizmatlarni ko’rsatishadi.
Xizmat sohasini va servis xizmat ko’rsatishni rivojlantirish masalalariga 
bo’lgan jiddiy munosabat sobiq sovet vaqtida boshlangan edi. O’sha vaqtda partiya 
rahbariyati xizmat ko’rsatish sohasini yirik mexanizasiyalashgan xalq xo’jaligi 
sohasiga aylantirishga qaror qilgan edi. Bunday direktiv vazifa xalqni moddiy 
farovonligini oshirish dasturini amalga oshirilishida paydo bo’lgan bo’lib, dolzarb 
iqtisodiy ehtiyojni ifodalar edi.
O’sha vaqtda xizmat ko’rsatish sohasini xalq xo’jaligini mustaqil tarmog’iga 
aylantirilishi rivojlanayotgan mehnat taqsimoti sababli yuzaga kelgan obyektiv 
3


jarayon sifatida qaralar edi. Mehnat taqsimoti xizmatlar ko’rinishidagi ma’lum 
jamiyat mehnati qismini ajralishi bilan kechdi va uni bevosita maqsadi ehtiyojlarni 
qondirish, odamni hayotiy vositalar bilan ta’minlash bilan bog’liq ma’lum ijtimoiy 
munosabatni shakllantirish edi.
Bunday maqsadni amalga oshirish uchun qator vazifalarni yechish nazarda 
tutilgan edi:

odamlarni normal hayot faoliyati, tarixiy kelib chiqqan ehtiyojlarini qondirish 
uchun yetarli bo’lgan moddiy-texnik bazani yaratish;

hayotiy vositalarni ma’lum qismidan odamlar qobiliyatlarini rivojlantirishni 
ta’minlashda unumli foydalanish;

odamlarni muloqot doirasini nafaqat ehtiyojlarni qondirish jarayonida, balki 
did va talablarni shaklanishida ham kengaytirish.
Bu vazifalar real bajarilishidan yiroq bo’lib, ko’proq darajada deklarasiya 
tavsifiga ega edi. Ammo shunga qaramasdan odam hayot faoliyatini maishiy sohasi 
mustaqil institutga aylandi va uni maqsadi odam ehtiyojlarini qondirishdan iborat 
bo’ldi.
Mamlakat iqtisodini rivojlanishi bilan birga xizmatlar sohasini faoliyat 
maydoni ham kengayib bordi. Shu bilan birgalikda oxirgi 10-15 yilda sobiq SSSR 
vaqtida ishlab kelayotgan xizmat sohasi korxonalarini ko’pligi yopildi. Ular o’rniga 
xalqaro standartlarga mos keluvchi xizmatlar ko’rsatayotgan yangi zamonaviy servis 
tashkilotlari paydo bo’lmoqda. Zamonaviy raqobatbardosh servis tashkilotlarini ish 
asoslini samarali xizmat ko’rsatish texnologiyalari, zamonaviy jihozlar, sifatli xom-
ashyo, yuqori malakali personal tashkil qiladi.
Iqtisodiy farovonlikni oshishi va ishbilarmonlik iqtisodiy hayotni rivojlanishi 
yangi xizmat turlariga bo’lgan talablarni shakllantiradi, iste’molchilarga xizmat 
ko’rsatish sifatiga bo’lgan talablarni oshirdi.
Ilmiy-texnikaviy progressni rivojlanishi informasiyani uzatish, ishlov berish va 
tahlil etish bilan bog’liq yangi xizmat turlarini (informasion va hujjatli servis, 
auditorlik xizmatalri, simsiz aloqa, interaktiv aloqa xizmatalri) paydo bo’lishiga olib 
keldi. 
4


Ijtimoiy-madaniy servis sohasida xizmat ko’rsatishni yanada didli shakllari va 
turli-tuman xizmatlar turlari paydo bo’ldi. Servis xizmatlari bozorida doimiy ravishda 
yuqori sifat darajasiga ega bo’lgan yangi xizmat ko’rsatish yo’nalishlari paydo 
bo’lmoqda.
So’ngi yillarda respublikamizda xizmat ko’rsatish va servis sohasini 
rivojlantirish bo’yicha izchil choralar qo’rilmoqda. Xizmatlar bozori tarkibi 
xizmatlarning yangi istiqbolli turlari - bank, moliya, sug’urta, axborot – 
kommunikasiya xizmatlari va boshqalarni rivojlanish hisobida takomillashmoqda. 
Oilalarni murakkab, maishiy texnika, kompyuterlar va shaxsiy avtotransport bilan 
ta’minlashni oshishi, ularga ko’rsatilayotgan xizmatlarni kengayishiga imkon berdi.
Shu bilan birga, xizmat sohasini rivojlantirishdagi jiddiy kamchilik, bandlikni 
oshirish va aholi daromadlarini ko’paytirish, mahalliy byudjetlarni to’ldirishni 
manbai sifatida servis va xizmat ko’rsatish imkoniyatlaridan kam foydalanilishi 
hisoblanmoqda. Xizmat ko’rsatish sohasi qishloq joylarda sust rivojlanmoqda. Shular 
sababli, xizmat ko’rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi bozor 
mezonlariga mos kelmaydi va uni dunyoni rivojlangan mamlakatlarida bu sohada 
erishilgan ko’rsatkichlarga taqqoslab bo’lmaydi. 
Bu mamlakatlarda xizmatlarni yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60-80 %ni 
tashkil qiladi, xizmat sohasida iqtisodiyotda band bo’lgan aholining qariyb 70 %i 
mehnat qiladi, aholining iste’mol xarajatlari tarkibida esa, mazkur soha 50-60 %ni 
tashkil qiladi. Respublikamizda esa, bu ko’rsatkich 10-15 %dan oshmaydi. 
O’zberiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi “O’zbekiston 
Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ushbu sohadagi kamchiliklarni bartaraf eti shva 
soha istiqbolini belgilashga qaratilgan.
Qarorda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish va servis sohasini 
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

xizmatlar ko’rsatish sohasida tadbirkorlarning faolligini
kuchaytirish uchun shart-sharoit yaratish va shu asosda 2010 yilgacha
xizmatlarni yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 49 %ga yetkazish;
5



2006-2010 yillarda xizmatlar ko’rsatish sohasida band bo’lgan aholi
sonini 1,6 marta ko’paytirish;

qishloq joylarda isteqomat qilayotgan aholiga ko’rsatilayotgan
xizmatlar, birinchi navbatda, kommunal-maishiy, uy-joylarni
ta’mirlash va qurish, suvdan foydalanish, veterinariya, qishloq
xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash va mashina traktor parklari
sohasidagi xizmatlar hajmi va turlarini yanada oshirib borish;

an’anaviy xizmat turlari bilan bir qatorda yangi istiqbolli –
yuridik, konsalting, bank, moliya, sug’urta, lizing va baholash xizmat
turlarini jadal rivojlantirish;

mamlakatimiz korxonalarining xalqaro bozordagi xizmatlari
darajasi va sifatini oshirish hamda shu asosda xizmatlar eksportini
ko’paytirish;

xizmatlar ko’rsatish va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni har tomonlama
qo’llab-quvvatlash. 
Servis tashkilotlari iste’molchilar uchun qattiq raqobat jangini olib 
borishmoqda va bunda iste’molchilar talabiga mos keluvchi xizmatlar ko’rsatuvchi 
tashkilotlar yutib chiqishadi. Xizmat ko’rsatish tashkilotlari xizmat ko’rsatish shakl 
va usullarini, xizmat ko’rsatish texnikasini taraqqiy ettirib iste’molchilarni o’sib 
borayotgan ehtiyojlarini qondirishga intilishadi.
Tovar va xizmatlar iste’molini globallashuvi servis tashkilotlaridan xizmatlarni 
xalqaro sifat standartlari talabiga moslashtirishni talab qiladi. Bu maqsadlarga 
erishish uchun servis tashkilotlariga servis faoliyatini tashkil eta olishga qobiliyatli va 
iste’molchilarga zamonaviy, qulay va xavfsiz xizmat ko’rsatishni ta’minlay oluvchi 
bilimli va ruhiy tayyorlangan personal kerak bo’ladi.
Servis sifatini oshirishda xizmat ko’rsatish sharoiti va xizmat ko’rsatish 
zonasidagi muhit (servis tashkiloti joylashgan bino interyeri, mebellashganligi, 
jihozlari, xona mikroklimati, xizmat ko’rsatuvchi personalni tashqi ko’rinishi va uni 
malakaviy mahorati) muhim rol o’ynaydi.
6


Servis tashkilotini ish sifati xizmat ko’rsatishni saviyali loyihalashtirish va 
tashkillashtirishga ham bog’liq.
Zamonaviy xizmat ko’rsatish jarayoni odamlarni yakka xizmatlarga bo’lgan 
ehtiyojlarini tahlil etishga, xizmat ko’rsatish jarayonini, material obyektlarni va 
xizmatlarni diagnostika va modellashtirishga asoslanadi.
Servis tashkilotlarini raqobatbardoshligi buyurtmachilar ehtiyojlarini, jinsga, 
yoshga, iste’molchilarni yakka xususiyatlariga bog’liq holda xizmatlarga bo’lgan 
talab xususiyatlarini xizmat ko’rsatish jarayonini ruhiy omillarini, modda ruhiyati, 
reklamani ta’sir etish ruhiyati masalalarini tahlil etishga asoslanadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling