Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

umumnazariy tahlil hisoblanadi. Bu holda, servis faoliyatini jamiyat ijtimoiy 
munosabatlar, ma’naviy faollik hodisasi sifatida ko’rib chiquvchi nazariyalarni qayta 
ishlanadi, uning tarixiy rivojlanish qonuniyatlari belgilanadi, tashqi o’zgarishlar 
ta’sirida uning transformasiyalanishi xarakteri o’rganiladi. Bu darajadagi fikrlashni 
nazariy jihatlarini anglash servis tahlili metodologiyasini ishlab chiqishga imkon 
beradi.
Servis faoliyatini tahlil etish metodologiyasi bu uning mohiyatini, tarixiy 
evolyusiyasi qonuniyatlarini, shuningdek jamiyat, ishlab chiqarishi ijtimoiy 
strukturasi va madaniy amaliyotidagi o’rnini tadqiqot etishga yo’naltirilgan 
umumnazariy tushunchalar tizimidir.
Ko’pgina ijtimoiy va gumanitar fanlarda olingan ilmiy natijalarni amaliy 
faoliyatda foydalanishni nazarda tutuvchi tahlil darajasi mavjud. Servis faoliyati 
xaqidagi fanda xam amaliy daraja katta ahamiyatga ega, chunki servisni 
rivojlantirish ushbu soha ishchilari, davlat organlari, ko’p sonli iste’molchilar uchun 
dolzarb xisoblanadi.
45


Hohlagan obyekt ilmiy tahlilida servis mohiyatini adekvat akt ettiruvchi 
predmet–displinar rakursni aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli servis 
xaqidagi ma’lumotlarni to’plash va tahlil etish, turli metodlarni tanlash muhimdir.
XX – asrni ikkinchi yarmidan boshlab servis faoliyatini tushunish 
dissiplinalararo xarakterga ega bo’la boshladi. Uning doirasida tahlilni iqtisodiy
ijtimoiy, boshqaruv va boshqa jihatlari teng huquqli deb qaralmoqda.
Tarixiy amaliyot xizmatlar ilmiy taxlili nafaqat empirik faktlar to’plashdan, 
balkim uning ijtimoiy va iqtisodiy tabiatini aniqlashdan boshlanganligi haqida 
dalolat beradi. Bu jarayon XVIII-XIX asrlarda Angliya siyosiy iqtisodi doirasida 
kechdi. Angliya siyosiy iqtisodi xizmatlarni iqtisodiy munosabatlar tarkibiy qismi 
sifatida qarar edi. Bunda olimlar xizmatlarni nomaterial ne’matlarga tegishli deb 
qarashdi. Aynan shu qarash natijasida nomoddiy xizmatlar va aniq tovarlar bir-biriga 
qarama-qarshi qo’yildi. Xizmatlar xarakterini tushunishdagi yana bir xususiyat 
shundan iborat bo’ldiki, texnika, kundalik tovar yaratish bilan bog’liq bo’lgan ishlab 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling