Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 6. Xizmatlar va servis faoliyatini tasnifi Ma’ruza rejasi
Nazorat uchun savollar:
1. Servis faoliyatini ilmiy tahlili qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? 2. Servis faoliyatini tahlil etish metodologiyasi nima? 3. Angliya siyosiy iqtisodi doirasida xizmatlar tabiatiga nisbatan qanday qarash mavjud bo’lgan? 4. Servis faoliyatini iste’mol jamiyati doirasida o’rganilishi qanday iqtisodiy g’oyalar, qayta fikrlashlarni yuzaga kelishi bilan kechdi? 5. Xizmatlar tahliliga qanday boshqa yondashuvlar paydo bo’lmoqda? 6. Postindustrial jamiyatdagi servis faoliyatini tahliliga oid konsepsiyalar nimalarga qaratildi? 7. Nima sababli jamiyatni nomoddiy resurslarini ahamiyati oshmoqda? 52 Mavzu 6. Xizmatlar va servis faoliyatini tasnifi Ma’ruza rejasi: 6.1. Tasniflash mezonlari 6.2. Turli tasniflash sxemalarini xususiyatlari 6.1. Tasniflash mezonlari Tasniflash kriteriyalarni ishlab chiqish xizmat va servis faoliyatini muhim tipologik belgilarini aniqlash va tanlashga yo’naltirilgan bo’lib, ularni tarkibiy qismlarga (yo’nalish, turlari, guruhlar) bo’lishda yordamlashadi. Ushbu sifatlarni tasodifiy yoki kam ahamiyatli bo’lmasligi, ayni vaqtda servisni muhim xususiyatlarini aks ettirib qator real xizmatlar asosida muhim tipologik birliklarni shakllantirishga imkon berishi muhimdir. Tasniflash kriteriylarini ishlab chiqish muhim hisoblanadi, chunki hozirda, ko’pgina hollarda bir-biri bilan qiyin o’zaro solishtiriladigan klassifikasiya sxemalarini tuzishdagi juda ko’p yondashishlar mavjud, bu esa hatto bir davlatda ham servis faoliyatini tahlil etishni qiyinlashtiradi. Tasniflash kriteriyalari ilmiy tahlilda ko’p bo’lishi mumkin. Chunki tadqiqotchilar tasniflash kriteriyalarini nazariy muammolalarni yechishga moslashtirib ishlab chiqishadi va xamma vaqt ham servis faoliyatini guruhlashni yengillashtiruvchi amaliy talablarni hisobga olishmaydi. Xizmatlar sohasini tarmoq ichidagi aloqalari amaliyoti, shuningdek davlat va davlatlararo munosabatlar xo’jalik aloqalari jarayonida oson ishlatiladigan umum qabul qilingan tasniflash sxema va yondoshishlardan foydalanishni talab qiladi. Mehnat xarakteri, xizmatlarni foydalanish sohalari, ularni mo’ljallanishi bilan bog’liq bo’lgan, servis faoliyatini eng muhim belgilari hisoblanmish mazmuniy va fuksional kriteriyalarga ko’ra xizmatlarni taqsimlash o’ta muhimdir. Bu oson vazifa emas, chunki dunyoda doimiy ravishda yangi servis turlari ko’payib 53 bormoqda va xizmatlar o’z tabiati va funksional mo’ljallanishiga ko’ra murakkablashib bormoqda. Dunyoni turli davlatlarida bir xil bo’lmagan milliy tasniflash modellaridan foydalanish fakti o’zini ikki jixatlariga ega. Bir tomondan bu modalar servis faoliyatini turli, ko’pgina hollarda yopiq tavsiflarini aks ettirib zamonaviy servisni o’zgarayotgan dunyoga moslashish imkoniyatlarini namoyon qiladi. Ikkinchi tomondan o’zaro solishtirib bo’lmaydigan modellar xalqaro darajada xizmat sohasini taqqoslash yo’li tahlil etishni qiyinlashtiradi. Xizmatlarni tasniflashning bir xil kriteriy va sxemalarini ishlab chiqish vazifasi dunyo miqyosida hal etilmagan muammo hisoblanadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling