Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

Nazorat uchun savollar:
1.
Servis faoliyati qanday xizmat ko’rsatish subyektlari tomonidan ishlab 
chiqiladi?
2.
Xizmat sohasidagi mehnat qanday farqli jihatlarga ega?
3.
Xizmatlarga qanday belgilar xos?
4.
Servis mahsuloti nima?
70


5.
Davlat statistika hisobida ishlatiladigan yondashuvdav xizmat sohasini
umum xo’jalik mexanizmidagi o’rni qanday?
6.
Qanday jihatlar servisni ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiradi?
7.
Ehtiyojlarni yuzaga kelishi qanday omillar bilan belgilanadi?
8.
Qanday ehtiyoj turlari mavjud?
Mavzu 8. Zamonaviy servis faoliyatini iqtisodiy 
va tashkiliy jihatlari
Ma’ruza rejasi:
8.1. Servisni tashkillashtirishni tarmoqli turi
8.2. Servis sohasidagi korxonalar turlari
8.1. Servisni tashkillashtirishni tarmoqli turi
Servisni, xususan uni ijtimoiy va madaniy turlarini rivojlantirishda, jamiyat 
to’liq tijoratlashtirishni va davlat tomonidan ma’muriy majburlashni chetlab o’tishiga 
harakat qiladi.
Hukumatni davlat va regional organlariga servis biznesini iste’molchi va 
ishlab chiqaruvchilarini bozor jarayonlarida teng imkoniyatli ishtirokini ta’minlovchi 
ijtimoiy – huquqiy mexanizmlarini rivojlantirish imkoniyati yuklatiladi. Bunday 
mexnanizmlar turli resurslarni foydali va zarar bilan ishlovchi servis faoliyati 
segmentlari o’rtasida, past narxlari ishlab chiqarish xarajatlarini qoplay olmaydigan 
tijorat strukturalariga (turar – joy, komunal xo’jaligi, transport darsliklarni nashr etish 
va sotish va boshqalar) subsidiya ajratish yo’li bilan qayta taqsimlash imkonini 
beradi.
Monopolizi zarar keltiruvchi joylarda (savdo, umumiy ovqatlanish va 
boshqalar) yo’qotiladi, jamiyat uchun muhim bo’lgan monopol strukturalar 
(elektroenergetika kompaniyalari, transportchilar xizmatlari va boshqalar) esa qo’llab 
– quvvatlab turiladi. Ko’pgina mamlakatlarda davlat iste’molchi uchun tekin jamiyat 
71


xizmatlarini bajaruvchi notijorat tashkilotlari (oliygohlar, tibbiy sog’lomlashtirish 
markazlari, madaniy tashkilotlar ishi) faoliyatiga faol aralashadi.
Hozirgi zamonaviy xizmatlar o’zgarayotgan hayot sharoitiga nisbatan 
egiluvchan bo’lib, iste’molchilar so’roviga elastik moslashish strategiyasiga ega. 
Bunga bu sohadagi biznesni qo’yidagi xususiyatlari ko’maklashadi:

kapital va investisiyani yuqori aylanuvchanlik tezligi;

nisbatan qisqa ishlab chiqarish sikllari;

yangi ishni tashkillashtirish uchun unchalik ko’p bo’lmagan boshlang’ich 
kapitalni zarurligi;

servisni ko’pgina sohalaridagi biznesni nisbatan yuqori foydaliligi.
Hozirda servis faoliyati nafaqat birinchi va ikkinchi sektorlarda paydo 
bo’layotgan ko’pgina innovasiyalarni moslashtirib oladi va balkim iqtisodiy va 
ijtimoiy amaliyotni barcha sohalarini faollashtiruvchi innovasiyalarni ishlab 
chiqaruvchisi ham hisoblanadi.
XX asrni 60 yillaridan keyin tadbirkorlik tarmoqlari keng rivojlana boshladi. 
Firmalararo tadbirkorlik tarmoqlari deganda, ma’lum sonli mustaqil firmalar 
o’rtasidagi munosabatlar to’plami tushuniladi, ular shu firmalar tomonidan ishlab 
chiqiladi va ularga o’z biznesini umumiy jihatlarini o’ziga xos tarzda rostlash 
imkonini beradi. Bunda firmalararo bog’liqlik, bu firmalarni bir butun integrallashgan 
tashkilotga birlashuvidan va o’z faoliyatini xaotik muvofiqlashtirishdan farq qiladi. Bu 
tarmoqlarda shu davlatda amal qilayotgan qonunlarga asoslangan ko’pgina ichki 
qoidalar va erkin holda qabul qilingan majburiyatlar ishlab chiqiladi.
Tarmoqga birlashgan firmalar o’zaro kelishilgan holda raqobat jangini bir 
butun sohasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Tarmoq sheriklarni ko’pgina faoliyat 
sohalarida erkinlik beradi va ayni shu vaqtda nazoratga ajratilgan xarajatlarni 
kamaytiradi. Tashkillashtirishni tarmoqli shakli turli resurslarni tejamkorona 
sarflanishiga olib keladi.
Tarmoqlarga asoslangan tashkillashtirish shakliga o’tishda quyidagi omillar 
hisobga olinadi:

nou – xau va tashkiliy egiluvchanlikga bo’lgan yuqori talab;
72



bozor noananiqligini pasaytirish zaruriyati;

yuqori texnologiyali sanoat bazasini rivojlantirish muhimligi;

ijtimoiy va madaniy tipdagi turli tuman ishchilarni boshqarish zaruriyati.
Firmalararo tarmoqlarni quyidagi turlari mavjud:

qo’shma korxona;

franchayzing;

konsorisium;

komersiyali tijoratli kelishuv;

subpodryadlar bo’yicha ishlar bajarish; 

personal tarmoqlar.
Tadbirkorlik tarmoqlariga qo’yidagi konstruktiv sifatlar xos:

dinamizm – o’zgarayotgan vaziyatga moslasha olish;

ko’p o’lchovlilik – turli faoliyat strategiyasi uchun muhit yaratish;

yashovchanlik, tarmoqlarni uni bir qismi buzilganda ham o’z-o’zini rostlay 
olishi.
Zamonaviy iqtisodiy amaliyotda tadbirkorlik tarmoqlarini, intensiv rivojlanishi 
turli masshtabdagi mustaqil firmalarni yo’qolib ketishini anglatmaydi. Hozirgi paytda 
juda katta va katta servis korxonalari mayda biznes, jumladan juda mayda firmalar 
bilan birlashini afzal ko’rishadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling