Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Servis faoliyati ehtiyoj sifatida
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
7.3. Servis faoliyati ehtiyoj sifatida
Odamlarni ehtiyojlari, umuman olganda, ehtiyoj deyilganda biror-bir narsaga bo’lgan zarurlik tushuniladi. Ushbu zarurlik, darkorlik o’zini qondirilishini talab qilib odamlar tomonidan anglab yetiladi. Ehtiyoj xo’jalik amaliyotida qator tushunchalarni keltirib chiqardi. Ularni o’rtasida eng asosiysi “iste’molchi” tushunchasi bo’lib, tovar, xizmat, servis mahsulotini sotib olgan oxirgi iste’molchini, ya’ni u yoki bu kiyimni kiyib yuradigan, aniq narsalardan foydalanuvchi, oziq-ovqatda ma’lum mahsulotlarni ishlatuvchi odamni anglatadi. Servis faoliyatini iste’molni oxirgi bosqichi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’lanishi uni material ishlab chiqarishdan ancha farqlab turadi. Material ishlab chiqarish uchun bunday bog’liqlik unchalik darajada xos emas, chunki ko’pgina sanoat tarmoqlari texnologik jarayonlarni yoki ishlab chiqarish vositalarini yaratish jarayonini dastlabki bosqichlarida jalb qilingan bo’lishadi. Buni aksi sifatida servis faoliyatini subyektlari 68 mijoz, buyurtmachi bilan yuzma-yuz uchrashadi va shu orqali iste’molni yakuniy jarayonlarida ishlashadi. Shuning uchun iste’molchilarga xizmat ko’rsatish jarayoni ancha noiqtisodiy- ijtimoiy, psixologik, ma’naviy boshlanishga ega bo’lib, bu esa servis faoliyatini “narsalardan uzoqlashish” sifatida tavsiflashga imkon beradi. Xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilinishi ko’pgina hollarda xizmat ko’rsatuvchi va mijoz o’rtasidagi bevosita kontaktlar yo’li bilan kechadi. Ular o’rtasidagi kontaktlar vaqt davomida uzilgan bo’lsa ham, xizmat natijalari iste’molchi tomonidan qabul qilingan holda xizmat bajarilgan hisoblanadi. Jamiyatda insoniy ehtiyojlarni mavjud bo’lishi, shuningdek uni transformasiyasi ikkita muhim omillar bilan belgilanadi: • Odamni biotabiiy kelib chiqishini qayta ta’minlash zarurligi. Ushbu omilni ta’sirida odamlarga birlamchi ehtiyojlar xos bo’lib, ular o’rtasida odam uchun dolzarb bo’lgan tug’ma va o’zgarmas kabilari anchagina. Birlamchi ehtiyojlarga yashash muhiti xavfsizligini ta’minlash, ovqatlanish, ichish, dam olish, avlodni davom ettirish va boshqalar taaluqli. • Odamni ijtimoiy va ma’naviy-madaniy sifatlarini rivojlantirish muhimligi. Ushbu omil katta hajmdagi ikklamchi, shuningdek ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Bu ehtiyojlar odamlarni o’zini ijtimoiy munosabatlar subyektlari sifatida tiklashga intilishlari va dunyoni o’rganishni, o’zini ma’naviy mohiyatini rivojlantirishni, dam olishni hohlovchi fuqarolar bilan bog’liq. O’z mohiyatiga ko’ra, shakllanish mexanizmlariga ko’ra, bu ehtiyojlar ancha egiluvchan va dinamik hisoblanadi. Odam hayoti davomida ular ham intensiv, chuqur rivojlanishi, ham degradasiya qilinishi, so’nishi mumkin. Yuqoridagi tavsiflar ehtiyojlarni o’z genezisi va sifati bo’yicha turli tuman bo’lishi mumkinligini taqozo etadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling