Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

xarakterga ega bo’lmaydi. Xizmat ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari harakat 
qilyotgan vaziyat, ularni birgalikdagi tirishishlarisiz amalga oshmaydi.
60


Servis xizmatchisi xizmatni amalga oshira turib, aniq narsalarni o’ta nozik 
xususiyatlari, ijtimoiy aloqalar, odamlarni psixologiyasi va ongi bilan ish ko’radi. 
Xizmatlar ishlab chiqarishdagi harakatlar xarakteri obyektiv sifati(strukturasi)ga 
ko’ra murakkab bo’lib, bu esa uni natijalarini baholashni qiyinlashtiradi.
Shunga qaramasdan xizmat bilan bog’liq mehnat o’zini bozor narxiga ega.
Servis faoliyatini ko’rsatkichlari milliy statistikani, to’laqonli komponentni deb 
tan olingan.
Servis faoliyatiga o’ziga xos xususiyatlar bag’ishlovchi xizmatlar belgilari:

xizmat ko’rsatish jarayoni shunday faoliyatki, unda ishlab chiqaruvchi va 
iste’molchini sheriklik o’zaro ta’siri xos; ushbu faoliyat natijasi sifatida xizmat 
iste’molchisi uchun muhim bo’lgan foyda, ne’mat yaratiladi va shu sababli u 
xizmat ishlab chiqaruvchisi mehnatini bozor narxlarida to’laydi;

ko’rsatiladigan xizmatlar sezilmaydigan, nomoddiy xarakterga ega, ammo 
xizmatlarni amalga oshirish uchun material resurslar, moddalar, texnika, 
maxsus jihozlar zarur bo’ladi;

xizmatlar ular ko’rsatilgunga qadar mavjud bo’lmaydi, ularni saqlash va taxlab 
qo’yish mumkin emas. Xizmatlarni ishlab chiqish jarayoni ularni iste’mol 
qilinishi bilan bir vaqtda kechadi;

iste’molchi ko’p hollarda xizmat ko’rsatish jarayonida to’g’ridan-to’g’ri 
ishtirok etadi. Ammo qator xizmatlarni ishlab chiqish iste’molchini ishtirokisiz 
boshlanishi mumkin, iste’molchi esa xizmat ko’rsatishni ma’lum bosqichida 
paydo bo’lishi mumkin. Iste’molchi xizmat ko’rsatish jarayonida albatta, 
paydo bo’lishi kerak, chunki u siz xizmat yakuniy tavsifiga ega bo’lmaydi;

xizmat iste’molchisi uni mulkdori bo’la olmaydi. Ammo bu xizmat 
ko’rsatilayotgan narsalarga tegishli emas (ta’mirlangan dazmol, tikilgan 
kiyim);

xizmat ko’rsatish faoliyatdir, shuning uchun iste’molchi tomonidan to’lanmay 
turib baholanishi mumkin emas;
61



aniq xizmat o’zini iste’mol qiymatiga ma’lum vaqt davomida aynan shu 
yo’nalishga ega bo’ladi, bu esa uni bozorda almashinishi imkoniyatini 
chegaralaydi.
Bu xususiyatlar xizmatlar va servis faoliyatini ishlab chiqaruvchidan mahorat, 
hayotiy tajriba, tashabbuskorlikni, odamlar bilan ishlay olishni talab etuvchi iqtisodiy 
faollik bo’lishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga turli xizmatlar bir-biriga nisbatan o’zaro to’ldiruvchilik 
xarakterida bo’lishadi, busiz servis faoliyati amalga oshmaydi. Misol uchun, 
metropolitendagi transport xizmatlari doimiy ravishda elektr toki berilishi bilan 
(energetiklar xizmati), informasion xizmatlar, stansiya va o’tish yo’llaridagi tozalikni 
saqlash xizmatlari, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, savdo xizmatlarini mavjud 
bo’lishi bilan kechadi.
Servis subyektlari o’zaro ta’sir etishib va bir-birlarini faolligini to’ldirib servis 
mahsulotini yaratishadi. Servis mahsuloti aniq xizmatga nisbatan ancha murakkab va 
hajmli hodisalar. Ushbu mahsulot quyidagi komponetlarni harakati yig’indisi sifatida 
qaraladi:

ushbu xizmat turini ishlab chiqarishga aloqador barcha servis faoliyati 
subyektlari mehnati (aniq servis korxonalari va qo’shni korxonalar);

mahsulot yaratishga jalb etilgan yordamchi mexanizmlar, texnologik jihozlarni 
ishi;

xizmatda foydalaniladigan material moddalar, predmetlar va tovarlar.
Qator servis mahsulotlari ishlab chiqarishda tabiiy resurslar (sayyohlikda, 
sanatoriyada) qo’lda barpo etilgan obyektlar (ekskursion xizmat ko’rsatishda) 
foydalaniladi va ularsiz odamlarni o’ziga xos talablarini qondirish mumkin emas. 
Servis mahsulotni yaratishda xizmatga sezilmaydigan komponentlarni (iste’molchiga 
nisbatan firmada yaratilgan umumiy muhit, aniq ishchilarni kayfiyati, xizmat 
ko’rsatish xonasidagi shinamlik) ahamiyati katta bo’lib, aniq korxonani servis 
mahsulotini shakllantiradi.
Umuman servis mahsuloti servis faoliyatini kompleksli tabiatini, shuningdek 
uni turli yo’nalishlari va turlarini o’zaro to’ldiruvchanlik xarakterini aks ettiradi.
62


Turli servis mahsulotlari nafaqat tashkilot va firma darjasida, balki tarmoq, 
region, milliy amaliyot darajasida ham ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, milliy 
turistik mahsulotni yaratilishi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling