8. Qanday yangi xizmatlar turlari umumrossiya klassifikatorini «boshqa
xizmatlar» guruxiga kiritilgan?
9. Xizmatlarni funksional moxiyati bilan bog’liq bo’lgan tasniflash
mazmunini tushuntiring?
10 . Xizmatlar tasnifining boshqa turlarini izoxlang?
Mavzu 7. Servis faoliyatini mohiyati
Ma’ruza rejasi:
7.1. Servis faoliyatni iqtisodiy mohiyati
7.2. Servis faoliyatini xo’jalik amaliyotidagi o’rni
7.3. Servis
faoliyati ehtiyoj sifatida
7.1. Servis faoliyatni iqtisodiy mohiyati
Servis faoliyati iqtisodiy faoliyati turi bo’lib, bozor munosabatlari doriasida va
ishchilarni malakaviy tayyorgarligi asosida jamiyat ne’matlarini yaratishga, xizmatlar
ko’rsatishga, servis mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan.
Servis faoliyati
ixtisoslashgan xizmat ko’rsatish strukturalari, ya’ni uni
subyektlari tomonidan
generasiya (ishlab chiqariladi, sotiladi) qilinadi. Bu subyektlar jamiyat ehtiyojlari
masshtab va xususiyatini baholagan holda hamma hohlovchilarga o’z xizmatlarini
taklif etish va ularni qondirishga intilishadi. Subyektlar sifatida aniq tadbirkorlar yoki
servis tashkilotlari jamoalari bo’lishlari mumkin. Bunday tashkilotlar ro’yxatini
keltiramiz6
•
Do'stlaringiz bilan baham: