Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


 Postindustrial jamiyatdagi servis faoliyatini tahlil etishning nazariy


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

5.3. Postindustrial jamiyatdagi servis faoliyatini tahlil etishning nazariy 
asoslari 
XX asrning 70 yillardagi ijtimoiy va energetik inqirozlar iste’mol jamiyatini 
optimistik baholashni o’zgartirdi. Rivojlangan davlatlarni navbatdagi ijtimoiy 
49


evolyusiyasi bosqichiga (hozirgi paytda «postindustrial jamiyat», «informasion 
jamiyat», «xizmatlar jamiyati» deb nomlanadi) xos bo’lgan yangi konsepsiyalar 
paydo bo’ldi. Bu konsepsiyalarni mualliflari asosiy e’tiborini tabbiy muhitdan 
foyldalanishni salbiy oqibatlarini tahliliga qaratishdi va rivojlangan davlatlarni u yoki 
bu ommaviy ehtiyojlarni qondira olish imkoniyati hisoblana boshlandi.
Shu sababli iqtisodiy o’sish chegaralari haqidagi (Dj.Medouza, A.Pechchey, 
P.Draketa ma’ruzalari) savolni qo’yilishi zaruriyati anglab yetildi. Bunday sharoitda 
ko’pgina tadqiqotchilar (R.Aren, O.Bella va boshqalar g’oyalari) rivojlangan 
davlatlarni tovar ishlab chiqarishdan rivojlanayotgan fanga boy ishlab chiqarish
samarali texnologiyalar va informatizasiya jarayonlari asosida shakllanayotgan 
servis iqtisodiga o’tishni asoslab berishmoqda.
XX asr oxirida g’arb nazariyotchilari odamlarni, xususan rivojlangan G’arbiy 
Evropa davlatlari fuqarolarni yuqori hayot darajasi va iste’molini boshqa davlatlar 
aholisi hisobida ta’minlash zarurligini asoslashni davom ettirishmoqda (F.Fukuyama 
va boshqalar ishlaridagi «Tarix oxiri» g’oyasi).
Bunday holda globalizasiya jarayonlari bir tomonlama, ya’ni hayotni 
ta’minlash resurslarini dunyo chetki regionlaridan rivojlangan davlatlarga masshtabli 
qayta taqsimlanish tarzida qaralmoqda. Bunday qarashlar g’arb fanii postindustrial 
rivojlanish va servis iqtisodini dunyo xalqlariga ijobiy ta’sir etishi haqidagi 
tassavurlarini umuminsoniy ahamiyatini yo’qotishga olib keldi.
XX asrni oxirgi yillarida dunyoni global kelajagi haqidagi tassavurlar 
shakllandi va ular iqtisodiy nazariyalarda, madaniyatlararo ta’sirlar tadqiqotlarida o’z 
aksini topdi. Yerdagi hamma odamlarni hayoti uchun yaxshi sharoitlar yaratish 
zarurligidan kelib chiqqan holda, olimlar ularni o’rta hayot sharoitlarini ta’minlash 
mumkinligini, boy va kambag’al davlatlar, shuningdek jamiyatdagi o’ziga to’q va 
kambag’al qatlamlar o’rtasidagi farqni kamaytirish muhimligini ta’kidlashmoqda 
(A.Pechchen, P.Kenyedi, Ya.Tibergen, N.Moissev, Yu.Yakov, S.Glazyev ishlari).
Hozirgi dunyoda turli davlatlar aholisini normal hayoti uchun qator 
tendensiyalar havf solmoqda. Bular qo’yidagilar:
1. Ekologik yaxshi bo’lmagan holatni kuchayishi.
50


2. Regional harbiy to’qnashuvlar ehtimolligini yuqoriligi.
3. Boy va kambag’al davlat va qatlamlar o’rtasidagi farqni chuqurlashishi.
4. Siyosiy va diniy ekstremizm.
5. Kriminal va narkotiklarni tarqalishi.
Zamonaviy dunyoni rivojlanish tendensiyalarini xizmatlar istyemolini, material 
ne’matlar iste’moliga nisbatan o’sib borishidan dalolat bermoqda, bu esa seris 
faoliyatini ahamiyatligini oshiradi. Shu sababli, nomoddiy resurslarga katta e’tibor 
berilgan industrial servis iqtisodiy modeli ahamiyati oshmoqda. 
Jamiyatni nomoddiy resurslariga (“insoniy kapital”) ishchilarni, umuman 
olganda, aholini konstruktiv sifatlari tushuniladi. Bularga, fuqarolarni yuqori 
ma’lumotlilik darajasi, ularni informasion – bilish ehtiyojlari, sog’liqlari va uni 
saqlay olishlari, o’z kasbiy darajalarini doimiy ravishda oshirishga intilish va 
boshqalar tegishlidir.
Rivojlangan davlatlarni xo’jalik amaliyotida yuz berayotgan o’zgarishlar ta’siri 
ostida industrial servis iqtisodiyoti haqida yangi tasavvurlar shakllanmoqda. Bunda, 
bir tomondan servis tipidagi yirik transmilliy kompaniyalarini va transmilliy banklar 
ahamiyatini oshib borishidir. Bunday korxonalar o’z faoliyati doirasida, u yoki bu 
iste’mol xususiyatlariga ega bo’lgan va nafaqat o’z mamlakatida, shuningdek 
dunyoni turli regionlarida ham uzoq muddatli sotuvga ega bo’lgan yangi mahsulot 
yaratiladi. Ular o’z faoliyatini marketing strategiyasiga bo’ysundiradi, intellektual 
mulk va shuningdek brend-tovar markasi bilan savdoni faollashtiradi.
Ikkinchi tomondan rivojlangan mamlakatlarni iqtisodiy amaliyotida turli-tuman 
venchurli o’rta, mayda va o’ta mayda korxonalar sonini ortishi va sifatiy o’zgarishlari 
ro’y bermoqda. Bunday holda xizmatlar dinamikasini markazi sifatida asosiy fondlar, 
boshqaruv resurslari emas, balki shunday korxonalar tomonidan vujudga 
keltiriladigan yaxshi tashkil etilgan informasiya, rivojlangan, mustaqil, 
personallashtirilgan faoliyat muhiti namoyon bo’la boshlaydi, ularni doriasida esa 
“insoniy kapital” yuqori ahamiyatga ega. Bunday korxonalarni faoliyatidagi yutuqlar 
o’ziga xos ishchilar, ya’ni yaqqol namoyon bo’lgan ijodiy shaxslarga bog’liq bo’lib, 
51


ularni sonini ko’p bo’lishi shart emas. Aynan ana shunday shaxslar mahoratga ega 
bo’lib, bunday korxonalarni asosiy sifatlarini aniqlash va rivojlanish istiqbollarini 
belgilash imkoniyatiga ega bo’lishadi.
Shunday qilib, jamiyatni nomoddiy resurslari XXI asrda jamiyat va iqtisodiy 
rivojlanishni asosiy optimallashtirish omili sifatida qaralmoqda. Aynan ijtimoiy-
madaniy xizmatlar (ta’lim xizmatlari, bilimlar ishlab chiqarish va foydalanish 
oxborot almashinuvi, madaniy xizmat ko’rsatish va boshqalar) guruhiga 
birlashtirilgan ko’pgina tipologik shakllar orqali servis faoliyati nomoddiy resurslarni 
“insoniy kapitalni” (jumladan, “intellektual kapital” ham) shakllantirishni asosiy 
omili hisoblanadi.
Shunday qilib, madaniyat, kasbiy mahorat, informasiya bilan bog’liq bo’lgan 
zamonaviy jamiyat nomoddiy tarkibiy qismlarini kuchayish tendensiyalari yangi 
jamiyat dunyosidagi global jarayonlar va postindustrial rivojlanishni belgilash 
boshlaydi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling