Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar. Ular odam organizmi strukturasiga 
shunchalik kuchli singib borganki, uni hayoti davomida kunlik qondirilishini talab 
69


qiladi. Bular harakatlanishga, tungi uyquga, ovqatlanishga, ichishga va boshqalarga 
bo’lgan ehtiyojlardir.
Jamiyat va yakka ehtiyojlar. Jamiyat ehtiyojlari katta odamlar guruhi umuman 
mamalkat aholisiga xosdir. Ular o’zini qondirilishi uchun o’ziga xos sharoitlarni talab 
qiladi. Ularni ko’pchiligini bir odam amalga oshiraolmaydi, ular faqat jamiyat 
faoliyati, davlat yoki mahalliy hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshirilishi 
mumkin. Harbiy xavfsizlikka, jamiyat tartibini saqlash, ijtimoiy ta’minotga bo’lgan 
ehtiyojlar jamiyat ehtiyojlari hisoblanadi.
Yakka ehtiyojlar shaxsiy, shuningdek o’z kombinasiyasiga ko’ra, aniq 
odamlarga xos bo’lgan iste’mol xususiyatlarni aks ettiradi. Ularni anchagina qismini 
individ mustaqil ravishda yoki xizmatlar sohasiga murojaat qilish orqali amalga 
oshiradi.
Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar. Ular turli tuman bo’lib, ko’pgina hollarda o’ta 
muhim hisoblanadi va odamlarni butun ongli hayotida yo’ldosh bo’ladi. Ularni 
xususiyati shundaki, tug’ma etiyojlardan farqli o’laroq, ko’pgina hollarda madaniy 
muhit ta’sirida shakllanadi va shaxsni ijtimioy statusi, ma’lumot darajasi va umumiy 
rivojlanishi bilan bog’liq.
Shuning bilan birga ijtimioy madaniy ehtiyojlarni ma’lum qismi, masalan 
fiziologik ehtiyojlar kabi o’ta zarur emas. Bir qism ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar 
ko’pgina hollarda boshqalarga taqlid qilish yoki ijtimioy muhitni maqsadli 
yo’naltirilganligi ta’siri sababli paydo bo’ladi. Xususan ko’p hollarda odam ijtimoiy 
informasiya, moda va reklama ta’siriga moyil.
Servis faoliyati keng spektrdagi birlamchidan (jismoniy, fiziologik) tortib eng 
murakkab (bilish, ma’naviy rivojlanish) insoniy ehtiyojlarga hozir javob bo’ladi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling