Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

Nazorat uchun savollar:
1.
Davlat organlari xizmat turlarini rivojlantirishda qanday mexanizmlarni 
joriy etishadi?
2.
Xizmatlarni moslashuvchanligi servis sohasidagi biznesni qanday 
xususiyatlari bilan belgilanadi?
3.
Firmalararo tadbirkorlik tarmoqlari nima?
4.
Tashkillashtirishni tarmoqli turiga o’tishda qanday omillar hisobga 
olinadi?
5.
Firmalararo tarmoqlarni turlari va ularga xos sifatlarni izohlang
6.
Xizmat sohasidagi korxonalar turlari, ularni afzalligi va kamchiliklarini 
tushuntiring?
76


Mavzu 9. Servis faoliyati jarayon sifatida. Xizmatlar 
sohasidagi innovasiyalar
Ma’ruza rejasi:
9.1. Servis faoliyati jarayon sifatida
9.2. Xizmatlar sohasida innovasiyalar kiritilishini xususiyatlari
9.3. Xizmatlarni hayotiy davri
9.1. Servis faoliyati jarayon sifatida
Servis faoliyati vaqt bo’yicha kechadi va ma’lum muddatga ega. Demak, 
servis faoliyati rivojlangan jarayon sifatida namoyon bo’lib, adaptasion, ya’ni 
moslashuvchanlik xususiyatlariga ega. Bu jarayonlarni qo’pgina jihatlari xizmatlarni 
ishlab chiqish va iste’mol qilinishiga, shuningdek servis sohasidagi biznes 
samaradorligiga sezilarli ta’sir qiladi.
Servis faoliyatini dinamik – vaqtli jihatlarini hisobga olish birinchi navbatda 
tadbirkorlar uchun, shuningdek servis biznesini barcha korporativ muhiti uchun 
muhimdir. Iste’molchilar ham xizmatlarni ushbu jihatlariga o’z manfaatlaridan kelib 
chiqqan holda, fikrlab yondashadilar. Chunki, ular o’z manfaatlarini, shuningdek 
xizmat ko’rsatishga sarflangan vaqtni qadrlaydilar. Faqat xizmatlarni vaqtli 
ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda, servis faoliyati ma’muriy–huquqiy organlar 
tomonidan tartibga solishi mumkin.
Sevis faoliyatini tezkor ijtimoiy-iqtisodiy amaliyot tarkibida qaralishi 
muhimdir. Chunki, bu yerda servis jarayonlari bir necha o’n yilliklar, yillardan 
boshlab, bir necha oy, kun, hattoki soat, daqiqalaridan iborat vaqt davrlarida mavjud 
bo’lishadi. Tahlil etish predmeti sifatida aniq ishchilar, shuningdek firma jamoasi, 
korporativ birlashma va tarmoq strukturasi faoliyati bilan bog’liq bo’lgan servis 
tavsiflari olinadi.
Shu sababli ham, servis faoliyati umum iqtisodiy dinamika doirasida qaralishi 
lozim. Tovar va xizmatlar bozorini ushbu vaqt davrida vujudga kelgan va oldingi 
77


davrlardan farq qiluvchi o’zgarish darajasi, yo’nalishi iqtisodiy kenyuktura sifatida 
namoyon bo’ladi.
Hatto yil davomidagi turli davrlarni xo’jalik hayotini konyunkturasi bir–biridan 
sezilarli farqlanishi mumkin. Iqtisodiy dinamikani, iqtisodiy konyuktura tavsiflarini 
o’rganish asosida (IX va XX asr boshlarida K.Marks, A.Marshall, U.Mishel, 
V.Paretto, Y.Shumpeter, M.I.Tugan, Baranovskiy, P.B.Struve, N.D.Kondratyev va 
boshqalar tomonidan) xo’jalik amaliyotida ro’y berayotgan o’zgarishlarni bir xil 
ahamiyatga ega emasligi haqidagi g’oyalar shakllangan. Notekis (tasodifiy, oldindan 
aytib bo’lmaydigan hodisalar ta’sirida paydo bo’ladi) va bir tekis (oldindan aytib 
bo’lmaydigan) o’zgarishlar mavjud. Bir tekis o’zgarishlar o’z navbatida evalyusion 
(qaytmaydigan), ya’ni birdaniga ruy beradigan chet ta’sirlar bo’lmaganda chiziqli 
yo’nalishda davom etadi va to’lqinsimon - siklik (qaytadigan, takrorlanadigan), ya’ni 
o’z yo’nalishini davriy ravishda o’zgartirib ertami yoki kechroq boshlang’ich holatiga 
qaytadigan bo’lishi mumkin.
XX asrni 20-30 yillari tadqiqotchisi N.D.Kondratov chet el mualliflarini ko’p 
sonli tadqiqotlarini umumlashtirib, jahon kon’yukturasini bir tekis sikllaroi haqidagi 
tassavurni ilgari surdi. Bunga ko’ra, har bir sikl yuqori ko’tarilishi (oshuvchi faza), 
inqiroz (pasayuvchi faza) va depressiyadan (turg’unlik yoki chuqurlashib boruvchi 
turg’unlik fazasi) iborat. Kichik (4-11 yil) va katta (40-70 yil), shuningdek har yili 
avj oladigan mavsumiy sikllarni mavjudligi aniqlangan.
Umumiqtisodiy bir tekis o’zgarishlarni bilish asosida bashorat qilish, ya’ni 
servis faoliyatini u yoki bu segmentidagi konyunktura prognozlarini ishlab chiqish 
imkoniyatlari yaratiladi. Shu bilan birgalikda iqtisodiy konyukturani prognozlash 
murakkab muammo bo’lib qolmoqda. Bu boradagi katta noaniqliklar, katta ijtimoiy-
iqtisodiy inqirozlar falsafasidagi va ular paytidagi davrlarda kuzatiladi. Shunga 
qaramasdan iqtisodiy konyukturasini samarali pronozlash xizmatlar sohasini, 
shuningdek uni turli yo’nalishlarini, aniq firmalarni samarali strategiyalarni ishlab 
chiqish extimolini oshiradi. Konyukturani prognozlashda tahlil obyektlari sifatida 
xizmatlar amaliyotini sistemali tavsiflari (ularni o’zgarishi bir nega yildan boshlab, 
78


bir necha o’n yillar mobaynida sodir bo’ladi) ishlatiladi. Ushbu tavfsiflar qo’yidagi 
ko’rsatkichlar bilan belgilanadi:

kapital xarajatlarini, shuningdek servis faoliyati yo’nalishlarini texnikaviy, 
programmali ta’minoti bo’yicha xarajatlarni o’zgarishini baholash;

xizmatlar sohasidagi muhim material – resurs, texnikaviy, moliyaviy, tovar 
oqimlari haqidagi ma’lumotlar;

talab va taklif darajasi, xizmatlar bozoridagi raqobat xarakteri;

xizmat va servis mahsulotlari turlari bo’yicha sotuv hajmlari;

kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
Servis faoliyatini ko’rsatkichlarini yomonlashtiradigan iqtisodiy omillar 
qo’yidagilar hisoblanadi:

sobiq ittifoq ichidagi regionlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni buzilishi;

sanoat ishlab chiqarilishi hajmlarini tutib kelishi;

aholini daromadlarini va hayot darajasini pasayishi;

turli resurslar, sanoat mahsulotlari va xizmatlar narxlarini turli-tumanligi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling