Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


 Turli tasniflash sxemalarini xususiyatlari


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

6.2. Turli tasniflash sxemalarini xususiyatlari
Shimoliy Amerika, kontinentida qabul qilingan xizmatlar tasnifi modeli 
mazmuniy - funksional kriteriy asosida tuzilgan bo’lib, qo’yidagi yirik servis 
faoliyati yo’nalishlarini o’z ichiga oladi:

transport (temir yo’l, aviasiya, yuk tashish, yo’lovchi tashish va boshqalar);

komunikasiyalar (telefon, telegraf, radio va boshqalar);

jamiyat uchun foydali xizmatlar (elektr, suv va gaz ta’minoti va boshqalar); 

ommaviy faoliyat (chakana va ulgurji savdo);

moliyalashtirish, sug’urtalash, shu jumladan ko’chmas mulk bilan ishlash;

bevosita servis (otellar, shaxsiy tavsifdagi xizmatlar, ommaviy tadbirkorlikni 
tashkil etish bo’yicha maslahatlar, avtomobil remonti, turli predmetlarni 
ta’mirlash, kinofilmlar prokati, ko’ngil ochish va dam olish va boshqalar);

boshqa servis turlari.
Dunyo amaliyotida dunyoni turli region va davlatlarida qabul qilingan tahlil 
etishni tasniflash sxemalarini turlicha o’qilishi va o’zaro taqqoslash mumkin 
emasligi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni yengib o’tish usullari axtarilmoqda. 
Rivojlangan davlatlarda statistika organlari tomonidan hisobga olinadigan xizmatlar 
54


taqqoslanadigan statistik ma’lumotlar bilan o’zaro solishtirish, o’rganish uchun juda 
qulay. Bu xizmatlar qo’yidagilar hisoblanadi:

ishbilarmonlik xizmatlari;

aloqa xizmatlari;

qurilish va injiniring xizmatlari;

distribyuter xizmatlari;

umum ta’lim xizmatalari;

moliyaviy xizmatlar, jumladan sug’urta ham;

sog’liqni saqlash va sosiologik xizmatlar;

turizm va sayoxat qilish; bo’sh vaqtni tashkil etish xizmatlari;

transport xizmatlari;

boshqa xizmatlar.
Rivojlangan davlatlarni davlatlararo amaliyotida ikkita o’zaro bog’langan 
kriteriyalarga (xizmat turi va uni foydalanishi doirasi) asoslangan tasniflar ishlatiladi.
Xizmat turi 
Foydalanish doirasi
Ishlab chiqarish
injiniring, lizing, jixozlarga
xiziatlari xizmat ko’rsatish (ta’mirlash), va
boshqalar.
Taqsimlash xizmatlari
savdo, transport aloqa.
Jamiyat xizmatlari
televideniye, radio, ta’lim, madaniyat.
Qator davlatlarda xizmatlarni tasniflash tarmoqli yondashishga asoslangan 
bo’lib, tarixiy xo’jalik yuritish amaliyoti va xizmat sohasidagi davlat boshqaruvi 
bilan bog’langan. Shunga o’xshash tasniflash sxemasi, Rossiya xo’jalik yuritish 
amaliyotida ishlatiladi va u asosida axoliga xizmat ko’rsatishni umumrossiya 
klassifikatori ishlab chiqilgan. Bunda xizmatlar soxasida servis faoliyatini qo’yidagi 
sohalari (tipologik yo’nalishlari) mavjud: 
55



savdo;

ovqatlanish va yashashni ta’minlash xizmatlari;

transport;

aloqa va informasion xizmat ko’rsatish;

material texnik resurslar bilan ta’minlash, tayyorlash va saqlash bo’yicha 
xizmatlar;

kredit, moliyalar va sug’urtalash, ko’chmas mulk bitimlari;

ta’lim, madaniyat va san’at;

fan va fan xizmatlari;

sog’liqni saqlash, jumladan jismoniy tarbiya va sport;

uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatish xizmatlari (uy joyni ta’mirlash, ishlab 
chiqarish - maishiy va komunal xizmatlar);

shaxsiy xarakterdagi xizmatlar (noishlab chiqarish, maishiy va boshqalar);

davlat boshqaruvi xizmatlari;

boshqa xizmatlar.
Rossiya va shimoliy Amerika xizmatlar tasnifi modellarini o’zaro taqqoslash, 
shuni ko’rsatadiki, Rossiya modeli ba’zi xizmatlar turlari bo’yicha chuqur 
tasniflangan bo’lsa, boshqa xizmat turlarini unchalik to’la aks ettira olmagan. 
Xususan, unda bozor – tijorat turidagi xizmatlar nazarda tutilmagan va ularni bu 
holda «boshqa xizmatlar» guruhiga kiritishga to’g’ri keladi.
Rossiya xizmatlar tasnifini bunday o’ziga xos xususiyatlari «Sfera uslug v 
Rossii» (M, 2000) statistika to’plamida o’z aksini topgan. Unda 1998 - 1999 
yillarda Rossiya xizmatlar tasnifida ko’rsatilgan Rossiya iqtisodiyotidagi servis 
faoliyati turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga, qo’shimcha 
bo’limda alohida yo’nalish sifatida ajratilmagan yangi xizmatlar haqida ham 
batafsil statistik ma’lumotlar keltirilgan va ular umumiy holda «boshqa xizmatlar» 
guruxida aks ettirilgan. Bu yangi xizmatlar qo’yidagilardir:

ko’chmas mulk bitimidagi vositachilik xizmatlari;

mulk narhini baholash bo’yicha xizmatlar;
56



informasin – kompyuter xizmatlari;

reklama sohasidagi xizmatlar;

o’yingohlar faoliyati;
Davlat tomonidan hisobga olish va statistikasi amaliyotida ishlatilayotgan 
umum axamiyatga ega bo’lgan guruhlar bilan birgalikda iqtisodiy tahlil uchun 
qulay bo’lgan xizmatlarni tasniflash yo’nalishlari va guruhlari ishlab chiqilmoqda. 
Servis faoliyatida ko’pgina hollarda xizmatlarni funksional mohiyati bilan bog’liq 
bo’lgan qo’yidagi yo’nalishlardagi yirik guruhlar ajratiladi:

ishlab chiqarish xarakteridagi xizmatlar - iqtisodiy strukturalarga ko’rsatiladi 
va ularni ishlab chiqarish extiyojlari bilan bog’liq (jumladan, qorovullik 
ta’mirlash, bank, ishbilarmonlik va boshqalar);

savdo xizmatlari (chakana va ulgurji);

hayot ta’minoti xizmatlari - fuqarolarga oila – uy aloqalari doirasida xizmat 
ko’rsatish bilan bog’liq (uy – joyni jixozlash, uy xo’jaligini olib borish, oilaviy 
extiyojlarni qondirish, oilaviy dam olish);

sosial xizmatlar – ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida odamlar uchun zarur 
bo’lgan tovar, sifat va funksiyalarga bo’lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan: 
transport, moliyaviy, pochta, rekreasion, ta’lim olish, informasion va 
boshqalar.

madaniy xizmatlar – bilish-ilmiy , badiiy estetik, tomosha xizmatlarini 
ko’rsatish bilan bog’langan;
Ushbu servis foaliyatini tipologik yo’nalishlari varianti xizmatlar sohasini 
tahlil etish amaliyotida keng tarqalgan. Ikkita oxirgi guruhlar, odatda, birlashtiriladi 
va yirik ijtimoiy – madaniy xizmatlar segmentini hosil qiladi.
O’z navbatida bu tasniflash variantidagi har bir gipologik yo’nalishlar mayda 
turlar va guruhlarga bo’linishi mumkin. Masalan, uy xo’jaligiga yo’naltirilgan 
xizmatlar unda tozalikni saqlash, maishiy texnikani ta’mirlash, texnikaviy xizmat 
ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan, kommunal xizmatga bo’linadi. O’z navbatida uy 
xo’jaligiga texnikaviy xizmat ko’rsatish elektriklar, slesar – santexnik, gazchilar va 
boshqalar xizmatiga bo’linadi. Shu bilan birga ushbu tasniflash varianti 
57


kamchiliklardan ham xoli emas. Ko’pgina hollarda ba’zi xizmatlarni qaysi 
yo’nalishga kiritish noaniq bo’lib qoladi.
Xizmatlar tasnifi am aliyotida xizmatlarni material va nomaterial xizmatlarga 
bo’lish ham keng tarqalgan. Ammo, xizmatlarni bunday bo’lish shartli bo’lib, u yoki 
bu turdagi xizmatlarni ham material, ham ma’naviy xizmat ko’rsatish elementlarisiz 
amalga oshirish mumkin emas.
Servis ishlab chiqarish – iqtisodiy amaliyoti uchun muhim hisoblangan va 
o’zaro muvofiqlashtirilgan kriteriyalarga asoslangan tasniflash varianti ham mavjud. 
Bunda bir xizmat turli sifatlariga ko’ra turli guruhlarga tegishli deb topilishi 
mumkin.
Markaziy va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ko’rsatiladigan 
xizmatlarni (aholini ijtimoiy himoyalash, aholini intellektual, ma’naviy va jismoniy 
salohiyatini oshirish, aholini bozorni ijtimoiy zararlaridan himoyalash
tadbirkorlikga ko’maklashish sohalari, aholini maishiy madaniyatini oshiruvchi 
tarmoqlar va boshqa xizmatlar sohasi) qamrab olgan tasnif ham katta ahamiyatga 
ega. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling