Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
-Mavzu. Servis faoliyatini nazariy tahlili
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1. Servis faoliyatining ilmiy tahlilining metodologik asoslari
5-Mavzu. Servis faoliyatini nazariy tahlili
Ma’ruza rejasi: 5.1. Servis faoliyatining ilmiy tahlilining metodologik asoslari. 5.2. Ismte’mol jamiyati doirasida servic faoliyatini o’rganishga yondoshish. 5.3. Postindustrial jamiyatdagi servis faoliyatini tahlil etishning nazariy asoslari. 5.1. Servis faoliyatining ilmiy tahlilining metodologik asoslari Turli jamiyatlardagi xizmatlar evolyusiyasini tahlili servis faoliyatini ilmiy tushunishni ta’riflashga imkon beradi. Servis faoliyati - jamiyat, guruh va individual xizmatlarini joriy etish uchun o’ziga xos munosabatlarga kirishayotgan odamlarni faolligidir. Ushbu munosabatlardagi bir tomon turli extiyojlarga ega bo’lib, ma’lum ne’matlarni olishni xohlaydi, ikkinchi tomon esa aniq xizmatlarni bera turib, ularga ushbu ne’matlarga erishish imkoniyatini yaratib beradi. Bu munosabatlarni maqsadi – material boyliklar yaratish emas, balkim odamlar extiyojlarni qondirishdir. Servis faoliyati bozor almashinuvi munosabatlariga yaxshi intergrasiyalashgan bo’lib, bu o’z navbatida xizmat ko’rsatish ishchilar mehnatining taqsimotini va mahorat talab etuvchanligini, shuningdek xizmatlar bozorida tadbirkorlik faolligini yuzaga keltirdi. O’z ehtiyojlarini qondirishni xohlovchi va xizmatlarni to’lovchi boshqa tomon servis faoliyatiga o’z so’rovlari va qimmatli mo’ljallarini kiritib, unga o’ziga xos talablar qo’yishadi. Bu esa, servis faoliyatiga noiqtisodiy tavsiflar bag’ishlab, uning ijtimoiy va hayajon-psixologik aniqligini oshirdi. Servis faoliyatini murakkabligi, servis faoliyati haqidagi fan- servisologiyani o’ziga xosligini belgilaydi. Servisologiya jahon analitikasida dissiplinalararo nazariy va amaliy tadqiqotlar sohasi sifatida shakllanmoqda. Servis sohasidagi mehnatni 44 sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilishi mehnatidan ko’p tomonlama farqlanishi ma’lum. Servis sohasidagi mexnatni ko’p qirralik tavsifini, uning nafaqat sanoat ishlab chiqarilishidagi, balkim jamiyat aloqalarini, odamlar madaniy hayotini takror qayta ishlab chiqarishdagi o’rni va mavqyeini belgilash ancha vaqt talab qildi. Servis faoliyatini ilmiy tahlilning yuzaga kelishi va asosiy bosqichlarini ko’rib chiqishda, boshqa fan yo’nalishlaridagi kabi, servis faoliyati ilmiy tahlili predmetini ko’rib chiqishni turli daraja va komponentlariga e’tibor qaratish muhimdir. Empirik tahlil darajasida servis faoliyati haqida (uning tabiati aniqlanadi, xarakterlovchi faktlar tavsiflanadi, chegaralari va tarkibiy qismi belgilanadi) ma’lumotlar yig’iladi. Navbatdagi bilish darajasida ancha murakkab tahlil o’tkaziladi, u servis faoliyati haqidagi umumlashtiruvchi nazariy tushunchalarni shakllanishi bilan bog’liq. Bunda uning turli qismlari o’rtasidagi sabab - natijali aloqalari fikrlanadi, strukturasi, muhim yo’nalishi va turlari chuqur o’rganiladi. Servis faoliyatini jamiyatning yaxlit fenomeni sifatidagi eng yuqori fikrlash darajasi – Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling