Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Chekkaga chiqib xizmat ko’rsatishda


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

Chekkaga chiqib xizmat ko’rsatishda servis korxonasini chetga chiquchi 
brigadalari yashash yoki ish joylarida xizmat ko’rsatishadi. Bunday xizmat ko’rsatish 
shakli qishloq joylaridagi aholiga xizmat ko’rsatishda ishlatiladi.
Kombinasiyalashgan (kompleksli) xizmat ko’rsatish bir joyda, iste’molchilar 
vaqtini minimal sarfini ta’minlagan holda ko’p sonli xizmatlarni taklif etishdan 
iborat.
Yuqorida faqat savdo, maishiy va moliyaviy servisda keng tarqalgan xizmat 
ko’rsatish shakllari sanab o’tildi. Haqiqatda esa ular juda ko’p. Servis amaliyoti bu 
shakllarni doimiy ravishda ko’paytirib boradi, bu nafaqat raqobat, shuningdek, o’sib 
borayotgan jamiyat ehtiyojlarini qondirish zaruriyati bilan belgilanadi.
10.3. Xizmatlarni bajarilishi muddatlarini ahamiyati
Har bir servis faoliyati turida, turli xizmat ko’rsatish shakllarida xizmatlarni 
bajarilishi muddatlari haqidagi me’yoriy tasavvurlar juda o’zgaruvchan. Ammo bu 
vaqtli parametr ahamiyatini kamaytirmaydi. Ko’pgina xizmatlarni sertifikatlashda 
91


vaqt ko’rsatkichlarini asosiy deb qaralishi tasodifan emas. Bundan tashqari, xalqaro 
standartlarda qator xizmatlar uchun buyurtmalarni bajarish, tovarni yetkazish, kutish 
vaqtlari qattiq belgilangan.
Misol uchun, quyidagi faktlarni keltiramiz. “Amerika Eyrlayn” firmasi ishlab 
chiqqan standartlar uni ichki avialiniyalarda eng ma’qul deb tan olinishiga olib keldi. 
Uni servis faoliyatida quyidagi me’yorlar mavjud: buyurtmalar haqidagi 
qo’ng’iroqlarga 20 sekund davomida javob berish; 85 % yo’lovchilar navbatda 15 
minutdan ortiq kutishlari mumkin emas; havo kemasini eshiklari uni harakati 
tugagandan keyin 70 sekund o’tgach ochilishi kerak va hokazolar.
Hamma vaqt ham iste’molchi buyurtma berish va xizmatlarni bajarishni 
kutishga sarflaydigan vaqt sarflarini qisqartirish mumkin emas. Bunday natija ishlab 
chiqaruvchi uchun harajatlarni oshishi bilan kechadi, chunki buning uchun 
qo’shimcha jihozlar, malakali ishchilar sonini oshirish, ularni ish samaradorligini 
oshirish va boshqalar talab qilinadi. Bundan tashqari, ba’zi servis faoliyati turlarida 
xizmat ko’rsatish vaqtini qisqartirish iloji yo’q yoki bu maqsadga muvofiq emas. 
Ammo vaqtli omil barcha hollarda muhim rol o’ynaydi va bu bilan servis faoliyatini 
turli yo’nalishlarida, har bir xizmat ko’rsatish turida hisoblashish zarur. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling