Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Sertifikasiyalash
1. Standartlashtirish xizmatlar sifati, xavfsizligi va raqobatbardoshligini
ta’minlashning me’yoriy sharti hisoblanadi. Davlat xizmat ko’rsatish standartlari deyilganda tizim texniklari, servis mutaxassislari va iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqiladigan tashkiliy-yo’riqli va metodik hujjatlar tushuniladi. Ularda turli turdagi servis ishlarini maqsadi, tashkillashtirilishi, texnologiyasi va ta’minotiga bo’lgan talablar aks ettirilgan bo’lib, ularni ko’rsatilgan tarzda bajarilishi iste’molchilarni yuqori darajadagi qoniqqanligini kafolatlaydi va shu mamlakatdagi servis tashkilotlari va korxonalari uchun majburiy hisoblanadi. Ular kasbiy yo’riqnoma, nazorat baholash dastagi bo’lib, ish boshlayotgan ishchilarni kasbiy o’qitish davomida foydalanilishi kerak. Davlat standartlari talablariga rioya qilishni majburiy talablariga mahsulotlarni (ish, xizmat) atrof-muhit, odamlarni hayoti, sog’ligi va mulki xavfsizligini, texnikaviy va informasion muvofiqligini, mahsulotlar almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish metodlarini birligini, markirovka bir xilligini va boshqalarni ta’minlovchi talablar tegishlidir. Davlat standartlari ekologiya, aholini sanitar- epidemiologik eson-omonligi, havo, suv kemalari xavfsizligi, savdo, veterinariya, avtomobil transporti, yong’inga qarshi xavfsizlik, mehnatni muhofazalash, qurilish, dorivor moddalarni ishlab chiqarish va boshqa sohalarda foydalaniladi. Tasdiqlangan davlat standartlari ishlatiladigan joylarda O’zdavstandart davlat nazoratini amalga oshiradi. 2. Sertifikasiyalash – bu shunday proseduraki, uni yordamida uchinchi tomon mahsulot, jarayon yoki xizmat berilgan talablarga muvofiq kelishi haqida yozuvli kafolat beradi. U majburiy yoki ixtiyoriy tavsifga ega bo’lishi mumkin. Majburiy sertifikatlash mahsulot, xizmat sifati va xavfsizligini davlat nazorati bilan kechadi. O’zdavstandart va boshqaruv organlari bir jinsli mahsulotlarni 103 sertifikatlash tizimini yaratadilar va bunga muvofiq bu tizimlarda sertifikasiyani o’tkazish qoida va proseduralarini o’rnatadilar, majburiy sertifikatlash bo’yicha ishlarni bajarishni akreditasiyalash va lisenziyalar berish qoidalarini o’rnatadilar, muvofiqlik belgilaridan foydalanish uchun sertifikat va lisenziyalar berishadi va boshqalar. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling