Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Inson munosabatlari
1. Klassik yondashuv diqqatni korxonani maqsadlariga jamlaydi, iyerarxik
boshqaruv shakllariga xos norasmiy munosabatlar strukturasini taklif qiladi. Bunda texnik va texnologik talablar va umumiy tashkiliy tamoyillar muhimligiga asoslanadi. 130 2. Inson munosabatlari doirasida yondashish, bunda asosiy e’tibor mehnat sharoitini ijtimoiy omillariga (mehnat sharoitlari, rasmiy va norasmiy guruhlar, liderlik, ishchilarni o’zini tutish) qaratiladi. 3. Tizimli yondashuv klassik va inson munosabatlari doirasidagi yondashuvni integrasiyasi hisoblanadi. 4. Kontingentirlash yondashuvi korxonani tashkillashtirishga oxirgigacha eng yaxshi yondashuvni ishlab chiqish mumkin emasligidan kelib chiqadi. Tashkillashtirishni strukturasi, uning menejmenti ko’pgina vaziyatli o’zgaruvchilarga bog’liq bo’lib, bu unga egiluvchan tavsif berilishini taqozo qiladi. Servis faoliyatini tabiati va mohiyatidan kelib chiqqan holda, korxonani tashkiliy muhitini ishlab chiqishga qaratilgan yuqorida keltirilgan yondashuvlarni absolyutlashtirish va bir-biriga qarama-qarshi qo’yish mumkin emas. Ularni har birini elementlari servis amaliyotida keng foydalaniladi. Ammo, ularni har bir elementini servis faoliyatini u yoki bu bosqichida to’g’ri ishlatish yoki ularni o’z o’rnida o’zaro kombinasiyalash qiyinchilik tug’diradi. Kontingentlash yondashuviga e’tibor qaratadigan bo’lsak, shuni ta’kidlash kerakki, u servis faoliyatini vaziyatli parametrlariga diqqatni jamlaydi. Bu parametrlarni haqiqatdan ham bir xil emasligi korxona ishlari soni va hajmini, xizmat ko’rsatish standartlarini, turli servis sektorlarida foydalaniladigan texnologiyalarni, mijozlar fe’lini va ularni talablarini xilma xil ekanligida ko’rinadi. Turli servis faoliyatini zamonaviy amaliyotida xizmat sohasi korxonasini tez o’zgarayotgan tashqi muhit sharoitida ishlashi kuzatiladiki, bunda menedjerlar zarur bo’lgan hollarda iyerarxik qattiq strukturadan chetlashishga va faoliyatini egiluvchan tashkiliy usullarini va bir ishchiga to’g’ri keladigan ko’p funksiyali yuklamalarni ishlab chiqilariga to’g’ri keladi. Bu esa, eskirgan xizmat ko’rsatish elementlarini qandaydir yangi darajada qaytadan vujudga keltiradi. Masalan, unchalik katta bo’lmagan otel, kempinglarni sayohlik mavsumidagi faoliyati yoki personalni yarmarkali savdo sharoitida ishlashi aynan ana shunday hisoblanadiki, bunda vaziyat doimiy ravishda transformasiyalanib boradi va har bir ishchi o’z funksiyalarini tez qayta aniqlashi kerak bo’ladi. Servis faoliyatini bunday turlari o’zida 131 kontingentlangan yondashuvni amaliy aks ettiradi. Ammo, bu holda bunday yondashuvni absolyutlashtirmaslik muhim hisoblanadi. Aks holda, servisni tashkiliy strukturasiga bo’lgan boshqa yondashuvlarni sog’lom tavsiflari (formallashtiruvchi, uyushtiruvchi, napzorat qiluvchi, muvofiqlashtiruvchi va boshqalar) yo’qotilishi mumkin. Tashkiliy strukturani ishlab chiqish va taraqqiy ettirshda mutaxassislar korxonani maqsadli funksiyalari va u yoki bu bo’limlarni, ishchilarni, operasiyalarni funksional mo’ljallanilishi haqidagi tassavurlardan kelib chiqishadi. Tashkiliy tuzilma hal qiluvchi funksiyalarni bajaruvchi bo’limlarga qaratiladiki, ularga ikkinchi darajali, uchinchi darajali bo’limlar birlashadi. Ammo, hamma vaqt ham oqilona bo’limlar iyerarxiyasini tuzish oson emas. Yordamchi bo’limlar sifatida xavfsizlikni ta’minlash, muxandislik strukturalari, buxgalteriya hisobi, ma’muriy faoliyat olib borayotganlar va boshqalar bilan bog’liq bo’lganlar namoyon bo’lishadi. Ammo, ba’zi bu bo’limlarni ishchilari ham yanada muhimroq rol o’ynashga harakat qilishlari mumkin. Masalan, buxgalteriya nazorat funksiyalarini bajarishga harakat qilishi mumkin, ayni vaqtda esa u faqat korxonani faoliyatini qo’llab quvvatlashni ta’minlab turadi. Moliyaviy nazorat moliyaviy siyosatni elementi sifatida namoyon bo’ladiki, uni rahbariyat bo’g’inini vakillari amalga oshirishadi. Shu bilan birga har bir servis korxonasidagi personal xizmatini ahamiyati beqiyos bo’lib, uni funksional, ikkinchi darajaliga tegishli deb bilish mumkin emas. Tashkiliy tuzilmani ishlab chiqishda funksional kriteriy bilan bir qatorda turli bo’limlarni ish ixtisosligi, vakolat hajmi va nazorat funksiyalarini o’lchash, shuningdek, ularni o’zaro muvofiqlashtirish metodlari hisobga olinadi. Turli servis korxonalarida iyerarxiyani turli sondagi darajalari mavjud bo’ladiki, bunda buyruq berish pog’onalari vertial qatorga tiziladi va rahbarlar va bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlar quriladi. Bo’ysunuvchilar va buyruq beruvchi darajalar sonlari o’rtasidagi eng ma’qul nisbatni topish juda qiyin. Oldinroq bir rahbar yettita bo’ysinuvchini optimal boshqarishi mumkin deb faraz qilinar edi. 132 Hozirgi kunda esa, turli vaziyatlar rahbarni bir xil bo’lmagan bo’ysunganlari sonini belgilaydi deb hisoblanadi. Korxona rahbariyati korxona iyerarxiyasidagi darajalarni asoslanmagan ko’payishi boshlanayotganligini vaqtida aniqlay olishi lozim. Bunday xavf katta iyerarxik darajalar mavjud bo’lgan katta servis korxonalarida yuzaga kelishi mumkin. Xizmat ko’rsatish korxonalari amaliyoti ortiqcha bo’ysunuvchi daraja va korxona personali sonini kamaytira turib, iqtisodiy konyunkturaga hozir javob bo’ladigan ishni tashkiliy shakllarini o’zlashtirganlar. Hozirgi vaqtda bunday shakllarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda informasion texnologiyalarni o’zlashtirilishi, ishchilarni qisman yollashni (soatbay, to’liq bo’lmagan ish haftasiga) joriy qilinishi va boshqalar ko’maklashadi. Hozirgi sharoitda korxonani tashkillashtirishda ishchilarni uch guruhi farqlanmoqda: • asosiy guruh – asosiy ishlab chiqarish funksiyalarni bajaruvchi va to’liq ish stavkasida ishlayotgan personal; • rahbarlik qiluvchi guruh – stabil yollanma rejimida mehnat qiluvchi va umumiy rahbarlikni , subpodryad ishlarni nazorat qilish va boshqalarni amalga oshiruvchi rahbar ishchilar; • yordamchi guruh – egiluvchan ishchi guruhidan iborat. Oxirgi guruhdagi ishchilar soni sharoitga qarab ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Bu guruhni afzalligi ishchi kuchini arzonligi, ishchilarni yollash va bo’shatish soddaligi bilan belgilanadi. Bu guruh personalini har safar o’qitish, ularni samarali boshqarish va nazorat qilish talab qilinadi. Ammo, bunday tashkillashtirish o’zini oqlaydi. Iyerarxik pog’onalar va personal sonini qisqartirish ba’zi xizmat ko’rsatish bo’g’inlarini avtomatlashtirish hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi menedjerlar avangard yechimlar qabul qila turib, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish jarayoniga ishtirok etish imkonini berishadi (masalan, restoranlar va otellarda). Faoliyatni ko’p sonli tashkiliy jihatlarini optimallashtirish uchun katta servis korxonalarida nazorat qilish xizmati tashkillashtirilishi joriy etilmoqda. Bu xizmat to’g’ridan-to’g’ri korxona rahbariyatiga yoki uni o’rinbosarlariga bo’ysunadi. U 133 mustaqil bo’lib, chiziqli (ma’muriy) boshqaruvni turli darajalariga nisbatan xolisdir. Uning mohiyati asosiy maqsadlar bajarilishini kuzatish, korxona miqyosidagi turli bo’lim va barcha ishchilarni muvofiqlashmagan harakatlarini yengib o’tishga qaratilgan bo’ladi. Shu bilan birga tashkiliy faoliyatni qator jihatlarini optimallashtirish qiyin kechmoqda, servis korxonalarini ayrim tomonlari esa ko’p hollarda o’zgarishlarga uchragan. Bu quyidagi fakt va tendensiyalarda namoyon bo’lmoqda: • ko’pgina xizmat sohasi korxonalarida formulyarlarni to’ldirishni yaxlit tizimi va tartibga solingan hujjat yuritish mavjud emas. Bu xizmatlar bajarilishi, buyurtmalarni hisobga olish va tayyorlanishi bo’yicha tezkor boshqarishni yo’lga qo’yish imkonini bermaydi; • ishlarni ixtisoslanishi, ularni funksional mo’ljallanishi ko’p hollarda aniqlanmagan yoki aniq emas. Bundan ishchilarni lavozim majburiyatlarini aniq taqsimlanmasligi kelib chiqadi; • turli bo’limlarni o’zaro ta’siri va ularni muvofiqlashtirish yaxshi yo’lga qo’yilmagan; • bo’limlar va aniq ishchilar ishi ustidan puxta fikrlangan nazoratni bo’lmasligi; • firmani bir ishchisiga me’yoridan ko’p vazifa yuklanishi va boshqalarini bo’sh qolishi hollarini uchrashi. Demak, servis korxonasi faoliyatini tashkiliy-ma’muriy jihatlari o’ziga e’tiborli munosabatni talab qiladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling