Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


 Servis korxonasini tashkiliy tuzilmasi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

13.2. Servis korxonasini tashkiliy tuzilmasi
Servis industriyasidagi boshqarish jarayonlari va ishlarni bajarish korxonani 
tashkiliy tuzilmasi doirasida amalga oshiriladi. Bu holda struktura korxonani tashkiliy 
tuzilishini, undagi ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish usullarini, 
shuningdek turli bo’lim ishchilari o’rtasidagi aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi.
Servis korxonasini tashkiliy tuzilmasi kim, nimani, qayerda, qanday vositalar 
bilan, qachon va qanday muddatlarda bajarishi kerak degan savollarga javob bera 
oladi. U korxona xodimlari o’rtasidagi vazifalar va faoliyat turlarini ma’lum 
taqsimlanish tartibini belgilaydi, shuningdek rejalashtirish, yechimlar qabul qilish, 
ularni bajarish va nazorat qilish uchun vakolat va mas’uliyat hajmini reglamentlaydi. 
Tashkiliy tuzilma, amaliy nuqtai nazardan korxonani asosiy bo’lim va bo’lmalari, 
shuningdek odamlar o’rtasidagi bog’liqliklar va munosabatlar, ishga aloqador 
informasiya va moddiy resurslar oqimlaridan iborat. O’rnatilgan struktura asosida 
ishchilarni foliyati yo’naltiriladi va nazorat qilinadi, farmoyish va buyruqlar beriladi, 
127


iste’molchilar oqimi tashkil etiladi. Struktura maqsadli ravishda quyidagilar sababli 
ishlab chiqiladi:

personal ishini funksiyaviy va mazmun vazifalari bo’yicha oqilona taqsimlash 
va ixtisoslashtirish imkoniyatini yaratishi;

jamoa ichidagi, shuningdek ishchilarni iste’molchilar bilan muhim 
munosabatlar va aloqalar yo’llarini shakllantira olishi;

har bir ishchini vazifa va majburiyatlarini belgilashi;

ishchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni, shuningdek ularni kasbiy rollarini 
belgilashi.
Industirlashtirishga qadar va industirlashtirish davrlarida xizmat korxonalari 
oddiy tashkiliy tuzilmaga ega bo’lib, unda xizmat ishlab chiqarish bilan bog’liq 
bo’lgan asosiy ishlab chiqarish va asosiy
ishlab chiqarishni ish sharoitini 
yaratishga yo’naltirilgan boshqa bo’lim (ko’p hollarda ishchilar soni va ish hajmi 
kam) shakllangan. Ko’p hollarda bir ishchi ko’plab ishlab chiqarish – xizmat 
funksiyalarni birga olib borgan.
Hozirgi vaqtda mayda, o’ta mayda, qisman o’rta servis korxonalarida bu 
struktura o’z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Bu yerda tashkiliy tuzilmaga quyidagi 
tavsiflar xos:

mehnat taqsimotini past darajasi, ishchilar ko’p hollarda ko’plab xizmat 
funksiyalarini birga olib borishganlari sababli ko’p ish bajarishadi;

rahbar bevosita servis ishlab chiqarishda ishtirok etadi;

bo’limlarga bo’linish deyarli uchramaydi;

ishchilar o’rtasida qisqa informasion aloqa kanallari ustunlik qiladi;

turli xodimlar ishini muvofiqlashtirish bevosita ularni o’zlari tomonidan 
to’g’ridan-to’g’ri kelishuv va bitim tuzish yo’li bilan o’rnatiladi;

ishchilar o’rtasida norasmiy (shaxsiy) munosabatlar ustunlik qiladi;

bularni hammasi iste’molchilar talabi o’zgarishiga yuqori darajadagi tashkiliy 
egiluvchanlikni va boshqalarni taqozo qiladi.
Hozirgi vaqtda ko’pgina katta, shuningdek qisman mayda servis korxonalarida 
differensiyalangan, kompleksli tashkiliy strukturalar amal qiladi. Ko’plab zamonaviy 
128


servis korxonalarini asosiy ishlab chiqarishi bir necha bo’lmalarga bo’linadiki, ular 
o’rtasida asosiy xizmat turlarini ishlab chiqarishga, ya’ni tayyorlash, yordamchi, 
xizmat ko’rsatuvchi ishlarga tegishli bo’lgan tashkiliy tuzilmalar ajratiladi. Masalan, 
zamonaviy otel uchun ikkita muhim xizmat ko’rsatish bo’g’inlari: joylashtirish va 
ovqatlantirish xizmatlarini mavjudligi xos. Boshqa xizmatlar yordamchi xarakterga 
ega bo’lib, ko’p hollarda ular uchun ham tarmoqlangan mayda strukturalar xos. Bu 
esa mehmondorchilik industriyasidagi mehnatni chuqur taqsimlanishidan dalolat 
beradi.
Mayda, o’rta va katta servis korxonalari (tashkilotlari)da uchraydigan tashkiliy 
tuzilmalarni muhim turlarini keltiramiz.
1. Tashkiliy tuzilmani chiziqli turi quyidagilardan iborat:

yuqori rahbariyat darajasi (rahbar, uni o’rinbosari, ma’muriyat a’zolari);

yordamchi bo’lmalar – buyurtmalarni qabul qilish guruhi, xizmat ko’rsatish 
guruhlari (buxgalteriya, kadrlar bo’limi, texnik xizmat ko’rsatish va boshqalar) 
tayyorlovchilar guruhlari (xom-ashyo, material, tovarlar va boshqalarni 
tayyorlash);

xizmat ko’rsatuvchi asosiy bo’lmalar: xizmat ko’rsatuvchi personal va ular 
ishini rahbari.
Chiziqli tashkiliy tuzilma turi unchalik katta bo’lmagan (mayda, o’rta) servis 
korxonalari (sartaroshxona, atelye, maishiy asboblarni ta’mirlash ustaxonalari, kafe 
yoki unchalik katta bo’lmagan umumiy ovqatlanish joylari va boshqalar) uchun xos.
2. Tashkiliy tuzilmani funksiyali turi servis korxonasini bo’lim va guruhlari 
o’rtasida ko’plab funksional aloqalar va munosabatlarni kesishganligi tufayli yanada 
murakkab xarakterga ega.
Funksional struktura mavjud bo’lganida ikkinchi daraja yanada tarmoqlashgan 
xarakterga ega bo’ladi va uni ta’sir doirasiga iste’molchilarga xizmat ko’rsatishni 
amalga oshiruvchi bo’lmalar tushadi. Bunday struktura servis ishlab chiqarishni qator 
bo’lmalariga ega bo’lgan, shuningdek ichki xizmat ko’rsatish funksiyasini bajaruvchi 
bo’limlar (buyurtmani, reklamani va informasiyani qabul qilish bo’limi, rejalashtirish 
ishlab chiqarish bo’limi, texnik xizmat ko’rsatish bo’limi, moliyaviy bo’lim va 
129


boshqalar) yaratgan katta servis korxonalari uchun xos. Ushbu struktura doirasida 
tuman poliklinikalari, o’rta otellar, magazinlar ishi tashkil etiladi.
3. Tashkiliy tuzilmani chiziqli-funksional turi servis korxonasi keng ko’lamli 
xarakterga ega bo’lgan va yirik tashkiliy birliklar – bo’lmalardan iborat bo’lgan 
hollarda o’rinlidir. Faoliyat maqsadlari bo’yicha markaziy rahbariyatga bo’ysungan 
bu har bir bo’lmalar yordamchi guruhlar va xizmat ko’rsatuvchi bo’limlar majmuasi 
bilan ta’minlangan. Bunday tashkiliy tur misoli sifatida yirik (500 dan ortiq o’rinli) 
otellarni, banklarni, kasalxonalarni, oliygohlarni ko’rsatish mumkin. Bu yoki boshqa 
yerlarda o’z filiallariga ega bo’lgan servis tashkilotlariga ham aynan shunday 
tashkiliy tuzilma turi xos.
Chiziqli-funksional struktura turini yana bir ko’rinishi bu brigadali 
tashkillashtirish hisoblanadi. Bu holda korxona turli xizmat va mehnat operasiyalari 
majmuasiga ega bo’lgan servis ishlab chiqarishning qator uchastka va sexlariga ega 
bo’lishi kerak. Bu uchastka yoki sex doirasida iste’molchilarga tezkor xizmat 
ko’rsatishni amalga oshiruvchi brigadalar (3-12 kishi) mehnat qilishadi.
Brigadali struktura turi misoli sifatida katta shaharlardagi tuman turar-joy 
ekspluatasiya kontoralarini tashkillashtirilishini keltirish mumkin. Aniq kontorani 
ishchilari ularga qarashli bo’lgan joylarda va tura rjoy fondida turli servis ishlarini 
(ko’cha va zinapoyalarni tozalash, kvartiralardagi santexnika jihozlarini ta’mirlash, 
barcha elektr yoritish tizimlarini yaxshi holatda saqlash, kommunal to’lovlarni 
to’plash va hisoblash va boshqalar) bajarishadi. Bu ko’rsatilgan ishlarni ko’p qismi 
ixtisoslashgan brigada a’zolari tomonidan bajariladi. Shu bilan birga, ularga umumiy 
xizmat ko’rsatishni yordamchi bo’lim va guruhlar amalga oshiradi.
Servis ishlab chiqarishni samarali tashkil etish sifatli servisni ta’minlaydi. 
Samarali tashkiliy konstruksiyalashni ta’minlashning ko’pgina yondashishlari 
mavjud. Ularni tasnifini keltiramiz:

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling