Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

3. Lisenziyalash – bu ma’lum talab va shartlar majburiy bajarilganda yuridik 
shaxslar yoki yakka tadbirkorlarga aniq faoliyat turini bajarish huquqini berish uchun 
lisenziyalar berish prosedurasidir.
Bizda teleradioeshittirish, auditorlik faoliyati, qimmatbaho metallar va 
zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, tibbiy va farmasevtik, veterinariya faoliyati, 
jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish va sport xizmatlari va boshqalar kabi servis 
faoliyati turlari lisenziyalanadi.
Mahsulot sifatini tasdiqlovchi va sertifikat, taralarda uchraydigan belgilar 
muvofiqlashtirish belgisi hisoblanadi.
Jahon va o’zimizni tajribamiz shundan dalolat beradiki, xizmatlar sohasi 
korxonalarida sifatni va xavfsizlikni tadbiq etish davomidagi murakkab muammo 
ko’p hollarda odamlar bilan bog’liq ekan. Gap ishchilar (nafaqat oddiy xodimlar, 
shuningdek boshqaruv, xususan o’rta bo’g’in personali) ma’lumotlilik va malakaviy 
darjasini oshirish muhimligi haqida ketayapti.
Servisni korporativ madaniyatini va firma ichidagi xizmat ko’rsatish 
madaniyatini taraqqiy ettirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aniq firmada 
iste’molchi manfaati va ehtiyojlariga e’tiborli munosabatni ishlab chiqilganligi, uni 
xizmatni xususiyati, xavfsizligi va natijalari haqida har tomonlama to’g’ri ma’lumot 
bilan ta’minlanilishi, xizmat ko’rsatish prosedurasi uchun iste’molchi ma’lum qilgan 
tavsiflar, hayotiy sharoitlar haqidagi ma’lumotlarni uni o’ziga qarshi foydalanilishiga 
yo’l qo’yilmasligi muhim hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bizni iste’molchilarimiz iste’molchilar haqidagi 
qonunda berilgan huquqlardan hamma vaqt ham foydalanishmaydi, xizmat ishlab 
chiqaruvchilarni hammasi ham iste’molchilar huquqlari haqidagi qonunga, 
sertifikatlash, lisenziyalash, reklama va boshqalarga, shuningdek tovarlarni sotish va 
104


xizmatlarni ko’rsatish qoidalariga rioya qilishmaydi. Mavjud sertifikatlash tizimi 
hozircha yaxshi tartibga solinmagan va ancha yirik. U hali sifatsiz tovar va 
xizmatlarni ajratib olishga chorasizdir.
Natijada oxirgi vaqtlarda bozorda elementar sifat talablariga muvofiq 
kelmaydigan, odamlar sog’ligi uchun xavfli soxta, sifatsiz servis mahsulotlari
xizmatlar paydo bo’lmoqda. Bu birinchi navbatda oziq-ovqat va ichimliklar, kiyim-
bosh, poyafzal, o’yinchoqlar, turistik xizmatlar, ba’zi tibbiy xizmat ko’rsatish turlari 
va boshqalarga tegishli.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling