Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

Nazorat uchun savollar:
1.
Tarixgacha bo’lgan tushumlardagi xo’jalik va jamiyat mashg’ulotlarini 
differensialanishini izohlang? 
2.
Ibtidoiy jamiyatda mexnat taqsimoti kurtaklarini vujudga kelishini misollar
bilan tushuntiring?
3.
Qadimiy jamiyatlarni tarixgacha bo’lgan tuzumlardan farqlab turuvchi 
xususiyatlarni izohlang?
4.
 Qadimiy dunyo jamiyatlarida qanday xizmatlar turlari shakllandi?
5.
Qadimiy dunyo jamiyatidagi oilani izoxlang? Oila doirasidagi xizmatlarni 
tushuntiring?
6.
O’rta asr jamiyatlaridagi ilmiy-falsafiy fikrlar ahamiyatini izohlang?
7.
O’rta asrlar oxiri va yangi vaqtda jamiyat va xo’jalik rivojlanishidagi
chuqur o’zgarishlar natijasida xizmatalrni shakllanishi qanday kechgan?
21


Mavzu 3. Zamonaviy jamiyatdagi servis faoliyati va xizmatlar
Ma’ruza rejasi:
3.1. Industrial ishlab chiqarishning servis faoliyatiga ta’siri.
3.2. Postindustrial jamiyatdagi servis faoliyati.
3.1. Industrial ishlab chiqarishni servis faoliyatiga ta’siri
Zamonaviy turdagi xizmatlar industrial madaniyatni shakllantirgan G’arbiy 
Evropa davlatlarida paydo bo’ldi. Industrial madaniyat doirasida rivojlanayotgan 
davlatlarga ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni xuquqiy asosda joriy 
etilgan va rivojlantirilgan yetuk tovar-pul shaklidagi kapitalistik munosabatlar xos. 
Bu jamiyatlarni iqtisodiy amaliyotida ishlab chiqarish mehnatini ilmiy bilimlar va 
o’zlashtirilgan texnologiyalar bilan birlashishi ro’y beradi. Bu qo’l mehnatini 
ommaviy idustrial ishlab chiqarish bilan almashishiga olib keladi. Bunday ishlab 
chiqarishni asosiy bo’g’ini yirik mashina asosidagi sanoat hisoblanib, u odamni og’ir 
jismoniy mehnatini bosqichma-bosqich mashina ishi bilan almashtiriladigan, o’zaro 
bog’langan ishlab chiqarish tuzilmalarini birlashtiradi. Bu masshtabli ishlab chiqarish 
birlashmalarni faoliyat yuritishi uchun unda turli kasb va malakali ishchilarni 
jamlanishi lozim. Ular o’zaro xamkorlikda bir xil andozadagi tovar yaratadilar
natijada maxsulot ishlab chiqarishni yuqori sur’atlariga va katta xajmlariga 
erishiladi.
Industrial sanoat ishlab chiqarishni murakkab strukturasi xo’jalikni turli 
soxalari o’rtasida resurslarni yangi qayta taqsimlanishiga ko’maklashib, jamiyatni 
strukturasini, odamlarni xayot tarzini chuqur o’zgarishlariga olib keladi. Endi ko’p 
resurslar an’anaviy jamiyatdagi kabi savdo ishida emas, balkim katta ishlab chiqarish 
va kredit bank sektorida to’planadi. Shahar aholisini ulushi o’sib boradi, jamiyatni 
tabaqalanishini chuqurlashtiruvchi va mashinalarni ishlatish bilan bog’liq yangi 
kasblar paydo bo’ladi. Industrlashtirishni birinchi bosqichida aholini ma’lum 
qatlamini iqtisodiy ahvolini yomonlashuvi ro’y bersada, ammo, XIX asrni oxirida 
22


rivojlangan g’arb davlatlarini aholisi industrlashdan yutib chiqqanligi ma’lum bo’ldi. 
Bunga nafaqat sanoat, shuningdek ko’pgina g’arb davlatlarini mustamlakalarini 
mavjudligi ko’maklashdi va ulardan sanoat rivojlanishi uchun zarur bo’lgan tabiiy 
resurslar olib kelinar edi. 
Ilmiy-texnikaviy revolyusiya jamiyatda texnika bilan bog’liq bo’lgan va 
tadbirkorlarga keng ommaga murojaat qilish imkonini beruvchi yangi 
kommunikasiya vositalarini (kitob, gazeta, jurnallarni chop etilishi) paydo bo’lishiga 
olib keldi. Aloqa texnikasini rivojlanishi natijasida informasiyani tarqatishni boshqa 
usullari (radio, kino, televideniye, kompyuter) ham paydo bo’ldi.
Ommaviy kommunikasiya vositalari (ommaviy informasiya vositalari, mass-
media) industrial jamiyatda doimiy ravishda an’analardan uzoqlanilishiga olib keladi. 
Ommaviy informasiya vositalarini tarqalashi natijasida xalq san’ati, mifologiyani 
ahamiyati yo’qolib boradi, odamlar tomonidan borliqni o’zlaricha va boshqa o’ziga 
xos anglash shakllari tugallanadi. Nafaqat shahar, shuningdek qishloq aholisi ham 
texnogen muhit bilan o’ralgan bo’lib, ular odamlarni miflar dunyosida, romantik 
hayollar og’ushida qolib ketishiga yo’l qo’ymaydi va ularni dunyoga pragmatik 
qarashga majbur qiladi. Ishlab chiqarish strukturalari va servis tashkilotlari ommaviy 
informasiya kanallarini ommabop san’at, ommabop informasiya va reklamani uzatish 
vositasiga aylantirib, shaxs va jamiyat ongiga ta’sir etishadi. Endi odamlarni talab va 
iste’molchilik hatti-harakatlari nafaqat chinakkam ehtiyojelar bilan, balkim reklama 
va mass-media tomonidan qo’llab quvvatlanadigan soxta ehtiyojlar bilan belgilanadi. 
Industrial jamiyatda ehtiyojlari bir xil bo’lmagan qatlam va guruhlarni turli-
tumanligi darajasi oshib boradi. Bular esa hozirgacha mavjud bo’lmagan yangi 
ne’mat va xizmatlarni paydo bo’lishi imkoniyatini oshiradi. Bu paytgacha ahamiyatli 
hisoblangan uy xo’jaligini ijtimoiy-iqtisodiy mav’qyeini o’zgarishiga olib kelinadi. 
Endi uni a’zolari uy xizmatchilari yoki o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tamoyillariga 
suyana olishmaydi. Ular tovar-bozor, turli kasblar asosida ishlovchi va o’z ishini 
ishlab chiqarish faoliyati tamoyillari asosida tashkil etuvchi jamiyat xizmat ko’rsatish 
sektoridan foydalanishga majbur bo’lishadi. 
23


Industrial jamiyatda ishchi shaxsi bilan bog’liq hammasi tubdan o’zgaradi. 
Ishchilar endi an’anaviy me’yorlar yoki ajdodlar vasiyatlariga ko’ra emas, balkim 
kasbiy tayyorgarligi, malaka darajasi, umumiy madaniyatini o’sib borishiga muvofiq 
mehnat qilishadi. Shu sababli G’arbiy Evropa davlatlarida umumiy va kasbiy ta’lim 
tizimi jadal rivojlandi. 
Jamiyat rivojlanishini sanab o’tilgan bu omillari fuqarolarni yangi hayot tarzini 
shakllantiradi. Mashina texnologiyalari vositasida tayyorlangan oziq-ovqat 
mahsulotlarini va kundalik ehtiyoj tovarlarini sotib olish, tipaviy uy-joylarni 
industrial asosida qurish usullari ijtimoiy amaliyotda sezilarli bo’ladi. 
Zamonaviy hayot tarzini muhim tavsifi kunlik vaqt hajmini taqsimoti bilan 
bog’liqdir. Odamni industrial davrdagi kundalik hayot kechirishi ishda, uyda, dam 
olishda va boshqa joylarda ma’lum vaqt davomida bo’lishiga yo’naltirilgan. Bunday 
hayot tartibi odamlarni ishlab chiqarish majburiyatlariga e’tiborini kuchaytiradi
ishlab chiqarish unumdorligini, intizomliligini oshiradi. Ayni shu vaqtda intensiv 
mehnat maqomi ishchilarda charchoqlikni oshiradi, ularda stressli va ruhiy 
chetlanishlarni yuzaga keltiradi. Shu bilan birgalikda odamlarni ma’lum bo’sh vaqti 
kun, hafta oxirida emas, balkim yil davomidagi ta’til paytida ham paydo bo’ladi. 
Bunday vaziyatda odamlarni asosiy tashvishi bo’sh vaqtdan o’z kuchlarini tiklash, 
yaqin odamlar bilan muloqotda bo’lish, ko’ngilni ochish uchun samarali 
foydalanishga qaratilgan bo’ladi. Bularni hammasi servisni yirik segmenti bo’lmish 
rekreasiya, o’yin faoliyati, ko’ngil ochish sohalarini paydo bo’lishi uchun zamin 
yaratadi.
Shunday qilib, industrlashtirish natijasida servis faolligi o’zi ichida o’zini 
tashkillashtirishni yangi shakllarini va turli-tuman zamonaviy xizmatlarni ishlab 
chiqish orqali rivojlanish uchun katta turtki oladi. Servis faoliyati yangi ijtimoiy-
madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltirish imkoniga ega bo’ladi, iste’mol bozori hajmini 
oshiradi. Ko’pgina xizmat ko’rsatish sohalarida xizmatlarni sanoat ishlab chiqarilishi 
texnologiyalari bilan yaqin bog’liqligini taqozo etadigan «servis industriyasi» 
shakllanadi. 
24


XX asrni o’rtalarida rivojlangan G’arbiy Evropa va Shimoliy Amerika 
davlatlarini asosiy fuqarolarini hayot darajasi eng yuqori bo’ldi. Rivojlangan 
jamiyatdagi odamlar yuqori maosh olib, unga nafaqat oilani boqish, bolalarga yaxshi 
ma’lumot berish, uy-joy, shaxsiy avto transport sotib olish, shuningdek, ta’til paytida 
boshqa kontinent kurortlarida dam olish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling