Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
O’rta asr G’arbiy Evropa jamiyatidagi xizmatlar
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
2.3. O’rta asr G’arbiy Evropa jamiyatidagi xizmatlar
O’rta asrlarga V –XV asrlardagi tarixiy davr mansub. Ushbu davrni G’arbiy Evropa, O’rta yer denigizi va yaqin Sharq davlatlari misolida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu vaqtda aynan shu yerda yangi turdagi iqtisod va xizmatlar shakllanishiga bevosita aloqador bo’lgan xo’jalik va bozor munosabatlari defferensiasiyalanishini chuqurlashtiruvchi ko’pgina ishlab chiqarish - moliyaviy va jamiyat mexanizmlari ishlab chiqilgan edi. Bularni yangi tipdagi iqtisod va xizmatlarni shakllanishidagi axamiyati juda katta edi. Ko’xna dunyo jamiyatlaridagi xizmatlar o’ta patriarxal tavfsifga ega bulib, bu jamiyatlar uchun umuman olganda sust rivojlanish, jamiyat rivojlanishini faza va sifatlarini sust almashinuvganligi xos edi. Shunga qaramasdan qadimiy Gresiya va Rimda jamiyat rivojlanishini dinamizasiya qilishga qobiliyatli faoliyat turlari paydo bo’ladi va o’rta asrlarda chuqurlashib bordi. Bu jamiyat madaniyatlarida odamlarni tarqqiy ettirishga yo’naltirilgan o’sha davr uchun kuchli ilmiy falsafiy fikr, shuningdek san’at mavjud edi. Yaqinlashib kelayotgan g’arb sanoat rivolyusiyasi uchun bu fenomentlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ammo g’arb davlatlaridagi ilg’or fikr vakillari o’zlaridan oldingilarni yutuqlaridan birdaniga foydalana olishmadi. Dastlab qadimiy dunyo ilmiy falsafiy merosi IX – XI asrlarda arab - musulmon dunyosida talab qilib olindi. Musulmon e’tiqodiga qarshi bo’lmagan, uni qo’llab – quvvatlaydigan to’plangan bilimlar sohasida (matematika ximiya, medisina 18 va boshqalar) arab fani gullab yashnadi. Shuning uchun sharq musulmon vakillari o’z ilmiy yutuqlarni keng ro’yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo’lishimadi. Qadimiy dunyo va o’rta asrlar davrlaridagi xitoyliklar juda yaxshi xo’jalik yurituvchilar (tovar ishlab chiqaruvchilar, savdogarlar, sayoxatchilar), o’zida katta amaliy effekt (porox, kompas, qog’oz va boshqalar)larni jamlagan ixtirolar mualliflari sifatida mashhur edilar. Ammo Xitoy madaniyatida xususiy an’analarni yangilashga emas, balkim uni mustaxkamlashga bo’lgan intilishlar sababli bu oqilona fikrlar rivojlanmadi. XX asrga qadar sharq madaniyati jamiyatni sust dinamika bilan rivojlanishini sablab turishdi. Bu esa turli soxalarda, jumladan xo’jalikda ham inovasiyalar kiritilishiga to’sqinlik qilib keldi. Faqat o’rta asrlarni oxirgi asrlarida, shuningdek yangi vaqtda XVII asrlardan boshlab O’rtayer dengizi va G’arbiy Evropa davlatlarida jamiyat va xo’jalik rivojlanishini evolyusion monotonligi buzildi. Bu yerda iqtisodiy, mehnat munosabatlarida, shuningdek odamlarni dunyoqarashida butun jamiyatni ma’naviy rivojlanishida katta o’zgarishlar ro’y berdi. G’arb davlatlarida quldorlik ishlab chiqarishi, xunarmandchilik ustaxonalari o’rniga mexnatni yanada deferensiyalanishini va spesializasiyasi bilan bog’liq manufaktura ishlab chiqarish kela boshladi. Qatta pul zaxiralarini ma’lum shaxs qo’llarida to’planishiga va ularni ishlab chiqarishni rivojlantirishga foizli kritish imkoniyatini yaratuvchi moliya kredit tashkilotlari paydo bo’ldi. Bir tomondan ishlab chiqarish tashkilotchisi bo’lmish mulkdor va ikkinchi tomondan yollanma ishchilar o’rtasidagi munosabatlar tovar pul mexanizmlari prinsiplari bilan belgilana boshlandi. Savdodagi professional - korporativ munosabatlar taraqiy etgan shakllarga erishdi. Korparasiya ichidagi savdo aktivligi me’yorlarini (sotish, savdo xavfsizligi va boshqalar) rostlash imkonini beruvchi savdo assosiasiyalari (jamiyatlar,gildiya), ganzey ittifoqlari tuzildi. Aynan shu maqsaddlarda ishlab chiqarishdagi mehnat tartibini belgilovchi hunarmandchilik sexlari, korparasiyaviy birlashmalar tuzildi. G’arbiy Evropaning qator shaharlarida universitetlar, maktablar paydo bo’ldi. 19 O’rta asrlar oxirlarida xristian dunyo qarashi i diniy tashkilotlar mavqyei yuqori bo’lgan sharoitda ham, Shimoliy O’rtayerdengizi shaxarlarida savdo tizimi, buning natijasida bozor tipidagi pul muomalasi keskin rivojlana boshladi. Aynan savdo G’arbni o’rta asr iqtisodini jonlanishiga, uning ixtisoslanishga pul, yo’l boshlovchi bo’ldi. Hurnarmandlarni taklifi savdogar talabiga buysunganedi. Bu davr savdogarlari haqiqiy ish bilarmon edilar. U bozor va yarmarkalarni aylanar, hunarmandlarni ham ashyo bilan ta’minlar, ular uni tayyor mahsulotga aylantirishganda esa, bu tovarlarni sotib olar va ular bilan savdo qilar edi. Bularni hammasi moliyaviy aylanmalar ahamiyatini oshirar edi. Shimoliy Italiya shaharlarida hozirgi kredit – bank tizimini prototili paydo bo’la boshladi, bu esa bu yerda kapitalistik xo’jalik yuritishini dastlabki shakllarini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Pullarni o’sishga foizli berish imkoniyati o’rta asrdagi Evropada paydo bo’ldi va bu jarayon kurapsiz va murakkab to’siqlarsiz kechmadi. Xristian tashkilotlari uzoq davr mobaynida bu prosedurani aldamchilik deb hisoblashdi va bunga qarshilik qilishdi. Ammo, XIII asrdan boshlab Lombardiya va Shimoliy Italiya bankirlari bu man etishlarni yengib, pullarni foizli berish jarayonini rivojlantira boshlashdi. Moliyaviy tizimlar dunyosida birinchi marta katta pul mablag’larini uzoq masofalarga mahsus qog’ozlar – Veksellar yordamida ko’chirish xristian Xram Ordeni a’zolari tampliyerlar tomonidan XII asrda yaratildi. Tampliyerlarni moliyaviy tajribasi G’arbiy Evropani bank uylari tomonidan foydalanildi. O’z xo’jaliklarini kapitallashtirish yo’li bilan borayotgan jamiyatlarda zamonaviy servisni asosiy bo’g’ini: “Xizmat ishlab chiqaruvchilar - iste’molchilar” shakllana boshladi. Ushbu zanjir intensiv ravishda sayyohatlar sohasida faoliyat ko’rsata boshladi. Sayyohlar sonini o’sib borishi yaxshi yo’llar, mehmonxonalar, ovqatlanish joylari bo’lishini taqozo etdi. Xizmat ko’rsatuvchilar va xizmatdan foydalanuvchilarni o’zaro munosabati dastlab an’analar diniy qarashlar, har kungi o’zini tutish me’yorlari bilan rostlangan bo’lsa, keyinchalik ular munosabatlarida davlat tomonidan beliglangan huquqiy stereotip va me’yorlar kuchayib bordi. Bu davrda G’arbiy Evropa davlatlarida xristian dinini ijtimoiy mavqyei ham o’zgardi. XV asr oxiridagi islohotlarni muhim g’oyalardan biri aynan, odamni xudo 20 oldidagi shaxsiy javobgarligi, yuqori mehnat faoliyati faolligini xudoga bo’lgan muhabbat sifatida qaralishi hisoblandi. Islohot davrini radikal jarayonlari G’arbiy Evropada kapitalistik ishlab chiqarishni shakllanishiga, shuningdek burjuaziyani jamiyatdagi mavqyeini birinchi o’ringa chiqarishga imkon berdi. Kapitalistik munosabatlarni rivojlanishi sarin tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarni iste’molchilarning talabini qondirishga, shuningdek o’z foydasini o’stirishga intilishi kengaydi va mustahkamlandi. Bu esa qadimiy dunyoda kam uchraydigan hodisa edi. Ammo, bu ijobiy jarayonlar jamiyat kelisha olmaydigan hodisalar bilan ham kechdi. Turli xizmatlar tashkilotchilari odamlar talabini qondirishga intilib, o’z foydasini ko’zlab odamlarni kuchsiz tomonlaridan foydalanishdan ham tonmas edilar. Odamlarni ojiz tomonlaridan foydalanib tomosha yoki o’yinda ishtirok etish orqali tezlik bilan qandaydir ne’mat olinishini taklif etuvchi g’irromlar “xizmatlari” ham ma’lum. Iqtisodiyot sohasida kapitalistik munosabatlarni poydo bo’lishi va bozor xizmatlarini tarqalishi an’anaviy jamiyatlarni XVII va XVIII asr boshlarida G’arbiy Evropa davlatlarida ro’y bergan sanoat revolyusiyasiga tayyorladi. Yangi vaqtda G’arbiy Evropa sivilizasiyasi jamiyat rivojlanishni yangi omillarini (texnika, sanoat ishlab chiqarilishi va fan) faollashtirdi va ular yangi industrial jamiyatni asosini tashkil etdi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling