Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


 Postindustrial jamiyatdagi servis faoliyati


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

3.2. Postindustrial jamiyatdagi servis faoliyati
XX asrni 60-70 yillarida rivojlangan davlatlarda yangi postindustrial jamiyatni 
sifatlari paydo bo’la boshladi. Uning dinamikasi industrial – ommaviy ishlab 
chiqarish bilan emas, balkim fanga boy informasiya - kompyuter texnologiyalari va 
servisni ijtimoiy va madaniy segmentlarida xizmatlar mavqyeini oshishi bilan 
belgilandi. Bunday jarayonlar fanda “informasion revolyusiya”, “iqtisodni 
servislashtirish” deb ifodalanadi. 
Informasion revolyusiya odamlar hayotida kompyuter texnikasi aloqani 
avtomatlashtirilgan tizimlarini kirib kelishi bilan bog’liq. Informatizasiya jamiyat 
rivojlanishini ijtimoiy, texnologik, iqtisodiy-siyosiy va madaniy mexanizmlarini 
integrasiyalashtiradi. Shunday qilib, informasion xarakterdagi yangi madaniy va 
ijtimoiy – gumanitar talablar shakllanishiga imkoniyatlar yuzaga keladi. Yangi 
informasiyani paydo bo’lishi va tarqalishi bilan bog’liq barcha narsalar rivojlangan 
davlatlar va jahon xo’jaligi iqtisodida servis – informasion ishlab chiqarish 
segmentini tashkil etdi. 
Iqtisodni servislashtirish boshqaruv faoliyati, informasiya ishlab chiqarish 
oqimlari va umuman olganda xizmat ko’rsatish ishchilarini madaniyat darajasi va 
professional sifati kabi sohalarni faol ravishda investisiyalash bilan bog’liq. Bu 
jarayon ilmiy-texnikaviy progress sur’atlarini o’sishi, iqtisodiy faoliyat doirasida 
foydani oshishi, xizmat ishlab chiqaruvchilarni kredit resurslariga bo’lgan talabini 
oshishi va umuman olganda, raqobatni chuqurlashishi bilan belgilanadi.
XX asrni oxirida rivojlangan davlatlarda xizmat sektorini ikkilamchi, sanoatga 
bo’ysingan va unga bog’liq degan tasavvurlar yengib o’tila boshlandi. Asr oxiriga 
25


borib G’arbiy Evropa, Yaponiya davlatlarida bank, moliya, informasion boshqaruv va 
kompyuter ishlab chiqarish xizmatlari milliy va regional rivojlanishni yetakchi 
elementlari sifatida belgilandi. 
Postindustrial iqtisodni farqli xususiyati nomoddiy mahsulot – xizmatlar 
ulushini, yakka buyurtmalar bo’yicha mahsulot ishlab chiqarilishini oshishidir. 
Ertangi kun jamiyatida xizmatlar va informasiyalar ishlab chiqarish tovar ishlab 
chiqarishdan ustun turishi olimlar tomonidan ta’kidlanmoqda. Bunday turdagi 
jarayonlarda bilim, ma’naviy boyliklar, umuman olganda informasiya ishlab 
chiqarish yetakchi ahamiyatga ega. Hozirgi kunda bunday ishlab chiqarish 
jarayonlarida buyurtmani talabga muvofiq bajarilishi haqidagi boshlang’ich 
ma’lumotlarni beruvchi hisoblanmish iste’molchilarni ishtirok etishi zarurligi oshib 
bormoqda. Aynan, o’zida ishlab chiqaruvchi va iste’molchini interaktiv munosabatini 
aks ettirgan ana shunday mahsulot yaqin kelajakdagi tovar – xizmatni eng farqli 
xususiyati hisoblanadi.
Yaratilayotgan mahsulot turlarini kengayishi, xizmat yoki tovarlarni yuqori 
foydaliligiga erishish ishlab chiqarishni oldingi maqsadini, ya’ni yuqori foydaga 
erishiщni saqlab turadi. Ammo, qanday bo’lmasin yuqori foyda olish tamoyili katta 
sarf harajatlar bilan kechishi sababli postindustrial jamiyat uchun juda xavfli 
hisoblanadi. Postindustrial jamiyatni vazifalari jamiyatni atrof-muhit bilan yaxshi 
munosabatlariga, odamlar aloqalari va o’zaro ta’sirlarida insonparvarlikni amal 
qilinishiga erishishga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Industrial rivojlanishni jiddiy qarama - qarshiliklari bilan insoniyat XX asrni 
oxirlarida yuzma-yuz to’qnash keldi. Rivojlangan davlatlar to’qnash kelgan muhim 
salbiy tendensiyalar quyidagilar hisoblanadi:
1.
Noqulay ekologik holat va qayta tiklanmaydigan tabiiy zahiralarni 
tugab borishi.
2.
Turli kontinetlarda, bita davlatda yashovchi fuqarolar o’rtasidagi 
ijtimoiy tengsizlikni kuchayib borishi. Hozirgacha hyech qaysi bir 
davlatni o’sib borayotgan ishsizlik, shunigdek, yuqori daromad 
26


oluvchi va kambag’al aholi o’rtasidagi ijtimoiy to’siqlarni yengib 
o’tishga imkoniyati yetarli emas.
3.
G’arbiy Evropa, AQSh va Kanada davlatlarida ro’y berayotgan keng 
deindustrializasiya jarayonlari. 
Bu davlatlarni qudratli transmilliy kompaniyalari uchun ma’lum vaqtdan 
boshlab o’z vatanlarida ommaviy ishlab chiqarishni rivojlantirish foydasiz bo’lib 
qolar ekan. Ular Osiyo, Lotin Amerikasini rivojlanayotgan davlatlariga 
standartlashtirilgan ommaviy talab tovarlarini ishlab chiqarishni bir qismini, ekologik 
zararli ishlab chiqarishni ko’chirishmoqda. Bunday qadam ularga o’z davlatlariga 
past tannarxli tayyor mahsulotni kiritish orqali ishlab chiqarish harajatlarini 
kamaytirish va yuqori foyda olish imkonini beradi. 
Rivojlangan davlatlarda fanga boy, yuqori aniqlik talab qiluvchi, unikal ishlab 
chiqarish (samolyotsozlik, aerokosmik mahsulotlar, kompyuterlar uchun 
mikrosxemalar va boshqalar), shunigdek, strategik, ijtimoiy va harbiy sabablar tufayli 
chetga chiqarilishi mumkin bo’lmagan ishlab chiqarishlar saqlab qolinmoqda.
4.
G’arb Davlatlarida informasion moliyaviy texnologiyalar va bank 
kapitali mavqyeini oshishi. 
80 yillar o’rtalaridan boshlab moliyaviy kapitalni moddiy rivojlanish va ishlab 
chiqarish quvvatlari ehtiyojlaridan ajralishi ro’y berdi, bu esa bank xizmat ko’rsatishi 
sektori – fond bozorini rivojlanishiga olib keldi. Dunyo iqtisodiy amaliyotida bir yilgi 
valyuta savdosi 400 trilion dollarni tashkil etadi, bu esa jahondagi tovar savdosidan 
80 marotaba yuqoridir. Demak, zamonaviy ijtimoiy rivojlanish real qiymat ishlab 
chiqarishsiz qo’shimcha foyda olish uchun sharoit yaratadi. Valyuta intervensiyalari 
odatda, bank mexanizmlari tizimlari bilan ta’minlanadi, natijada kapitalni 
materialsizlashtirish va ishlab chiqarishga bog’lanmasligi yuzaga keladi.
5.
Texnogenli sivilizasiyani rivojlanishi sari odamni ichki inqirozi ro’y 
beradi.
Zamonaviy hayot tarzi oila, alohida inson hayot faoliyati uchun noqulay 
sharoitlar yaratadi. Ko’pgina odamlar psixologik zo’riqishlarni qiyin yengib o’tadi, 
texnogen muhitga moslasha olmaydi. Odam umumiy ma’naviy qiyofasini yo’qota 
27


boshlaydi, ularda oila, bolalarga bo’lgan ehtiyoj yo’qola boradi. Bunday odamlar 
sonini oshib borishi jamiyatda jinoyatlar sonini o’sishiga, ruhiy kasallar shuningdek, 
aroqxo’rlar, giyoxvandlar, ishsiz, uy-joysiz shaxslarni paydo bo’lishiga olib keladi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling