Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami vositasida axloqiy sifatlarni shakllantirish usullari


Download 0.72 Mb.
bet13/27
Sana10.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1087105
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Elmurodov shahriyor 2 bob sa

2.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami vositasida axloqiy sifatlarni shakllantirish usullari


Jamiyat oldida alohida sog‘lom, o‘qimishli kishilarni voyaga yetkazishdek buyuk ishlar turadi. Ota-bobolarimiz bunday kishilarni tayyorlash uchun bola tug‘ilgandanoq, shu jamiyatni ulug‘ kishilari tarbiyasiga berishganlar. Hozirgi kunda ham bunday kishilarni tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. O‘z navbatida, bunday ulkan vazifalarni hal etish oila, bog‘cha oldiga yuksak talablarni qo‘yadi. Muammoni hal etish uchun maxsus adabiyotlar zarur. Bolalarning yosh xususiyati, qiziqishlarini hisobga olib, ilmiy-metodik jihatdan to‘g‘ri yaratilgan asarlargina bolalarning ongi va axloqiy madaniyatini rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsata oladi. Shu sababli bunday asarlar tarbiyaviy nuqtai nazardan alohida ahamiyatga egadir. Bolalarni axloqiy tarbiyalash uchun ularning sog‘ligi, qiziqishlarini e’tiborga olish zarur.
Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularni uch guruhga ajratish mumkin:
1. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar (3—7 yosh).
2. Kichik maktab yoshidagi bolalar (7-10-11yosh).
3. O‘rta va katta maktab yoshidagi bolalar (12—17 va undan yuqori).
Tajribalar ko‘rsatadiki bolalar butun hayoti faoliyati uchun zarur bo‘ladigan asosiy tushunchalarni 1 – 8 yoshlik davridayoq egallaydilar:
1 – 4 yoshida – 50%; 5 – 8 yoshida – 30%; 8 – 17 yoshida esa – 20%.
Tadqiqot jarayonida ana shunday muhim muammoni bir muncha bo‘lsada hal etishga harakat qildik.
Quyida hayvonot olami vositasida 3 – 7 yoshli bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘rgatiladigan hayvonot olamiga oid materiallar mazmunini tanlash prinsipi: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tarbiyasida asosan ota – onalar va tarbiyachilar katta rol uynaydi. Hali o‘qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan bexabar bo‘ladilar. Shunga qaramay, o‘zlarini qurshab olgan olam, atrof – muhitni tezroq bilib olishga, uni o‘rganishga intiladilar. Bolalarning ana shunday qiziqishlarini so‘ndirmaslik zarur. Buning uchun oilada ota-onalar, bog‘chalarda esa tarbiyachilar mahallalarda, mahalla faollari bolalarga yaqindan yordam berishlari, ya’ni ularga hikoya, ertak, badiiy asarlardan parchalarni o‘qib berishlari lozim. Bunday ertak, hikoyalar matnining hajmi qisqa, mazmuni sodda, o‘ta qiziqarli bo‘lishi talab etiladi. hikoya, ertaklar mazmuni bolalarning yosh xususiyatlariga mos kelmog‘i zarur. Shuningdek, kitoblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo‘lishi maqsadga muvofiq;
3 – 7 yoshli bolalar tinglaydigan asarlarning ko‘pchiligini ertak, hikoya, qo‘shiq, topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og‘zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, hozirgi zamon yozuvchilari yaratgan va yuqoridagi talablarga to‘la-to‘kis javob beradigan asarlar ham maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun juda qo‘l keladi. Ammo shu narsani ta’kidlab o‘tish kerakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotidagi muxim, ibratli voqea va hodisalarni badiiy timsol orqali bolalar nutqiga mos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim.
Masalan, shoir Anvar Obidjonning “Suhbat” she’rida g‘ozlar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ma’lumki, bolalar jonivorlar, xususan, qushlarga esini taniganidan boshlab qiziqadilar. Shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, bu she’r bola hayotida muhim rol uynaydi. Voqea juda oddiy va sodda. O‘zaro suhbatdan ma’lum bo‘ladiki, g‘ozlarning qorni och, ularni boqish kerak. Buni-shoir so‘z o‘yini vositasida quyidagicha ifoda etadi:



− G‘ozlar, bir so‘z deysizmi?
− Fa, g‘a-g‘a! _
− Totli suli yeysizmi?
− Ha, ha-ha!

− Nega patni silaysiz ?
−G‘oq, g‘oq-g‘oq.
−Mendan nima tilaysiz?
−Boq, boq, boq!



Bu xildagi she’rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, turmush ta’ssurotlarini to‘plab, ulardan xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
Bog‘cha yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan asarlar hayot haqida muayyan tasavvur berishi bilan birga katta zavq-shavq bag‘ishlaydi. Masalan, Valijon-Ahmadjon “Qo‘ziqorin” she’rida shunday yozadi:

Yomg‘irli kun o‘rmonda
Tug‘ildi qo‘ziqorin.

“Ho‘l bo‘lmasin boshim” deb
Tez kiyvoldi qalpog‘in.

Qarang qanday chiroyli o‘xshatish. Bu she’rni kichkintoylar bir zumdayoq yodlab oladilar. Shu oddiy qo‘ziqorin tasviri kichkintoylarda tabiatga nisbatan mexr-muhabbatni oshiradi.
Abdunabi Boyqo‘zievning “Qizimiz ta’nasi” deb nomlangan she’ri ham jajji kitobxonlarda katta taassurot qoldiradi:



Ayajon, vo-oy,
Ayajon, vi-iy,
Og‘riyapti tishim-iy,
Konfet yesang tishing og‘rir, deysizu,
Ketaverasiz qutichani qulflamay.



Bollarning uy hayvonlari bilan do‘stligi o‘zgacha bo‘ladi. Bog‘cha tarbiyachi va ota-onalar, aka-opalar tomonidan aytib berilgan she’rlarni ta’siri kuchli, tarbiyaviy ahamiyati juda katta.


Mushugim bor qoramosh,
O‘zi juda ham yuvvosh,
Erta bilan turadi,
Yuz – qo‘lini yuvadi.


Bu misrada mushukka qiziqish, uni boqish, ehtiyot qilish, erkalash, mehr va muhabbat bor.
Xulosa qilib aytganda, bu davr bolalari o‘zlari tinglagan she’r, hikoyalari yordamida asta-sekin atrof-muhit ayniqsa, hayvonot olami bilan tanishadilar, ona yurtga mexr-oqibatli bo‘lishni, tabiatni sevish va asrashni o‘rganadilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ota-ona, buvi-bobolaridan juda ko‘p alla, ertak, maqol, topishmoqlarni eshitadilar. Bu janrlar kichkintoylar kamolotida katta tarbiyaviy o‘rin tutadi.
Adabiyot halq badiiy kamoloti va ma’naviy boyligining bitmas–tuganmas xazinasidir. Xalq og‘zaki ijodi uning turmush tajribalari asosida yuzaga kelgan bo‘lib, tabiat, atrof–muhit bilan chambarchas bog‘langan. Xalq donishmandlari shu jarayonning turli o‘ziga xos shart-sharoitlariga muvofiq ravishda bolalar uchun ham ajoyib ertaklar, qo‘shiklar, topishmoqlar, maqollar yaratganlar. Xalq og‘zaki poetik ijodidagi obrazlarning yorqinligi, so‘z ma’nolarining aniqligi, matnning ohangdorligi, musiqiyligi kabi xususiyatlar bola ruhiga orom, xuzur bag‘ishlaydi, uni o‘ziga mahliyo etadi.
Pedagogik tajriba shuni ko‘rsatadiki, kichik va o‘rta yoshdagi bolalar qahramonlik dostonlarini shavq-zavq bilan tinglashadi, ertak, qo‘shiq va topishmoqlarga g‘oyat qiziqishadi.
Xalq og‘zaki poetik ijodida yaxshilik yomonlik ustidan, to‘g‘rilik egrilik ustidan g‘alaba qiladi, mehnatkash xalqning intilishlari, turli orzu-istaklari haqqoniy va favqulodda qiziqarli ravishda hikoya qilinadi.
Xalq og‘zaki ijodida aholining urf-odati, tabiat va jamiyat hodisalariga bo‘lgan munosabati, baxtli hayot haqidagi ezgu tilak va orzulari, qayg‘u va shodlik hislari, ularning qaxramonlik, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ulari, dushmanga nisbatan g‘azab va nafrat, haqiqat, adolat, baxt haqidagi o‘y va tushunchalari aks ettiriladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling