Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Maqollar vositasida bog‘cha bolalarida axloqiy sifatlarni shakllantirish


Download 0.72 Mb.
bet15/27
Sana10.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1087105
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
Elmurodov shahriyor 2 bob sa

Maqollar vositasida bog‘cha bolalarida axloqiy sifatlarni shakllantirish
Bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda xalq og‘zaki ijodiga oid maqollar yetakchi o‘rinda turadi.
Xalq yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur va tugal ma’noli gaplar maqol deb yuritiladi. Maqol xalqning, bir necha avlodlarning aqlu farosati hamda turmush tajribasi, donishmandligi mahsulidir. Maqollarda hayotning achchiq-chuchugini tatib ko‘rgan, turmushdagi hodisalarga aql ko‘zi bilan qaraydigan, sof vijdonli, olijanob, dono, mehnatkash kishining biror voqea-hodisadan, biror kishidan yoki biror iщdan chiqargan umumlashma xulosasi bayon qilinadi. Bu xulosa hayotda xammaga yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maqollarda xalqning aql-idroki, ijtimoiy-tarixiy tajribasi, kurashi hamda mehnatining badiiy ifodasi sifatida yaratiladi.
Maqollar ma’nosining teranligi, ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq og‘zaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi. Ularda xalqning orzu-umidlari, o‘zaro munosabatlari, vatanparvarlik, insonparvarlik xislatlari, o‘y-fikrlari o‘ziga xos shaklda aks etadi. Shu sababdan, ular bolalarni tug‘ri, mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va lo‘nda bayon etishga o‘rgatadi, ularning badiiy didini oshiradi, tarixiy hodisalarning mohiyatini yaxshiroq, chuqurroq payqab olishga yordam beradi. Bundan tashqari, maqollar ona tilining eng nozik badiiy xususiyatlarini bilishga va so‘z boyligini ham oshirishga ko‘maklashuvchi vosita sifatida xizmat qiladi.
Shuning uchun ham so‘z san’atkorlari, jumladan, bolalar yozuvchilari xalq og‘zaki ijodiga, ayniqsa, maqollarga ko‘proq murojaat etganlar va ulardan unumli foydalanganlar.
Maqollar mavzu jihatidan boy, xilma-xil va rang-barangdir. Ularda ona-Vatanni sevish, uni tashqi va ichki dushmanlardan ko‘z qorachig‘idek saqlash, unga sadoqat g‘oyalari juda ixcham, oxangdor shaklda, obrazli ifodalarda gavdalantirilgandir:



Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni sevar.

Ona yurting omon bo‘lsa,
Rangi ro‘ying somon bo‘lmas.



Do‘stlik, birodarlik, dushmanga nafrat, ahillik va birdamlik g‘oyalari ham maqollarning asosiy mag‘zini tashkil etadi:
Ko‘kka boqma, ko‘pga boq!
Do‘st so‘zini tashlama,
Tashlab boshing qashlama.
Maqollarda mehnat insonning ko‘rki, ziynati sifatida ifoda etiladi; Shuningdek, hamkorlikda, kengashib qilingan mehnat barakali bo‘lishi alohida ta’kidlanadi:
Daryo suvini bahor toshirar,
Odam qadrini mehnat oshirar.
Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam
Odam mehnati bilan ko‘rkam.


Ko‘pgina maqollarda yoshlarni ilm-hunarli bo‘lishga chaqiriladi:

Bilagi zo‘r birni yiqar,
Bilimi zo‘r mingni yikar.

Ilm-aql chirog‘i.
Olim bo‘lsang, olam seniki.



Xalq maqollarida yaxshilik, halollik, to‘g‘rilik hamda rostgo‘ylik ulug‘lanib, yomonlik, yolg‘onchilik va qalloblik qoralanadi:


To‘g‘ri bo‘lsang, o‘sib borib gul bo‘larsan
Egri bo‘lsang, o‘sib borib kul bo‘larsan.


Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga,
Yomon bilan yursang, qolarsan uyatga.


Yaxshidan ot qolar,
Yomondan dod qolar.


Axloq-odob haqidagi maqollarda ham ta’lim-tarbiyaviy g‘oya ilgari suriladi:



Bolani yoshdan asra,
Niholni boshdan asra!

Rahmat olgan omondir,
La’nat olgan yomondir



Bola aziz, odobi undan aziz.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling