Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Topishmoqlar vositasida bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish


Download 0.72 Mb.
bet16/27
Sana10.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1087105
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
Elmurodov shahriyor 2 bob sa

Topishmoqlar vositasida bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish
Topishmoq ham xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi va boy janrlaridan. Topishmoqlar, odatda xalqning urf-odatlari, ruhiyati hamda axloqiy-estetik qarashlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi. Topishmoqda narsaning bir necha xil belgilari yashirin, sirli holda beriladi. Har bir topishmoqning zamirida topilishi lozim bo‘lgan bir ma’no va “kim?”, “nima?” so‘roqlarida yashiringan javob yotadi. Odamlar shu so‘roqlarga qarab topishmoqda yashiringan narsani topishga harakat qiladilar. Ayniqsa, bolalar topishmoqdagi jumboqni bilishga, uni topishga juda qiziqadilar.
Topishmoqlar mavzui tabiat va kundalik hayotda uchrab turadigan aniq hodisa va narsalardan iborat bo‘ladi. Odatda, topilishi lozim bo‘lgan narsa yoki hodisaning biror belgisi taqqoslash yo‘li bilan obrazli ifodalanadi. Masalan:
“Er tagida oltin qoziq, u hammaga bo‘lur oziq” (Sabzi). Bu topishmoqda sabzining tus jihatidan oltin rangiga yakinligi, shaklan qoziqqa o‘xshashligi, tuproq ostida bitishi va tanovul qilish mumkinligi eslatilali.
“Pak-pakana bo‘yi bor, yetti qavat to‘ni bor” topishmog‘idagi belgilar piyozni aniq ko‘rsatib turadi.
“Dum-dumaloq jajji oy, chaqib yesang g‘ij-g‘ij moy” topishmog‘idagi belgilar uning yongoq ekanligiga ishoradir.
Ba’zi topishmoqlar narsaning bajaradigan vazifasiga, harakatiga, uning nimadan yoki qanday ishlanganligiga qarab, shu xususiyatlar asosida yaratilishi mumkin.
“Qo‘li, yo‘q, oyog‘i yo‘q. uy poylar” (Qulf).
Topishmoqlar ko‘proq istiora asosiga qurilgan-bo‘lishi mumkin: “Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi”
(Kuyosh, oy, yulduzlar).
Mubolag‘a yo‘li bilan yaratilgan topishmoqlar ham anchagina.
“Bir chuqurda ming chuqur” (Angishvona);
“O‘zi bir qarich soqoli ming qarich” (Ip-igna);
Ba’zi topishmoqlar so‘zlarning ohangdosh bo‘lib kelishiga asoslanadi:
“Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar, doston o‘qir, g‘alvir to‘qir” (Ari);
“Osti tosh, usti tosh, o‘rtasida jonli bosh. (Toshbaka).
Topishmoqlar xalqning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiy rivojlanishi bilan o‘zgarib boradi, yangi-yangi ma’no va mazmun ifoda etadi.
Bolalarning fikr doirasini kengaytirishda, aql-idroklarini rivojlantirishda, kuzatuvchanlik xislarini, nafosat tuyg‘ularini o‘stirishda topishmoqlar muxim rol o‘ynaydi.
Topishmoqlarda xalq donishmandligi aks etadi. Ular o‘ziga xos mazmuni va ifoda shakli bilan bolalarni ziyraklikka, kuzatuvchanlikka o‘rgatadi, ularning fikrlash qobiliyatlarini ustiradi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling