Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Tez aytish vositasida bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish


Download 0.72 Mb.
bet17/27
Sana10.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1087105
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
Elmurodov shahriyor 2 bob sa

Tez aytish vositasida bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish
Tez aytish ham xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos janri hisoblanadi. U bolalarda aqliy o‘tkirlikni tarbiyalaydi. Masalan:
“O‘ktam ko‘m-ko‘k, ko‘rkam ko‘klam rasmini ko‘p ko‘k qalamda chizmoqchi”,
“Zanjir, sarjin, anjir”,
“Oq o‘tloq— oppoq o‘tloq”,
“Jo‘ja cho‘chib go‘ja cho‘qir”.
Xalq og‘gzaki ijodida alliteratsiya hamda muayyan tovushlar takrori asosiga qurilgan tez aytish namunalari she’riy shaklda ham yaratiladi:

Sora allalaydi,
Lola arralaydi.

Non yasashasanmi,
Sholi sanashasanmi?


Bolalarni biyron so‘zlashga o‘rgatib, ularga estetik zavq beradigan, fikr va qobiliyatlarini ustiradigan, xotiralarini mustahkamlaydigan bunday o‘yinlarning kichkintoylar hayotidagi roli va o‘rni katta.

2.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarni shakllantirishni tashkil etishning metod va vositalari


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda hayvonot olamidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bunda ta’limning turli shakl, metod va vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur o‘rinda mashg‘ulotlarning rang-barang hamda qiziqarli tashkil etilishi maktabgacha yoshdagi bolalarda hayvonot olami mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarni o‘rganishga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tarbiyani shakllantirish jarayonida hayvonot olamidan foydalanishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning uzluksiz, izchil, tizimli hamda maqsadga muvofiq ravishda tashkil etilishi ham tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlar jarayonida faol ishtirok etishlarini ta’minlaydi.
Muammoning nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilishini tahlil etish, shuningdek, muammo doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining natijalariga asoslangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy sifatlarini shakllantirishni tashkil etish jarayonida quyidagi shakl, metod va vositalar yordamida hayvonot olami o‘rganishga oid materiallar va ularda ilgari surilgan g‘oyalardan samarali foydalanish mumkin:
1. Tarkibiy va g‘oyaviy jihatiga ko‘ra turlicha bo‘lgan ta’limiy mashg‘ulotlar (ushbu mashg‘ulotlar maxsus ravishda ishlab chiqilgan ta’limiy dasturlar asosida tashkil etilib, ularning tashkil etilish jarayonida maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan bolalarning barchasi ishtirok etadilar). Ta’limiy mashg‘ulotlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) maxsus ssenariy asosida tashkil etiluvchi harakatli o‘yin mashg‘ulotlari;
b) qiziqarli musobaqalar mazmuniga ega bo‘lgan mashg‘ulotlar;
v) savol-javob asosida tashkil etiluvchi mashg‘ulotlar;
g) aytishuvga oid mashg‘ulotlar;
d) topishmoqqa bag‘ishlangan mashg‘ulotlar;
ye) ertak aytishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar;
j) hikoya va rivoyatga oid mashg‘ulotlar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining yangi mazmuni ayni vaqtda to‘la shakllantirilmaganligini inobatga olgan holda mazkur muassasalarda tashkil etilishi ijobiy natijalarni bera olish imkoniyatiga ega bo‘lgan quyidagi noan’anaviy ta’limiy mashg‘ulotlar turlarini tavsiya etishni maqsadga muvofiq deb topdik:
a) sahnalashtirilgan mashg‘ulotlar;
b) maxsus inssenirovka asosida tashkil etiluvchi mashg‘ulotlar;
v) jonli harakat yordamida uyushtiriluvchi mashg‘ulotlar;
g) musiqali dramatik mashg‘ulotlar;
d) zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida tashkil etiluvchi interfaol mashg‘ulotlar;
ye) eko-bingo o‘yini;
j) semantik xususiyatlar taxlili;
z) harakatli o‘yin mashg‘ulotlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasini tashkil etish jarayonida xayvonot olamidan foydalanish quyidagi shartlarga ko‘ra amalga oshiriladi:
a) mashg‘ulotlarni tashkil etishda maqsadni aniq belgilash (aniq maqsad asosida mashg‘ulotlarning tashkil etilishi o‘z navbatida vazifalarning to‘g‘ri belgilanishi, mashg‘ulot jarayonining umumiy holatini oldindan bashoratlay olish natijalarning taxminiy bo‘lsada, belgilab olinishi uchun sharoit yaratadi);
b) mashg‘ulotlarni aniq reja yoki loyiha asosida tashkil etish (ushbu holat aniq maqsad negizida xususiy maqsadlarni aniqlash, mashg‘ulot jarayonining umumiy davri hamda bosqichlarida amalga oshirilishi talab etiluvchi vazifalarning mavjud vaziyatga muvofiqligini nazorat qilib borish, mashg‘ulot jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish, har bir bosqichning yagona tizim mazmuniga muvofiq kelishiga erishish borasida imkoniyat yaratadi);
v) mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqishda tarbiyalanuvchilarnish xohish-istaklari, qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olish (nazarda tutilayotgan holat Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini mashg‘ulotlarga jalb etish, ularning mashg‘ulotlar jarayonida faollik ko‘rsatishlariga erishishni kafolatlaydi);
g) mashg‘ulotlar jarayonida har bir tarbiyalanuvchiga nisbatan ularning psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olish asosida individual yondashish (qayd etilgan holat tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlar jarayonida ruhan va jismonan toliqib qolishlarining oldini oladi, har bir tarbiyalanuvchiga uning ichki imkoniyatlariga mos keluvchi topshiriqlarni berilishini ta’minlaydi);
d) mashg‘ulot jarayonida tarbiyalanuvchilar shaxsining hurmat qilinishi, har qanday ko‘rinishdagi faolliklarini rag‘batlantirilib borilishiga erishish (mazkur o‘rinda rag‘batlantirish usullari sifatida ma’naviy rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Zero, maktabgacha tarbiya yoshidan bolalarining psixologik xususiyatiga ko‘ra ular o‘zlarining eng oddiy xatti-harakatlariga nisbatan ham atrofdagilar e’tibor berishlarini, qo‘llab-quvvatlashlarini istaydilar. Atrofdagilar tomonidan bolalarning juda oddiy darajada bo‘lsa-da, dinamik xususiyatga ega xatti-harakatlarining “Sen o‘ta aqillisan”, “Buni uddalay olasan, men shunday qilasan deb o‘ylagandim, yanglishmagan ekanman”, “Juda soz”, “Barakalla” “Berilgan topshiriqni sifatli qilib bajarishingga ishonaman”, “Juda sifatli bajaribsan” kabi olqishlar yordamida rag‘batlantirilib borishi ularning mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Bolada tarbiyachi tomonidan berilayotgan topshiriqni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishiga nisbatan mas’uliyatli yondashuvni qaror toptiradi, shuningdek talab etilayotgan qoidalarga qat’iy amal qilish ko‘nikmalari shakllanadi).
d) mashg‘ulotlar jarayonining oddiydan murakkabga rivojlantirib borishga erishish (oddiydan murakkabiga, quyidan yuqoriga qarab harakatlanish tamoyili maktabgacha yoshdagi bolalarning tarbiyasini tashkil etish, mazkur jarayonda hayvonot olamidan foydalanish jarayonida tarbiyalanuvchilarning toliqib qolishlarining oldini olish, dastlabki mashg‘ulotlarga o‘rganilgan bilimlarni yanada mustahkamlanishi uchun imkoniyat yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi).
2. Axloqiy tarbiya yo‘nalishidagi to‘garaklar (to‘garaklar asosida yo‘lga qo‘yiluvchi mashg‘ulotlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan; bu ularning faoliyati jarayoniga Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ixtiyoriy ravishda, qiziqish hamda xohish-istaklariga ko‘ra jalb etilishi hisoblanadi. To‘garaklarning samarali faoliyat yuritishining bosh omili ham, bizning nazarimizda, ularning ana shu xususiyati bilan bog‘liq. Darhaqiqat, hech qanday majburlovlarsiz bolalarning turli to‘garak mashg‘ulotlariga jalb etilishlari ularda hayvonot olami va ularning mazmunida aks etgan g‘oyalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish darajasining pasaymasligi, aksincha, ortib borishiga zamin yaratadi). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan axloqiy ta’lim mohiyatini o‘rganilishiga imkon beruvchi to‘garaklar ham turli yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. Xususan:
1. Baliqchilik to‘garagi;
a) Qushlar bizning do‘stimiz;
2. Hayvonot olamini o‘rganish;
a) tasviriy san’at to‘garagi;
b) jonli burchak to‘garagi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining xohish-istaklari, qiziqish va ehtiyojlariga muvofiq to‘garaklarning tashkil etilishi asosida ularda axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi dastlabki ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi. Biroq, turli yo‘nalish va mavzularda tashkil etilgan to‘garaklarning samarali faoliyat yuritishi o‘z navbatida bir qator omillarning ustuvorligiga bog‘liq. Chunonchi:
a) to‘garak rahbarligini olib borish ishiga mutaxassislik bilimlarini chuqur o‘zlashtirgan, kasbiy mahorat, shuningdek yo‘nalish sifatida tanlanayotgan faoliyat turi va uning o‘ziga xos xususiyatlari borasida yetarli darajada nazariy ma’lumot va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarning jalb etilganligi;
b) to‘garak faoliyatini doimiy ravishda, izchil yuritilishiga erishish, uning faoliyatini ota-onalar, mahalla hamda homiy tashkilotlar tomonidan ajratilayotgan moddiy mablag‘lar evaziga qo‘llab- quvkatlanishiga erishish;
v) to‘garak mashg‘ulotlarining interfaol usullar yordamida tashkil qilish, bu borada bir xillik yoki standart talablar doirasida ish olib borish an’anasini inkor etishga erishish;
g) to‘garak mashg‘ulotlarini olib borishda samaradorlikka erishgan rahbarlar faoliyatining rag‘batlantirilib borilishiga alohida e’tibor qaratish;
d) Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgai to‘garaklar bilan mahalla hududida joylashgan markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
To‘garaklarda turli xil qog‘oz, karton va materiallarning qoldiqlari, bo‘sh go‘gurt qutichalari, shuningdek ro‘zg‘orda foydalanilmayotgan buyumlar, ikkilamchi mahsulotlardai o‘yinchoq, qo‘g‘irchoq, uy-ro‘zg‘or ishlarida foydalanish mumkin bo‘lgan buyumlarning tayyorlanishiga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq. Ushbu holat tarbiyalanuvchilarda moddiy xom-ashyolardan tejab-tergab foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, ozodalik, tadbirkorlik hamda zukkolik xislatlarini tarbiyalash bilan birga ular tomonidan axloqiy va iqtisodiy bilimlarning eng oddiy asoslarini o‘zlashtirilishi uchun zamin hozirlanadi.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, turli yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi to‘garaklarga axloqiy faoliyatning mazkur yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarning jalb etilishi maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanish borasida muayyan yutuqlarga erishishni kafolatlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axloqiy g‘oyalarini o‘zida ifoda etgan jonli burchak, baliqchilik, qushlar bizning do‘stimiz kabi yo‘nalishlarda to‘garaklarning tashkil etilishi bolalarda tabiat, atrof-muhit, hayvonat olamiga nisbatan hurmat hissini tarbiyalash bilan birga ularda sabr-qanotlilik, zukkolik, topqirlik, tadbirkorlik, vaziyatga to‘g‘ri baho bera olish, shaxsiy imkoniyatlarni to‘g‘ri baholash, o‘rtoqlariga yordam berish kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shuningdek tarbiyachilarda tabiatga muhabbat hissi qaror topib, ularning estetik didlari o‘sadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axloqiy g‘oyalarini o‘zida ifoda etgan hayvonat olamidan foydalanishda quyidagi maqsadlarni ham amalga oshish zarur: hayvonat olamining mazmunida ifoda etilgan g‘oyalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, ularda muayyan tabiatga nisbatan ko‘nikma va malakalarni hosil bo‘lishiga erishish;
maktabgacha yoshdagi bolalarda hayvonat olami vositasida axloqiy tarbiyani to‘g‘ri tashkil eta olish, vaziyatni to‘g‘ri baholash, o‘z faoliyatini nazorat qilib borish, aniq maqsad yo‘lida harakat qilish, maqsadni amalga oshishi borasida qat’iylik ko‘rsatish, chidamli, sabr-qanoatli bo‘lish, tabiatni e’zozlash yo‘lida kurashish mas’uliyatni his etish, belgilangan tartibga qat’iy rioya qilish kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalash;
maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarda muayyan axloqiy faoliyati natijasidan qoniqish hissini qaror toptirish;
maktabgacha yoshidagi bolalarda estetik didni hosil bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
To‘garak mashg‘ulotlari jarayonida tarbiyalanuvchilarning hayvonat olami bilan tanishtirish, bolalarga ularning vazifalari xususidagi bilimlarni berish oila sharoitida oddiy uy hayvonlarini boqishda ota-onaladiga ko‘maklashishlariga yordam beradi. Uy hayvonlarini boqish bolalarda tabiatni sevish ruhida tarbiyalaydi. O‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonch takomillasha borib, e’tiqodga aylanadi. Garchi ushbu jarayon uzoq muddatli sanalsa-da, biroq tarbiyalanuvchilarda mazkur xislatning tarbiyalanishi axborot ko‘lamining kengligi, mafkuraviy kurash keskinlashayotgan bir sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, yoshlikdan hosil qilingan odat va ko‘nikmalarning qayta shakllanishi juda qiyin kechadi. Shu bois axloqiy tarbiya negizida turli yo‘nalishdagi to‘garaklarning Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilishiga ota-onalar, mahalla keng jamoatchilikning jalb etilishi, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan muammolarning oldini olish sari qo‘yilgan qadamlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.

  1. Tabiat, atrof-muhit, hayvonot olami bilan tanishish maqsadida tashkil etiluvchi sayohatlar.

Sayohatlar maktabgacha yoshdagi bolalarining tabiat bilan muloqotda bo‘lish, uning sirlari bilan tanishishlariga imkon yaratadi. Buning natijasida tarbiyalanuvchilarda axloqiy tarbiya elementlari hosil bo‘ladi.
Sayohatlarning maqsadga muvofiq va aniq reja asosida uyushtirilishi pedagogik faoliyatning samarali kechishiga olib keladi.
Sayohatlarning muayyan davrlar, atrof-muhit go‘zalligi mohiyati xususidagi nazariy bilimlar berilgach, mustahkamlovchi tadbir sifatida tashkil etilsa yaxshi natija beradi.
Sayohatlarni tashkil etish jarayonida bolalarda hayvonat olami mazmunida ifoda etilgan g‘oyalar xususida ma’lum tushunchalarning shakllanishiga tarbiyachilar alohida e’tibor qaratishlari lozim. Zero, nazariy bilimlarning amaliyotdagi in’ikosi va ushbu holatning bolalar tomonidan his etilishi ular tomonidan o‘zlashtirilgan tushunchalarning mustahkam bo‘lishiga yordam beradi. masalan, fasllarga qarab quyon, gullarning rangi o‘zgarishi.
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari tomonidan hayvonat olami asosida axloqiy tarbiyani shakllanganlik darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi bellashuvlar.
Yosh, psixologik hamda fiziologik xususiyatlariga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar serg‘ayrat, faol, qiziquvchan bo‘ladilar. Ana shunday xislatlarga egalik ularni turli xil sarguzashtlarga qatnashishga undaydi. Shu bois maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasida hayvonat olamidan foydalanishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni tashkil etish jarayonida turli bellashuvlardan foydalanish foydadan xoli bo‘lmaydi. Zero, bunday harakat mazkur davr yoshi bolalari ega bo‘lgan kuch, g‘ayrat, shijoat, faollik ham bola uchun, ham foydali bo‘lgan maqsadga yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Bellashuv (oq terakmi ko‘k terak, bolam qoch tulki kelyapti) larning tashkil etilishi, o‘z navbatida, bolalarning jamoa asosida faoliyat yuritish, o‘zaro yordamni tashkil etish, vaziyatni to‘g‘ri baholay olish, o‘z xatti-harakatlarini tanqidiy baholash imkoniyatiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashadi.
5. O‘z mazmunida axloq g‘oyalarini ifoda etuvchi o‘yinlar. Makgabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasini tashkil etish jarayonida mohiyatiga ko‘ra harakatli, didaktik va mavsumiy o‘yinlarni to‘g‘ri baholay olish, o‘z imkoniyatlarini tanqidiy baholash, mag‘lubiyatni mardona tan olish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni kura olish va ularni bartaraf etish choralarini izlab topish kabi xislatlarni tarkib toptiradi.
a) Harakatli o‘yinlar bolalarni yugirish, yurish, sakrash va tirmashib chiqish singari faoliyatlarini tashkil etishga undaydi. Harakatli o‘yinlar bollarda sezgirlik, chaqqonlik, jamoa manfaatlari yo‘lida harakat qilish, o‘zaro yordam, sabr-qanoatli bo‘lish, vaziyatlarni to‘g‘ri baholay olish, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash, mag‘lubiyatni mardona tan olish, atrof-muhitga nisbatan yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘ra olish va ularni bartaraf etish choralarini izlab topish kabi xislatlarni tarkib toptiradi.
b) Didaktik o‘yinlar esa ta’limiy xarakterga ega bo‘lib, maktabgacha yoshdagi bolalarni fikrlash, sezgirlik va topqirlikka o‘rgatadi. Mashg‘ulotlar jarayonida bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Didaktik o‘yin aniq maqsadni ifoda etib, bolalarni uning natijalanishi yo‘lida faoliyat olib borishga undaydi. Axloqiy g‘oyalarni ifoda etuvchi didaktik o‘yinlar bolalarda, iymon va e’tiqodli, tirishqoqliq ziyraklik, topqirlik, mustaqil fikrlash, dastlabki mantiqiy xulosalar chiqara olish, shuningdek maqsadni natijalash yo‘lida sabr-toqatli bo‘lish kabi xislatlarni tarbiyalaydi.
v) Yil fasllariga moslab tashkil etiladigan o‘yinlar o‘z mohiyatiga ko‘ra yilning ma’lum davrlarida tashkil etilib, ana shu davr xususiyatlarini namoyon etadi. Mavsumiy o‘yinlarning aksariyati tabiat, atrof-muhit, hayvonot olami bilan inson o‘rtasidagi munosabat, shuningdek chorvachilik ishlarini tashkil etishga yo‘naltirilgan faoliyat mazmunini yoritishga xizmat qiladi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling