Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Hayvonot olami vositasida bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish usullari


Download 0.72 Mb.
bet14/27
Sana10.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1087105
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
Elmurodov shahriyor 2 bob sa

Hayvonot olami vositasida bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish usullari:
Bolalarda atrof-muhit, tabiat olam haqida tasavvurlarni quyidagi usullarda shakllantirish mumkin: qo‘shiq, aytishuv, maqollar, topishmoqlar, tez aytish, ertaklar; quyida shular haqida fikr yuritiladi.
Qo‘shiqlar
Bola tarbiyasida qo‘shiqning ahamiyati juda katta. Qo‘shiq lirikaning eng qadimgi shakllaridan biri bo‘lib, kuylashga mo‘ljallangan bir necha bandli she’rdan iborat. Qo‘shiqlar kuy-ohang bilan aytiladi. Ba’zan qo‘shiq o‘yin bilan birga ijro etiladi. Demak, qo‘shiq. uchun she’r va kuy kerak. Qo‘shiq. xalq og‘zaki ijodining eng ko‘p tarqalgan va ommalashib ketgan janrlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, alla qo‘shig‘i yetakchi o‘rinda turadi.

Dilimdagi himmatim, alla,
Og‘zimdagi novvotim, alla.
Daryo suvga to‘layotir, alla,
O‘g‘lim menga kulayotir, alla.
O‘g‘lim menga qarab kulsa, alla,
Ko‘nglim nurga to‘layotir, alla.



Ovintirish - allani onalar, buvilar, xatto bobolar xam aytishadi. Alla asta-sekin ommaviy qo‘shiqda aylanadi. Qo‘shiqdar uzoq yillar davomida pishib boradi. Aytaylik, chaqaloqni birinchi bor beshikka solayotganda aytiladigan beshik qo‘shig‘ida, avvalo beshikka ta’rif-tavsif beriladi. Aslida beshik yog‘och-taxta. Paxta, tushak, par yostiq va matolar bilan burkangan-da u yumshoq, har qanday murg‘akka xuzurbaxsh oromgohga aylanadi. Bu hodisalar beshik qo‘shig‘ida chiroyli ifodalanadi:
Beshik
Beshigi taxta Kuchugi qoch.
Orkasi paxta. Ichida yotganni
Egasi keldi, Baxrini och.


Shu zaylda beshik qo‘shiqlari bola kamolotida o‘ziga xos tarbiya rolini o‘taydi. Kichkintoylar ota-onalaridan, bobo-momolaridan chiroyli, ta’sirli alla, qo‘shiqlar tinglab tillari biyron, o‘ktam, ziyrak bo‘lib ulg‘ayar ekanlar, endilikda o‘zlari ham hayot yo‘llarida qo‘shiq., she’r to‘qishga harakat qiladilar. Bunday qo‘shiqlarning oliy namunasi sifatida “Chittigul” turkumini tilga olish mumkin. “Chittigul”da mavzu nihoyatda rango-rang va juda jozibali. Chunonchi:
Chittigul
Oq sholiga kuk sholi, Yaxshi kunga saqlaylik,
Oq, sholini oqlaylik, Xayu, chittigul,
Ko‘k sholini ko‘klaylik Xayu, chittigul, —


singari misralariga nazar solsak, bu qo‘shiqda asosan g‘alla-sholi to‘g‘risida gap ketadi. Sholining turi, rangini eslatish orqali hosil mo‘l bo‘lganligini; uni pala-partish nobud qilmasdan, ehtiyotlab, tejamkorlik bilan sarflash darkorligi bolalar tilidan chiroyli tasvirlangan. Qarang bugungi kunda tejamkorlik, iqtisod haqida bolalarga ko‘p gapiramiz.
Yuqoridagi qo‘shiqlardan ayon bo‘lishicha, ota-bobolarimiz azaldan har bir narsani tejab-tergab ishlatishni o‘z farzandlariga o‘rgatib kelishgan.
Aytishuv
Bolalarning aytishuv – “Oq terakmi, ko‘k terak” qo‘shiqlari ham qadimdan yashab keladi. Bu qo‘shiqda ko‘pincha o‘ziga xos obro‘-e’tiborga muyassar bo‘lgan bolalar tilga olinadi. Ularning ibratomuz jihatlari bolalar o‘rtasida ta’kidlanishi qo‘shiqning yanada jozibali chiqishini ta’minlaydi. Ayniqsa, bu aytishuv qo‘shig‘i bugungi kun, hozirgi zamon bolalari to‘g‘risida bo‘lsa, uning ta’sir kuchli bo‘ladi.
Bunday aytishuv qo‘shiqlari bolalarni zukko, mehnatsevar, odob-axlokli, o‘qimishli bo‘lib kamol topishga da’vat etaveradi. Ana shunday qo‘shiqlar ta’sirida o‘sgan bola sog‘lom fikrli, elsevar bo‘lishiga shubha yo‘q.
Qo‘shiqlar bolalardagi nafosat olamini, badiiy didini o‘stirishga, ularning hayot va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik, do‘stlik, qaxramonlik, insonparvarlik kabi olijanob fazilatlar ruhida tarbiyalashga yordam beradi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling