Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги
Bog‘cha bolalarini ongiga quyidagilarni shakllantirish zarur
Download 0.72 Mb.
|
Elmurodov shahriyor 2 bob sa
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB BO‘YICHA XULOSALAR
Bog‘cha bolalarini ongiga quyidagilarni shakllantirish zarur:
— qushlarga ham mehribon bo‘ling, ularning uyalarini buzmang, tuxumlariga tegmang! Bolalarini olib nobud qilmang, parrandalar ekin-tikinga zarar keltiruvchi ko‘plab hasharotlarni yeb, urug‘ini quritadi. — qushlarga in yasab daraxtlarga o‘rgating, uyda qushlarga in yasashni o‘rganing. Qushlarga, hayvonlarga mehribon bo‘lgan odamning qalbi yumshoq, mehru-shafqatli, ms’hnatkash bo‘ladi. Bunday odamning el-yurtida hurmati bo‘ladi. — tabiatni asrang. U sizni boqadi, ko‘nglingizni ko‘taradi, ona kabi sevadi. Shuning uchun Ona-tabiat deyiladi. I BOB BO‘YICHA XULOSALAR Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanish muammosining nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilishi natijasida quyidagi xulosalarga keldik: 1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning yo‘lga qo‘yilishi bu borada mavjud bo‘lgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishni taqozo etadi. Ana shu maqsadda tadqiqot jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanish borasidagi muammolar aniklandi, shuningdek ularni bartaraf etish yo‘llari ishlab chiqildi. 2. Muammoning nazariy doirasida olib borilgan tadqiqot jarayonida muammoga oid bir qator tadqiqot ishlari olib borilganligini aniqlandi. Tadqiqotchilar o‘z tadqiqotlarida ijtimoiy tarbiyaning ma’lum yo‘nalishlariii tashkil etish jarayonida milliy qadriyatlar, shuningdek xalq an’analarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish muammosini tadqiq etgan bo‘lsalar, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida mehnat tarbiyasini tashkil etish, ushbu jarayonda axloqiy sifatning imkoniyati va ta’sirchanlik kuchidan foydalanish, bolalarda axloqiy tarbiyani shakllantirish masalasini ijobiy hal etishganlar; olib borilgan ilmiy-tadqiot ishlarida milliy qadriyatlar, xususan, xalq an’analari, ularning mohiyati, ular mazmunida ilgari surilgan tarbiyaviy g‘oyalar, shaxs tarbiyasini tashkil etishdagi ahamiyati kabi holatlar o‘rganilgan va ma’lum tavsiyalar berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik tushunchani shakllantirish, muammosi ko‘pgina olimlarlar tomonidan tadqiq etilgan. Biroq, muammoga oid manbalarning barchasida ham so‘z yuritilayotgan masalaning u yoki bu jihatlari xususida qisman to‘xtalib o‘tilgan bo‘lsada, ularda maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanish muammosi mustaqil tadqiqot sifatida o‘rganilmagan. Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasida xayvonot olamidan foydalanishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi bolalarda barqaror ekologik ta’lim elementlarini tarkib toptiradi. Hayvonot dunyosiga nisbatan ongli munosabatda bo‘lishga imkon yaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayvonot olami bilan bevosita bog‘langanligi tufayli mashg‘ulotlarni hayvonot olami bilan bog‘lab olib borilishi ularda dastlabki axloqiy sifatlarni tarkib toptiradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlar shakllanadi va rivojlanadi. Bog‘cha bolalari hayvonot dunyosi bilan yaqindan muloqatda bo‘lganligi sababli ularni sevadi, ardoqlaydi; Ulardagi ana shu imkoniyatlardan foydalanib, bolalarda axloqiy sifatlarni tarkib toptirish yaxshi natija beradi. Shu sababda bog‘cha bolalariga hayvonot olami vositasida ta’lim berish davr talabi. Bog‘cha bolalariga beriladigan hayvonot olamiga oid bilimlar mazmunini aniqlash, uni tizimlashtirish, muhim pedagogik muammo. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling