Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Sharq mutafakkirlari ta’limotida hayvonot olamini e’zozlash


Download 0.72 Mb.
bet8/27
Sana10.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1087105
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Elmurodov shahriyor 2 bob sa

Sharq mutafakkirlari ta’limotida hayvonot olamini e’zozlash
Hayvonot olamini ardoqlash insonning burchi ekanligi haqidagi ta’limotlar Turoni Turkistondan yetishib chiqqan buyuk olimu fuzalolarning tabiiy-ilmiy va falsafiy ta’limotlarida o‘z ifodasini topgan. Allomalar o‘z davrida tarqalgan hayvonlardan foydalanish, ular bilan bog‘liq bo‘lgan voqea, hodisalar haqida boy ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.
Farobiyning “Inson mohiyati aqlda, aqlning mohiyati axloq – odobga, xatti – xarakatda bilinadi” degan.
Farobiy inson axloqining xislatlarini quyidagicha ta’riflaydi:
1. Bunday odamning barcha a’zolari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo‘lishi zarurki, u bu a’zolari bilan bajarmoqchi bo‘lgan barcha ishlarini osonlik bilan amalga oshira olish;
2. Haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan, bo‘lsin, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin;
3. Ruhining guruhi va vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past ishlarda yuqori va olijanob ishlarga ishlaydigan bo‘lsin.5
Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonlik, donolik va muloxazalik bo‘lish, vijdonlnlik, haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi xislatlarni tushunadi.
Farobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog‘liq xolda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq me’yorlari ifodasi sifatidagina emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko‘ramiz.
Forobiy insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l, ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi deydi.
Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug‘ma fazilat-nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, axloqiy fazilatlarni birlashtiradi;
ta’lim so‘z o‘rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo‘ladi, ammo bu yetuklik bilan amaliy ko‘nikmalarni qay darajada o‘rganilganligiga qarab paydo bo‘ladi deb ko‘rsatadi.
Abu Rayxon Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog‘laydi. Zero, insonda komillikning muxrli mezoni axloqlikdir.
Beruniyning inson kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o‘rnini ta’kidlashini uning “Qadim xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, “Kitob as-saidona”, “Al - Qonuni al – Ma’sudiy”, “Geodeziya” asarlarida ko‘ramiz.
Beruniy fikricha, axloq insonning eng asosiy sifati bo‘lishi kerak. Bu xislat kishilarning o‘zaro muloqoti, ijtimoiy muhit - jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi.
Abu Rayxon Beruniy: axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash natijasida namoyon bo‘ladi va tarkib topadi deydi. Yaxshilik va yomonlik insonning xulq atvorini belgilaydigan mezon sifatida qo‘llaniladi.
U yaxshi xislatlarga: to‘g‘rilik, odillik, o‘zini vazmin tutishi, insof, lutf, sobit qadamlilik, extiyotkorlik, saxiylik, mehribonlik, shirin - suxanlik, rahbarlikda adolatlilik, tadbirkorlik kabilarni kiritadi.
Yomon xislatlarga esa xasadgo‘ylik, baxillik, zulm, nosog‘lom raqobat, mansabparastliklarni kiritadi. Bu Beruniyning “Qadim halqlardan qolgan yodgorliklar” asarida quydagicha ifodalangan; “Yaxshi odamlarga; to‘g‘rilik, odillik, o‘zini saqlash, latofatlilik, sobit - qadamlilik, extiyotkorlik saxiylik, muloyimlilik, siyosiy boshqarish ishida bilimdonlik; yomon odamlarga bir - birining payiga tushishi, raqobatlashishi, o‘z kayfiga ergashish, boshliq bo‘lish uchun kurash kiradi; Kimda shunday sifatlar topilsa, xukm uning foydaliliga va kimda bular yetishmasa, xukm uning zarariga bo‘ladi”.6
Olim axloqiylikning belgilari sifatida yaxshilik, to‘g‘rilik, adolat, saxovat, olijanoblik, do‘stlik va hamkorlik, mehnat va hunar egallash, poklik, mexribonlik, ezgulikka intilish kabilarni ilgari suradi. “Mineralogiya” asarida Beruniy shunday deydi: “Mulozat, raxmdillik, qatiyat sabr - toqat va kamtarlik insonni bezaydi”.7
Beruniyning bu fikrlari hozirgi ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega.
Ibn Sino insonning kamolga yetishishda uning axloqiy kamoloti muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. U axloqiy tarbiya masalalarini falsafiy - pedagogik asosda chuqur yoritib beradi. Ibn Sino insondagi axloqiy xislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi - muxabbat, mo‘tadillik, aqllilik, extiyotkorlik, qat’iyatlilik, sadoqat, uyatchanlik va boshqalarni kiritadi.
Ibn Sino insonning kamolga yetishida to‘sqinlik qiluvchi sifatlarga joxillik, nodonlik, manmanlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko‘rsatib o‘tadi. Joxillikni - ilmga, nodonlikni zexni o‘tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni - sevgi -muxabbatga qarama - qarshi illat sifatida ta’riflaydi.
Ibn Sinoning axloq bobidagi qarashlarida sof insoniy xislatlar, munosabatlar, odob - axloqiy qoidalari me’yorlari o‘z ifodasini topgan.
Maxmud Qashg‘oriyning “Devoni lug‘atit turk” asarida ilm olimning qadri, bilimli, donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo‘stlik, xushxulqlik mardlik va jasurlikni, kamtarlikni targ‘ib etuvchi, o‘z manfaatini ko‘zlagan molparast, baxil, ochko‘z, do‘stiga va xalqiga xiyonat, manmanlik kabi salbiy tamonlari qaralangan.
Qashg‘oriyning she’rlari kishilarga hayotda qanday hatti-xarakat qilishni o‘rgatadi.
Ilm ma’rifat o‘rgangin, bo‘lma mag‘rur,
Maqtanchoqning sharmandasi chiqdi, ko‘r8
Bilim ma’rifatli kishi kibr - havo, manmanlikdan uzoq yuradi, bunga insonning o‘zi ham sababchi deb uqtiradi.
Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida insoniylik, rostgo‘ylik, kamtarlik, to‘g‘rilik, soflik, mehr - muhabbat, vafo, shafqat, muruvvat, insof, adolat, ishonch, sadoqat, xush - muomalalik, shirin so‘zlik, saxovat, mardlik, ximmatlilik, hurmat va ehtirom tadbirkorlik, aql, zakovat, xalollik, fisqu fasod, manmanlik, bevafolik, mexrsizlik, dag‘allik, baxillik, nomardlik, xurmatsizlik, ochko‘zlik kabi xislatlarni qiyoslab ezgu xislatlarning yaxshi oqibatlari va salbiy xususiyatlarning vositasida ishonarli qilib bayon etadi.
Axmad Yugnakiyning “Xibatul - xaqqoyiq” asarida axloqiylikning tarkibiy qismi sanalgan tilni tiyish, saxovat va baxillik, ochko‘zlik haqida, zulm va jinoyat yo‘lidan saqlanish haqida, xarom va xalolni farqlay olish, e’tiqod va sadoqat kabi muhim masalalar haqida fikr yuritadi.
Axmad Yugnakiy inson kamoloti uchun muhim bo‘lgan aqliy va axloqiy qoida va talablarni o‘zida mujassamlashtirgan “Xibbatul–xaqqoyiq” asarida komil insonni shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri unga aqliy tarbiya berish deb biladi. So‘ng axloqiy - ma’naviy kamolotga yetkazuvchi so‘z odobi, insondagi xalollik, rostgo‘ylik, saxiylik, samimiylik, chinakam do‘st bo‘lishni eng muhim insoniy xislatlar sifatida ta’riflaydi va bularga qarata qarshi bo‘lgan jaholat, baxillik, ochko‘zlik, yolg‘onchilik, takabburlik, zolimlik kabi illatlarni qoralab, ularning yomon oqibatlarini ko‘rsatadi.
Amir Temur, odob - axloq, iymon, e’tiqod, ta’lim -tarbiya soxasida o‘zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan. Bunga ishonch hosil qilish uchun o‘zi tomonidan yaratilgan odob - axloqqa oid dasturlar, o‘gitlar, shuningdek Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko‘zdan kechirish kifoya “Tuzuki Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy” va “Vakolati Temuriy” nomi bilan jahonga mashhur bo‘lgan asarlar, shuningdek “Zafarnoma”, “Temurnoma” shular jumlasidandir.
Amir Temurning ibratli, hayotiy pand - nasixatlari va purma’no o‘gitlarining har biri mazmun va ma’no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri umuinsoniy qadriyatlar asosiga qurilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi; ularni odob - axloqqa oid dasturlar deya olamiz.
Amir Temurning axloq haqidagi o‘titlariga, adolat va adolatsizlik, so‘z va ishning birligi, do‘st va dushmanlik, botirlik va qo‘rqoqlik kabilar kiradi.
Alisher Navoiy o‘zining “Xamsa”, “Maxbub - ul – Qulub” kabi yirik ta’limiy - axloqiy asarlarida tarbiyaga oid o‘z qarashlarini ifoda etadi.
Alisher Navoiy insonlardagi kamtarlikni yuqori baholaydi va Farxodning qancha bilim va qobiliyati bo‘lmasin uning kamtarligini eng yuqori belgi deb biladi.
Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo‘lish bilan qanoatlanib qolmasligi, balki, ximmatli, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik va vafo kabi fazilatlarga ega bo‘lish lozimligini ta’kidlagan.
Alisher Navoiy “Mahbub - ul – Qulub” (Ko‘ngillarning sevgani) asarida o‘zining axloqiy qarashlarini bayon qiladi. Haqiqiy inson, pok, mehnatsevar, sof vijdonli, insofli, to‘g‘ri, saxovatli, odobli, muruvvatli shaxs. Bunday xislatlarni odamlarda tarkib toptirish uchun ularda ana shu olijanob xislatlarni tarbiyalash kerak deydi va axloqiy sifatlarga ta’rif beradi, ularning oqibatlarini tushuntiradi.
U yaxshi fe’llarga qanoat, sabr, odob, ishq va vafo, saxovat, himmat, karam, muruvvat, yumshoq ko‘ngillilik kabi xislatlarni kiritadi.
Axloqiylikning eng muhim mezonlari sanalgan odob haqida fikr yuritar ekan “Odobdan muhabbatga bezak va pardoz eltadi, odob tarkidan do‘stlikning ravnaq va bahosi ketadi. Odob do‘stlik ko‘zgusini yaratadi, ikki tomondan yorug‘lik yetkazadi”.9
Yaxshi xulq asosi - odob, u Navoiy nazdida barcha insoniy xislatlarning boshlanishi sanaladi.
Haqiqiy insonga xos xislatlar, sabr - qanoat, ishq - vafo, himmat, karam, muruvvat, odobli kishida tarkib topadi.
Navoiy yoshlikning qadriga yetishish, eng yaxshi xislatlarni o‘zida tarkib toptirish, nafs ista’gidan o‘zini tiyish, shuningdek, o‘z foydasini ko‘zlab ish yuritish, yolg‘onchilik, nodon va joxillik, ikki yuzlamachilik, ta’magirlik, shoshma - shosharlik, g‘iybat, hasad, bachkanalik, yalqovlik kabi illatlarni qoralab ulardan xalos bo‘lish yo‘llarini ham bayon etadi.
Alisher Navoiy komil insonga xos axloqiy sifatlar deb, qanoat, adolat, saxovat, munosabat, ximmat, muruvvat, vafo, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, odobni tushungan, ana shu xislatlar tarkib topgan insonda yomonlik, razillik bo‘lmasligi, bunday insonlar yashagan xalq baxt saodatga erishish mumkin deb hisoblagan.
Alisher Navoiy qarashlari komil inson aqliy, axloqiy, ilm - ma’rifatga intilgan ijodkor qobiliyatli, bilimdon, aql va donno kishi, sofdil insonparvar, saxovatli, sabr - qanoatga ega bo‘lgan, adolatli, muruvvatli sog‘lom va jismoniy baquvvat, mard va jasur inson.
Abdurahmon Jomiy haqiqiy insonga xos bo‘lgan axloqiy xislatlardan saxiylik, shirin suxonlik, saxovatlilik, muruvvatlilik, mehnatsevarlik kabilarni tarbiyalashga alohida diqqat bilan qaraydi.
Jomiy ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashning asosi axloqiy barkamollik deb bildi va axloqiylik mezonlari sifatida insoniylik, adolat, mehnatsevarlik, saxovat, mehr-muruvvat, chin insoniy muxabbat, rostgo‘ylik jasorati, mardlik kabi xislatlarni ulug‘laydi. Takabburlik mol dunyoga xirs qo‘yish, yolg‘onchilik, joxillik bilan bog‘liq illatlarni qoralaydi.
Husain Voiz Koshifiy ilgari surgan axloqiy tushunchalar yaxshilik va yomonlik, adolat, burch, or - nomus, baxt-saodat kabilarni ta’riflab, har birini insonda shakllantirish yo‘llari va usullarini bayon etadi.
U axloqiylikning asosiy mezonlari deb, insoniylik, adolatlilik, kamtarlik, sof insoniy munosabatlarni biladi. Bularga teskari bo‘lgan xatti-harakatlar yolg‘onchilik, pastkashlikni, qoralab, ulardan qutulish yo‘llarini bayon etadi.
Koshifiy: axloqiy qoidalarning o‘ttizdan ortig‘ini bayon etadi: sabr, xayo, shijoat, xushyorlik, farosat va shu singarilardan iboratdir deydi.
Koshifiyning “Fujuvoninanan Sultoniy” nomli, asaridagi eng muhim tariqat: ko‘ngilni asrash, ko‘z, quloq, til, og‘iz, qo‘lni saqlash odobi, shariqat arbobi va ularning toifalarining odobi; o‘tirish, suhbat, taom yeyish va suv ichish odobi, kiyinish va safar odobi, mehmon kutish, yo‘lda yurish, salom berish, kasal ko‘rishga borish, savdo odoblari turmush odobiga zid har bir xatti - harakatning uslubi bayonini ham o‘z ichiga olali.
Mazkur asar yoshlarning har tomonlama yetuk inson sifatida kamolga yetkazishda haqiqatdan amaliy ahamiyatga ega.
Bobur kishining hayotidagi eng asosiy burchi xamma joyda ham o‘zini tuta bilishdan va yaxshi xulq - atvorli bo‘lishdan iborat ekanini ta’kidlaydi.
Xulqingni rasm etgil, xar sayrgani borsang,
“Axsanta” der bori El, gar yaxshi ot chiqarsang,
Bobur boshqalarga doimo yaxshilik qilish eng olijanoblik ekanligini ta’kidlaydi:
Bori elga yaxshilig‘ qilgilki,
Mundin yaxshi yo‘q.
Kim degaylar daxr aro qoldi falondin yaxshilig‘
- kabi me’orlar orqali ifodalaydi.
Sharq mutafakkirlarining fikricha axloqda diyonat, g‘ayrat, qanoat, shijoat, ilm, mehr - muruvvat, sabr - intizom xayrixoxlik, vijdon, vatanni sevmoq, idrok, sadoqat, xayo, kabi ijobiy xislatlari mujassamlangandir.
Demak, axloq kishining xulq-atvorida, e’tiqod – iymonida, yurish – turishida, fikr, munozarada nomoyon bo‘ladi.
Axloq muammolari A.Avloniyning ilmiy-amaliy g‘oyalaridan ham o‘rin olgan.
Avloniy o‘zining axloq, odobga oid fikr va qarashlarini hayvonot olami bilan bog‘lab hal etadi;
Ayiq va sher; ari va kaptar; inson va zullik;

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling