Tadqiqot maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqli axloqiy sifatlarni shakllantirish tizimini yaratish va ilmiy – metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Tadqiqot vazifalari:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarni shakllantirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy metodik adabiyotlarni nazariy va amaliy jixatlarini o‘rganish;
Muammoning Maktabgacha ta’lim tashkilotlari amaliyotidagi ahvolini o‘rganish va taxlil qilish
Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarni shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash.
Bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarini shakllantirish mazmuni, shakllari, metodlarini tajriba sinovdan o‘tkazish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish texnologiyasini yaratish.
Tajriba–sinov ishlari natijalarini umumlashtirib ilmiy – metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy farazi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarda hayvonot olami bilan tanishtirishda axloqiy sifatlarini shakllantirish mumkin, agar:
- maktabgacha yoshdagi bolalarini hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarni shakllantirish, “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturi asosida uzluksiz tashkil etilsa;
- bolalarda shakllantiriladigan hayvonot olamini asrashga oid tushunchalar tarixiy, milliy, umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda mahalliy materiallar asosida bolalarning yosh xususiyati, bilim darajasi, qiziqishlarini inobatga olgan holda tizimlashtirilsa;
- bolalarning psixologik xususiyatlari aqliy va fiziologik yetukligi hisobga olinsa, uning samaradoligi oshadi.
Tadqiqot ob’ekti: maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarni shakllantirish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |