Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 0.72 Mb.
bet3/27
Sana10.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1087105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Elmurodov shahriyor 2 bob sa

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Mamlakatimizda amalga oshirilgayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlar, jamiyatda yuz berayotgan ma’naviy-axloqiy yangilanishlar inson faolligini oshirish bilan bir qatorda uni, tabiatga munosabatini o‘zgartirishga unga insonparvarlik jihatdan yondashishni talab etadi. Atrof-muhit muhofazasiga oid ta’lim-tarbiya g‘oyalari Avesto, Qur’oni Karim, Xadisi sharifda o‘z aksini topgan.
O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlar Al Buxoriy, At-Termiziy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, amir Temur, Ulug‘bek, Maxmud Qoshg‘ariy, A.Navoiy, Bobur, Abdulla Avloniy asarlarida tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat boyliklarini asrash kabi masalalarni ilmiy- amaliy jihatdan asoslab berganlar.
Ekologiya tarixi jamiyat tarixi bilan bog‘iq; jamiyat taraqqiyoti natijasida ekologik muammolar kuchaydi. Bu muammolarni talqin qilishga bo‘lgan qarashlar rivojlandi.
Mavjud adabiyotlarning ilmiy taxlilidan ma’lum bo‘ldiki, so‘nggi yillarda ekologik muammolarni o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari yaratilgan. Ta’lim – tarbiya jarayonida tabiatni muxofaza qilishga oid ilmiy tadqiqot ishini olib borganlar: Jumladan rus akademigi I.D.Zverev, o‘zbek olimi p.f.d., prof. E.O.Turdiqulov, A.N.Zaxlebniy, I.T.Suravegina, I.Ponamaryovalar ekologik ta’lim-tarbiyani nazariy asoslari ishlab chiqqanlar. A.A.Rafiqov, M.G.Nishonboeva, A.To‘xtaev, L.Xudoyberdiev, M.Mirboboev, S.Fayzullaev, Sh.Avazov, O.X.Narzullaev, T.Saparov, N.M.Egamberdieva, T.Abdullaevalar ta’lim tizimida foydalanish metodikasini asoslab berganlar.
Ekologiyaning falsafiy tomonlari: S.Mamashokirova, Yu.Shodimetovlar tomonidan o‘rganilib, tahlil etilgan. I.Tojieva, G.O.Komilova, N.Kokareva, M.R.Xalilova, M.Kamolova, L.Pavlova, A.Udovenko, M.M.Makarova, N.Krinщina, K.Elnikovalar tomonidan maktab yoshidagi bolarni tevarak–atrof bilan tanishtirish muammolariga oid tadqiqotlarni amalga oshirganlari diqqatga sazovar.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ekologik ta’lim va tarbiya berish masalalari G.O.Komilova, S.A.Veretennikova, M.M.Markovskaya, S.N.Nikolaeva, M.R.Xalilova, L.Sh.Shanosirova, P.Yusupova, M.Umarovalarning tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan.
Bu va boshqa tadqiqot ishlari taxlilidan ma’lum bo‘ldiki, umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va oliy ta’lim tizimi yuzasidan fundamental tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Lekin, maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarini shakllantirish mazmuni aniqlanib, uni bolalar ongiga singdirish muammosi o‘rganilmagan, uning pedagogik va psixologik asoslari yaratilmagan. Ushbu muammo pedagogik nuqtai nazaridan maxsus tadqiq etilmagan.
Tarbiyachilar bolalarda hayvonot olamiga ma’suliyatli munosabatni shakllantirish tizimining maqsadi, vazifalari, prinsiplari, mazmuni shakl va usullari to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega emasliklari oqibatida muammo pedagogik amaliyotda juda sekinlik bilan xal etilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, bolalar faoliyatida atrof-muxitga ma’suliyatli munosabat asoslari yetarli darajada shakllanmaligiga olib kelmoqda.
Ijtimoiy zaruriyat maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy sifatlarini shakllantirishda hayvonot olami orqali tanishtirishning pedagogik shart-sharoitini aniqlashni taqazo etadi.
Ana shu maqsadda biz “Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarni shakllantirish” muammosini tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb hisobladik. Bu muammoni tadqiqot sifatida qabul qilishimizga sabab:
1) 1 – 7 yoshli bolalar bevosita hayvonot olami bilan bog‘liq; ular bevosita bir muhitida yashaydi;
2) Bu yoshdagi bolalar hayvonot olamini sevadilar;
3) MTM bolalarini hayvonot olami bilan tanishtirish imkoniyatlari katta.
Tadqiqot ishi Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha va oilaviy ta’lim” kafedrasining kompleks ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari bilan bog‘liq.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling