Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati


Download 0.72 Mb.
bet6/27
Sana10.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1087105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Elmurodov shahriyor 2 bob sa

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarini shakllantirishga doir o‘quv qo‘llanma, tavsiyalar yaratishda hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari uchun ma’ruza matnlari ishlab chiqildi.
Tadqiqotdan olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar malaka oshirish jarayonida maktabgacha tarbiyalanayotgan bolalar tarbiyasini samarali yo‘lga qo‘yishga imkon beradi.
Tadqiqot tuzilishi:
Dissertatsiya kirish, 3 bob, 8 §, umumiy xulosa, tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAYVONOT OLAMI BILAN TANISHTIRISH ORQALI AXLOQIY SIFATLARNI ShAKLLANTIRISHNING NAZARIY
ASOSLARI


1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarni shakllantirish pedagogik muammo sifatida


Shaxsni shakllantirishda asosan bolalik davrida ya’ni 1,5–5 yoshlarida tarkib topadi. Bola 1,5 – 2 yoshida yaxshi, yomonni anglaydi; 3 yoshida esa jismoniy, aqliy jihatdan shakllanib bo‘ladi. Ana shu imkoniyatlardan foydalanib ularda atrof-muhitga oid tushunchalarni shakllantirish muhim pedagogik muammo hisoblanadi. Bu muammo asosan oila va Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hal etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini qayta tashkil etish uchun uni yangi pedagogik texnologiya nazariyasi bilan boyitish, interfaol usullardan foydalanish zarur. Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi tarbiyachilarning yangi avlodini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish xamda ularda kasbiy faoliyatga nisbatan ijodiy yondoshuv xissini qaror toptirish ta’lim tizimida olib borilayotgan ta’limiy islohotlarning muhim yunalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharoitida milliy qadriyatlarni qayta tiklash va ularni yanada boyitishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy qadriyatlardan foydalanish alohida dolzarblik kasb etadi. Shu bois Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati mazmunidan bolalar axloqiy tarbiyasida foydalanish masalalarining o‘rin olishi maqsadga muvofikdir.
Tadqiqot ishini olib borish jarayonida muammoning nazariy jihatdan ishlanganlik darajasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur e’tiborning samarasi muammo va muammoga turdosh mavzularda yaratilgan manbalar mazmunini o‘rganish hamda ijobiy tahlil etishdan iborat bo‘ldi.
Tadqiqot muammosi bo‘yicha nazariy va amaliy faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida muammoning asosiy mazmuni ilmiy-amaliy jihatdan chuqur o‘rganildi. Eng avval muammoning tarixiyligiga va ularning taraqqiyotiga e’tibor qaratildi.
Shaxsning axloqiy sifatlari, Avesto, Qur’oni Karim, Xadisi Sharif, sharq allomalarining qarashlarida tahlil etilganligini qayd etish mumkin. Xuddi shuningdek, mavjud nazariy manbalarda “axloq” tushunchasiga turlicha ta’riflar berilganligi aniqlandi. Chunonchi, pedagog olim A.K.Munavvarovning fikricha, ushbu tushuncha quyidagi ma’noni anglatadi: “Axloq” asli arabcha so‘z bo‘lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o‘tib davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, karashlari va shu kabilardir. ... ijtimoiy va madaniy merosdir” [72].
P.f.d. U.Mahkamov esa axloqni majmua sifatida talqin etadi. Xususan: “Axloq avloddan-avlodga o‘tib turadigan va jamoatchilik tomonidan asrab-avaylanadigan urf-odatlar, marosim va tamoyillar, odat va odob qoidalari, norma va talablar majmuasidir” [40].
Bildirilgan fikrlar bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Pedagogika nazariyasida milliy qadriyatlar, shu jumladan, axloq, uning mohiyati, mazmuni aks etgan g‘oyalar hamda ularning shaxsni kamol toptirishdagi ahamiyati keng ko‘lamda tadkiq etilgan. Chunonchi, N.Sh.Almetov, T.Jovliev, M.Inomova, R.Yo‘ldosheva, O.Hasanboeva, M.S.Qosimova, O.Musurmonova, S.Nishonova, S.Ochil, A.Rahmatullaev, J.Tulenov, T.Usmonxo‘jaev, H.Shayxova, E.Yusupov, B.O.Qodirov va M.Haydarovlar tomonidan shaxs ma’naviyati va uni tarkib toptirishda milliy qadriyatlar, xususan, axloqning tutgan o‘rni va roli xususidagi qarashlar tadqiqot muammosini tadqiq etishda o‘ziga xos nazariy asos bo‘lib xizmat qildi [12, 40, 47, 48, 54, 56, 74, 75, 76, 77, 78, 79, 82, 87, 93, 104, 106, 111, 114, 117, 121].
Hamdo‘stlik mamlakatlarining olimlaridan J.Dorjieva, A.E.Izmaylov va K.F.Teshaboevalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda axloq, ularning o‘ziga xos jihatlari hamda shaxs kamolotini ta’minlashdagi tarbiyaviy kuchi masalasidagi qarashlar o‘z ifodasiii topgani holda, mazmunida axloq g‘oyalari borasida so‘z yuritilmagan [33, 44, 99].
Jumladan, G.N.Volkov tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda axloqiy tarbiya, ularning shakllanishiga asos bo‘luvchi omillar, ularning ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, diniy talqini ochib berilgan bo‘lsa, J.Dorjieva [33] tomonidan olib borilgan tadqikotda qaxramonlik, jangovarlik, inqilobiy, ijtimoiy, madaniy, kasbiy va oilaviy an’analarning axloq tarbiyasi xususida batafsil so‘z yuritiladi.
Tadqikot muammosinipg asosiy yo‘nalishi maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasini tashkil etishdan iborat, tadqiqot ishini olib borish jarayonida ana shu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqot ishlarining mazmuni bilan tanishildi va ilmiy-metodik jihatdan tahlil etildi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarning axloqiy tarbiyasini tashkil etish, mazkur jarayonda xalq og‘zaki ijodi namunalari (ertak, afsona, rivoyat, doston, masal, maqol va hikmatli so‘zlar), va uning turlaridan foydalanish masalalari D.Abdurahmonova, O.Jamoliddinova hamda V.G.Nechaev, M.Komilova, M.Umarovalar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarining bosh g‘oyasi sanaladi [9, 39, 81].
Axloqiy tarbiyaning ekologik jihatlari rus akademigi I.D.Zverev, E.O.turdiqulov, A.Zaxlebniy, I.T.Suraveginalar tomonidan to‘g‘ri taxlil etilgan.
G.Abdullaeva, B.Ziyomuhammedov, S.Mamashokirov, Sh.Otabekov, Yu.Shodimetov, J.Xolmo‘minovlar tomonidan ekologik muammolarning huquqiy, tabiiy va ijtimoiy, falsafiy asoslari o‘rganilgan.
Sh.Azizov, N.Ashurova, P.Berdanova, G.O.Komilova, N.U.Nishonova, X.A.Raxmatova, M.Rahimqulova, A.Haitov, M.Q.Hoshimova kabi pedagogok olimlar ekologik ta’lim va tarbiyaning umumpedagogik va xususiy metodik jihatlari bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirganlar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning atrof-muhit bilan tanishtirish, G.O.Komilova, M.M.Markovskaya, S.N.Nikolaeva, M.R.Xalimova, L.Sh.Shonosirova, P.Yusupova, M.Umarovalarni ishlarida o‘z aksini topgan.
Biroq mazkur tadqiqotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarni shakllantirish maxsus o‘rganilmagan. Biroq maktab yoshidagi bolalar bevosita hayvonot olami bilan muloqatda bo‘ladi. Ularni sevadi; e’zozlaydi. Ayniqsa bu jarayon qishloq bolalarida yaqqol ko‘rinadi. Bolalarni istak va imkoniyatlarini qondirish muhim pedagogik muammo. Shu sababdan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun o‘ziga xos ta’lim mazmunini ishlab chiqilishi zarurligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir.
Respublika xorijiy davlatlarda bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish muammosi bilan birorta ilmiy – tadqiqot ishi bajarilmagan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati mazmunini aks ettiruvchi zamonaviy talablarga muvofiq yaratilgan ta’limiy va tarbiyaviy ishlar dasturlari, tavsiyanomalar, ko‘rgazmali materiallar) uzluksiz ta’lim tizimining ushbu bosqichida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan faoliyatning nazariy asoslarini belgilab berishga xizmat qiladi. Ushbu jarayonga malakali mutaxassislarni jalb etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar mazmunida o‘z ifodasini topgan muammolar Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilish bilan birga tadqiqot muammosining ijobiy hal etilishi uchun ham poydevor yaratadi. Zero, mazkur muassasa faoliyati mazmunini yangilamay turib, maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy sifatlarini samarali tashkil etish, ushbu jarayonda axloqiy tarbiya imkoniyatlaridan unumli foydalanish borasida muayyan natijalarga erishib bo‘lmaydi, qolaversa, ushbu muammolar o‘z navbatida ekologik tarbiya asosida maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy sifatlarni shakllantirish jarayonining mavjud holati mohiyatini ifoda etishga xizmat qiladi.
Tadqiqot muammosi bo‘yicha mavjud holatni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish, tadqiqot doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining natijalariga tayangan holda ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish yo‘lida quyidagi muammolar mavjudligi aniqlandi:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbarlari, tarbiyachilari tomonidan bolalarning axloqiy tarbiyasini tashkil etish jarayonida tarbiyaviy materiallar imkoniyatlaridan foydalanishga nisbatan jiddiy e’tiborning qaratilmaganligi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarida bolalar axloqiy sifatlarini shakllantirish jarayonida tarbiyaviy materiallar imkoniyatlaridan foydalanishga nisbatan ehtiyojning yuzaga kelmaganligi.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy sifatlarini shakllantirish jarayonida hayvonot olamiga oid materiallardan foydalanishga yo‘naltirilgan faoliyat mazmunining ishlab chiqilmaganligi.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy sifatlarini shakllantirishda atrof-muhitdan foydalanish va bu borada samaradorlikka erishishning amaliy asoslarining asoslanmaganligi.

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishda hayvonot olamidan foydalanish va bu borada samaradorlikka erishishniig amaliy asoslarining asoslanmaganligi (ya’ni, maqbul shakl, metod va vositalarining aniqlanmaganligi).

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishda hayvonot olamidan samarali foydalanish jarayoni texnologiyasining yaratilmaganligi.

  5. Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muhitdan ob’ektlaridan mazmunida ilgari surilgan g‘oyalar asosida axloqiy faoliyatni tashkil etishga bo‘lgan qiziqishniig yuzaga kelmaganligi.

  6. Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishda hayvonot olamidan foydalanish borasidagi metodik tavsiyalarning ishlab chiqilmaganligi.

Ijtimoiy hayot yoki muayyan faoliyat yo‘nalishlarida yuzaga kelgan muammolar o‘z-o‘zidan tezkor sur’atda hal etilishi lozimligini anglatadi. Masalaga aynan shu jihatdan yondashilganda maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etish jarayoiida hayvonot olamidan foydalanish yo‘lidagi muammolar ham o‘z yechimini topishi bu borada samaradorlikka erishish imkonini beradi. Ana shu maqsadda tadqiqot ishini olib borish jarayonida mavjud muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi. Tadqiqot natijasida ma’lum bo‘ldiki, mavjud muammolarni hal etish yo‘llarini ularning mohiyati asosida belgilash maqsadga muvofiq ekan. Shu bois maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etish jarayonida hayvonot olamidan foydalanish borasidagi muammolarni bartaraf etish yo‘llari quyidagilardan iboratligini tajriba tasdiqladi:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbarlari hamda tarbiyachilari tomonidan bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etish jarayonida hayvonot olamidan foydalanishga e’tiborning qaratishga erishish. Mazkur talabning mohiyati Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbarlari, tarbiyachilari o‘rtasida suhbat va seminar-treninglar tashkil etish asosida ularga maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanish muhim ahamiyagga ega bo‘lishi borasidagi tushunchalarni qaror toptirishga qaratilgan harakatni yo‘lga qo‘yilishini ifodalaydi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarida maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etish jarayonida hayvonot olami imkoniyatlaridan foydalanishga nisbatan ehtiyojni yuzaga keltirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlarida maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etish jarayonida hayvonot olami imkoniyatlaridan foydalanishga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish ular tomonidan muammoning tub mohiyatini anglab yetilishiga erishish asosida kechishi isbot talab etmaydigan holat ekanligini anglash mumkin.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etish jarayopida hayvonot olamidan foydalanishga yo‘naltirilgan faoliyat mazmunini ishlab chiqish. Ushbu holatning amalga oshirish tadqiqot ishini olib borishdan ko‘zlangan maqsad mohiyatini ifoda etgani holda kelgusida mazkur yo‘nalishda samarali faoliyatni tashkil etish borasida eng muhim imkoniyatning yaratilishi uchun zamin hozirlaydi.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishda hayvonot olamidan foydalanish borasida muayyan shart-sharoitlarni yaratish. Darhaqiqat, muayyan shart-sharoitlarning yaratilishi maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishda axloqiy sifatdan foydalanishga yo‘naltirilgan faoliyatning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil sanaladi.

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishda hayvonot olamidan foydalanish va bu borada samaradorlikka erishishning amaliy asoslarini ishlab chiqish. Ushbu holatning amaliyotda o‘z aksini topishi nafaqat tadqiqot maqsadiga erishishni, balki Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar uchun zarur sanalgan metodik qo‘llanmalariing yaratilishini ta’minlaydi.

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishda hayvonot olamidan samarali foydalanish jarayoni texnologiyasini yaratish.

Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishda hayvonot olamidan samarali foydalanish jarayoni texnologiyasining yaratilishi tadqiqot maqsadining natijalanishi, shuningdek Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan amaliy harakatlarni tez sur’atlarda hamda kam jismoniy kuch va vaqt sarflagan holda amalga oshirish mumkinligini ifodalaydi.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarini shakllantirishda hayvonot olamidan foydalanish, atrof-muhitni e’zozlashga bo‘lgan qiziqishni yuzaga keltiradi. Ushbu holat axloqiy tarbiya g‘oyalarini targ‘ib etish, shuningdek, uni tashkil etish maqsadida uyushtirilgan mashg‘ulotlar jarayonida tarbiyalanuvchilarning faol ishtirok etishlariga erishishni kafolatlaydi.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishda xalq an’analari asosida hayvonot olamidan foydalanish borasidagi metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishda hayvonot olamidan foydalanishga yo‘naltirilgan faoliyat samaradorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarish imkoiiyatini yaratadi.

Yuqorida qayd etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda quyidagicha xulosaga kelishimiz mumkin: maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarini shakllantirishda hayvonot olamidan foydalanish borasidagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash tadqiq etilayotgan masalaning umumiy holatini to‘laqonli his etish, asosiy maqsad yo‘lida tashkil etiluvchi faoliyatning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi; shuningdek tajriba-sinov ishlarining yo‘nalishini puxta va aniq belgilash, muayyan g‘oyalarni ishlab chiqish, ularning asosli bo‘lishiga erishish, shuningdek, tadqiqot muammosini ijobiy hal etishga yo‘naltirilgan faoliyat mazmunini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling