Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Mustaqil O‘zbekistonda axloqiy–ekologik tarbiya


Download 0.72 Mb.
bet9/27
Sana10.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1087105
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
Elmurodov shahriyor 2 bob sa

Mustaqil O‘zbekistonda axloqiy–ekologik tarbiya. Mustaqillik xalqimizning ko‘p asrlik tarixida yuz bergan buyuk voqeadir.
Istiqlolga erishgan davlatimiz konstitutsiyaviy – huquqiy asoslari 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonunida qat’iy belgilab, mustahkamlab qo‘yildi. Qonunning 7-moddasida quyidagilar alohida ta’kidlandi: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir.
...O‘zbekiston respublikasi o‘z hududidagi yer, yer usti boyliklarini, oltin, boshqa qimmatbaho materiallar va toshlarni, suv va o‘rmonlarni, o‘simlik va hayvonot dunyosini, tabiiy va boshqa zahiralarni, ma’naviy boyliklarni umumiy deb hisoblash bilan birga, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish ham qonun asosida mustahkamlab qo‘ydi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish va ularni muhofaza etishga oid ko‘plab qonunlar qabul qilinib, hayotga joriy etilyapti: “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabr qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, 1–son, 14 modda).”
Qonunda:
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish;
Fuqorolar va jamiyat birlashmalarining hayvonot dunyosini hamda uning yashash muhitini muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari;
Ov qilish; baliq ovlash; ov qilish va baliq ovlashning man qilingan usullar;
Hayvonot dunyosidan ilmiy, madaniy ma’rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanishga oid g‘oyalar batafsil bayon etilgan.


1.3. Bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati
Hayvonot olamiga munosabat. Inson hayoti tabiiy muhit, hayvonot olamiga egizakdir. Ibtidoiy turmush sharoitida inson aqliy qobiliyati bilan emas, balki hayvonlar ovlash orqali tirikchilik qilishgan. Asta-sekin hayot tajribasining ortib borishi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, xonakilashtirganlar, keyinchalik esa chorvachilik bilan shug‘ullana boshlaganlar.
Hayvonot dunyosi insonga faqat oziq-ovqat manbai sifatida emas, balki uning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qiluvchi ulov sifatida ham xizmat qildi va insonning asosiy suyanchig‘i bo‘lib keldi.
Insoniyat hozirgi kunda ham hayvonot olamidan unumli foydalanib kelmoqda. Kundalik hayotni go‘sht va go‘sht mahsulotlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hayvonlardan ulov sifatida foydalanish texnika asrida kamaygan bo‘lsa ham, insoniyat uzoq tarixdan o‘rganib qolgan ulovning bu turidan ajralgani yo‘q. Aksincha, unga yana qaytilmoqda. Demak, hayvonot dunyosi insonning eng qadimiy hamrohidir. Bolalar qalbida hayvonlarga nisbatan to‘g‘ri va oqilona munosabat, mehru-shafqat hissini uyg‘otish tarbiyachilarning muhim vazifasidir.
Odamlar orasida mehru-shafqat, mehr-oqibat kabi insoniy qadriyatlarni qayta tiklash zarur bo‘lgan bugungi kunda pedagoglar o‘sha tuyg‘ularni inson qalbiga bolalikdan singdirib borishi kerak. Tabiatni sevgan, uning go‘zalligini his qila olgan, har bir jonli-jonzotga mehru-shafqat bilan qaray olgan qalbgina muruvvatli, pokiza bo‘la oladi.
Tabiatdagi oddiy bir giyohni uzishdan oldin kishi qilayotgan ishi insoniyatga foydalimi yoki zararlimi degan andishaga borishi lozim. Har qanday jonzotga ozor berishdan o‘zini tiya oladigan mehri yumshoq insondan hech qachon qonxo‘r, jallod, birovni qaqshatib, moli-mulkiga ko‘z tikadigan dilozor odam chiqmaydi. Demak, birinchi galda odamlar qalbida nozik insoniy qadriyatlarni shakllantirishning asl negizini topishimiz, bu ildizlarni murg‘ak go‘dak qalbiga payvand qila olishimiz zarur.
Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini tabiatga mehr-shafqat ruhida tarbiya qilganlar. Beziyon bo‘lgan oddiy qurt-qumursqani ham o‘ldirish gunoh deb qulog‘iga quyganlar. Ayniqsa, ulardan qolgan “Tili zaboni yo‘q, hayvonga ozor berma,gunoh bo‘ladi!”, “Sigir oilaning bozori”, “Tovuq yetti xazinaning biri”, “Qo‘y bor uyda, baraka bor” singari hikmatlar ibratlidir. It “shu oilada ko‘proq bola tug‘ilsin” deb niyat qilarkan. Chunki it bola qo‘lidan non olib yeydi. Demak, bola qancha ko‘p bo‘lsa, it rizqi ham ortadi.
Kishilarning chorva hayvonlariga munosabati haqida Muhammad alayhissalomning hadislarida aytadilarki: “Qo‘y barakadir, tuya azizdir, otning yollariga qiyomat kunigacha yaxshilik bog‘lab qo‘yilgandir. Xodimlaringiz, birodarlaringizdir. Ularga yaxshilik qilinglar. Agar ularni qiyinchilikda ko‘rsanglar yordamlashib yuboringlar”.
Yoki Bilqiz Alladdinning “Muhammad qissasi” asarida shunday deyiladi:
“... Bir gal u tushdan keyin yotib dam olarkan, ko‘zini uyqu eltadi. Uyg‘onib qarasa, kasalga chalingan bir mushukcha uning yaktagi etagida g‘ujanak bo‘lib uxlab yotgan emish. Payg‘ambar mushukchani bezovta qilishga ko‘ngli bo‘lmaydi. Ehtiyotlab yaktagi etagini kesadi-da, o‘rnidan turadi. Bu hikmat darajasiga ko‘tarilgan va afsona bo‘lib ketgan.” Musulmon olamining buyuk donosi muhammad payg‘ambar mushukka ham ozor bermagan ekan. Ular tabiatning nozik va misqol tarozi bilan tenglashtirilgan muvozanatini buzib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish uchun yuqoridagi talablarni qo‘yganlar. Agar asrab-avaylanmasa, noo‘rin munosabatda bo‘linsa, uning oxirida bir falokat yuzaga kelib, tabiat insonni jazolashini yaxshi tushunganlar. Va ayni choqda payg‘ambarimiz shu tabiatni, uning ajralmas bo‘lagi bo‘lmish hayvonot olamini qadrlashga, e’zozlashga, parvarishlashga, ko‘z qorachig‘idek saqlashga da’vat etganlar.
Tabiatda o‘simlik dunyosida ham, hayvonot olamida ham birorta ortiqchasi yo‘q, ularning barchasi tabiatdagi muvozanatni ushlab turishda malum o‘rni bor.
Bundan bir necha yillar muqaddam Xitoyda chumchuqlar ekinlarni yeb, hosildorlikni kamaytiryapti deb, butun mamlakat bo‘yicha chumchuqlarni ta’qib qila boshladilar, kechalari qo‘llariga batareyali chiroqlarni olib, chumchuqlarni daraxtlarga qo‘ndirmay charchatib va boshqa yo‘llar bilan qirib tashladilar. Hatto chumchuqni kim ko‘p o‘ldirsa, u taqdirlandi. Oradan hech qancha yil o‘tmay chumchuqlar qiron keltiradigan ayrim hasharotlar va qurtlar ko‘payib, olma va boshqa mevali daraxtlarga yopirildilar. Natijada odamlar hosil ololmay qoldilar va yangidan chumchuqni ko‘paytirishga qaror qildilar.
O‘rta Osiyoda chorva mollarini bo‘rilardan asrash maqsadida bo‘ri otgan ovchilarga mukofotlar berilar edi. Oqibatda bo‘rilar kamayib ketdi. Ammo tog‘ va o‘rmonlarda yashovchi hayvonlar o‘rtasida yuqumli kasalliklar ko‘paydi. Chunki bo‘ri va boshqa yirtqichlar hayvonlarga hujum qilganida kasalga chalingan, kasal hayvonlar qocholmay bo‘riga yem bo‘lar ekan. Natijada, hayvonlar orasida yuqumli kasallikning tarqalishiga barham berib turilar ekan. Bu jihatidan bo‘rilar “o‘rmon sanitari” vazifasini bajarar ekan. Bugungi kunda bo‘ri otish taqiqlab qo‘yildi.
Tabiatda biror jonzotning qirilib ketishiga yo‘l qo‘yilsa, shunga bog‘liq bo‘lgan muvozanat buzilib, xavfli vaziyat vujudga keladi. Mana shu nozik haqiqat avvaldan ma’lum bo‘lganligi uchun islom dinida tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan jonzotlarning besabab o‘ldirishga yo‘l qo‘yilmagan.Bu talablar bir tomondan insonni tabiatni muhofaza qilishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan uning qalbini muloyim, rahmdil, pok bo‘lib tarbiyalanishiga sabab bo‘ladi.
Hayvon va parrandalar bilan odamlar o‘rtasidagi munosabat va muhabbat haqida ertaklar yaratilgan. Hamid Olimjonning “Bunyod bilan Parizod” dostonida Semurg‘ qush timsolini yaxshi bilamiz. Semurg‘ qaysi ertak yoki dostonda bo‘lmasin insonga yordam berib, uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilgan odamzodning eng yaqin do‘sti sifatida talqin qilinadi. Andijon shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ining o‘rtasida hovuz bo‘yida xalq ustalari tomonidan yaratilgan, qulochlarini yoyib ko‘zlari yonib turgan “Semurg‘” haykali mavjud. Qushning qanotlari ostiga katta choyxona o‘rnashgan. Bu haykal insonni naqadar qushlarga mehr-muruvvatli bo‘lganligini ko‘rsatadi. Tojikistonning Xo‘jand (Leninobod) shahrida daryo ko‘prigidan bir-bir yarim chaqirim masofada “Chumchiq Orol” bor. Ana shu orolga ham uchishga shaylanib, turgan bir qushning haykalli qo‘yilgan.
Shahar va qishloqlardagi ayrim oromgohlarda suv bo‘yida turgan ohu, qo‘nib turgan burgut, lochin siymolari mavjud. Samarqanddagi Sherdor madrassasining tavqida, Toshkentdan Farg‘onaga olib boruvchi dovon orqali o‘tadigan yo‘lning baland nuqtasida sher haykali o‘rnatilgan. Toshkentdagi mustaqillik maydoni, O‘zbekiston mehmonxonasi oldiga qurilgan koshona tepasida laylaklar haykali o‘rnatilgan. Bularning barchasi odamzodning hayvonot olamiga mehr-muhabbati, unga bo‘lgan oqilona munosabatining ramziy belgisidir.
Hayvonot olamiga, barcha jonzotlarga mehru-shafqatli bo‘lish savobdur. Hayvonlarni boqish, par-varish qilish kerak. Mol-qo‘yi bor uyda baraka bor, o‘rdak, g‘oz, tovuq boqilsa, oila uchun koni foydadir.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling