‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi sao
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vatanda Qish ham qiladi handa. Quvonamiz oppoq qor Gupillatib yoqqanda. (Zafar Diyor) Bu to ‘rtlikda Vatan
Uni kitobi menda. Uzumni mazasi shirin.
0 ‘rin-payt kelishigi affiksi -da ham uzra, orqali ko‘makchisi bilan sinonimik munosabatda bo ‘ladi. Masalan: Shahar uzra (shaharda) qanot yozgan xavf-xatar sababli, qalandarlaming jazava bilan hu-huvlab zikr tushishlari vahimali tuyular edi. ( Odil Yoqubov) Radioda e 'lon qildi — radio orqali e jon qildi. Shuningdek, uzra ko‘makchisi jo ‘nalish kelishigi affiksi -ga, orqali k o ‘m akchisi, chiqish kclishigi affiksi -dan bilan ham sinonimik munosabat hosil qilishi mumkin. Masalan: Daryo uzra kech qo'nmoqda, Qirg 'oqlari xo ‘p charog ‘on. Sevikli yor shunday chog'da, Tursak bunda biz yonma-yon. ( Qo ‘shiqdan) Horazmga Am udaryo orqali borish m um kin — Horazmga Amudaryodan boriiadi. Chiqish kelishigi affiksi -dan, -ni bilan sinonimik munosabat hosil qilishi mumkin. Lekin bunda boshqa-boshqa maqsad ko‘zda tutiladi. Masalan: Nondan oling — nonni oling, choydan iching — choyni iching. Birinchi holatda butunning qismi nazarda tutilsa, ikkinchisida esa butun nazarda tutiladi. -dan uchun, bilan, tufayU kabi ko‘makchilar bilan ham sinonimik munosabat hosil qiladi. Masalan: Zinapoyadan chiqing — zinapoya bilan chiqing. Bizning faro vo n lig im iz m ehnatdan — bizning 53 www.ziyouz.com kutubxonasi farovonligimiz mehnat tufayli. Tinchlik ho 'lgani uchun baxtiyormiz — tinchlik b o ‘lganidan baxtiyormiz■ Ba’zi hollarda kclishik aflikslari pleonastik holatda, yani qo‘sha qo‘llanib, ta ’kidni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Masalan: — Mana bunisinikimi? — u barmog'ini nuqib k o ‘rsatdi. M a’lumki, egalik aflikslari mavjud bo‘lgan so‘z qaratqich kelishigi affiksili so‘z bilan birikma hosil qiladi. Masalan: gulning bargi, mening kitobim. Bunda aniqlovchi-aniqlanmish munosabati ifodalanadi. Lekin qaratqich kelishigi afliksi -niki bilan ifodalanganda, bu munosabat buziladi: barg gulniki, kitob meniki. Bunday hollarda egalik afliksi ishlatilmaydi va endi aniqlovchi- aniqlanmish emas, ega-kesim munosabati ifodalanadi, lekin m a'no qarashlilikni bildiraveradi. B a'z an q aratq ich -q aralm ish m unosabatida ishlatilayotgan birikmalarda egalik affiksi tushib qoladi. Masalan: Bizning xotinlarga hayo fazilat, Vafo hunaridir, mehnat odati. (G'afur G ‘ulom) Bu o ‘rinda xotinlarimizga deb egalik affiksi bilan qo'llanganda, poetik stilga xos bo‘lgan ko‘tarinkilik, umumiylik ifodalanmas edi. Bizjning ulug‘ Vatanda Qish ham qiladi handa. Quvonamiz oppoq qor Gupillatib yoqqanda. (Zafar Diyor) Bu to ‘rtlikda Vatan so‘ziga egalik affiksi qo‘shilganda misradagi bo‘g‘inlar soni ortib ketardi va qofiya buzilar edi. Shunday bo'lmasligi uchun egalik affiksi qo'llanmagan. K o ‘plik affiksi -lar ko‘plik m a’nosini ifoda qilishdan tashqari, ta'kid kabi m a’nolam i bildiradi: Agar jangda ish bermasang, Olmasang botir deb nom. Dushmanni yengib qaytmasang, Bergan sutlarim harom. (Hamid Olimjon) Bu misolda -lar m a’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, -lar qo'shimchasi yana ko'pgina stilistik m a'noni ifodalashi mumkin: 54 www.ziyouz.com kutubxonasi 1. Buvimlar keldilar. (hurmat ma ’nosi) 2. Kelibdilar-da. (piching ma 'nosi) 3. Senlar kimsanlar? (kamsitish ma 'nosi) 4. Nimalar qilding? (noaniqlik ma 'nosi) Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling