´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги


RETSEPTDAGI MUHIM QISQARTMALAR


Download 1.17 Mb.
bet5/42
Sana21.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1373451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Kerakli

RETSEPTDAGI MUHIM QISQARTMALAR


To‘liq yozilishi

Qisqartma

Tarjimasi

Ana

An.

Dan (baravar)

Adde

Ad.

Qo‘sh, yetkaz

Ampulla

Amp.

Ampula

Aqua destillata

Aq. dest.

Distillangan suv

Cum

Cum

Bilan

Capsula

Caps.

Kapsula

Capsula amylum

Caps. amyl.

Kraxmal kapsula

Capsula gelatinosa

Caps. gelat.

Jelatin kapsula

Charta cerata

Ch. cer.

Mo‘m qog‘oz

Cito

Cito

Tez

Cortex

Cort.

Po‘stloq

Dentur

D.

Ber, berilsin

Dentur tales doses numero

D.t.d.N.

Shunday dozalardan shuncha miqdorda berilsin

Decoctum

Dec.

Qaynatma

Detur. Signetur.

D.S.

Berilsin, ko‘rsatilsin

Dragee

Dragee

Draje

Emplastrum

Empl.

Plastir

Emulsum

Emuls.

Emulsiya

Extractum

Extr.

Ekstrakt

Yex

Yex

Nisbatda

Ex tempore

Ex tem.

Qo‘llashdan oldin

Fiat

f.

Bo‘lsin

Fluidum

Fluid.

Suyuq

Folium

Fol.

Barg

Gutta

gtt.

Tomchi

Herba

Hb.

O‘t, giyoh

In

In

Da

Infusum

Inf.

Damlama

Misce

M.

Aralashtir

Oleum

Ol.

Yog‘

Pulvis

Pulv.

Sochma

Quantum satis

q.s.

Kerak bo‘lgancha

Radix

Rad.

Ildiz

Recipe

Rp.

Ol

Signa

S.

Belgila, ko‘rsat

Semen

Sem.

Urug‘

Sirupus

Sir.

Sharbat

Solutio

Sol.

Eritma

Suppositorium

Supp.

Shamcha

Unguentum

Ung.

Surtma

Numero

N.

Miqdori, soni

Sterilisetur

Steril.

Sterillansin

Suspensio

Susp.

Suspenziya

Tinctura

Tinct. (T-ra)

Tindirma



Takrorlash uchun savollar:

  1. Retsept nima?

  2. Retsept qanday tarkibiy qismlardan iborat?

  3. Retseptning qaysi qismlari lotin, qaysilari davlat tilida yoziladi?

  4. Qanday retseptlar davolash muassasasining ““ “Retseptlar uchun” va qaysilari yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi?

  5. Retsept bo‘yicha dori olishni tezlashtirish uchun yoki retseptni qayta qo‘llash uchun retseptga qanday so‘zlar yozilishi kerak?



DORI SHAKLLARINING TASNIFI


Dori shakli – dori moddasini qo‘llash uchun eng qulay holga keltirilgan shaklidir. Chunonchi dori shakllarining quyidagi turlari
tafovut qilinadi:

  1. Suyuq dori shakllari

  2. Yumshoq dori shakllari

  3. Qattiq dori shakllari



SUYUQ DORI SHAKLLARI


Suyuq dori shakllariga quyidagilar kiradi:

  • Eritma – Solutio

  • Damlama – Infusum

  • Qaynatma – Decoctum

  • Tindirma – Tinctura

  • Aralashma – Mixtura

  • In’yektsiyalar uchun ishlatiladigan dori shakllari – Formae

medicamentorum pro injectionibus

  • Ekstrakt – Extractum

  • Emulsiya – Emulsum

  • Shilimshiq - Mucilago

  • Suspenziya – Suspensio



ERITMALAR


Eritma bosh kelishik birlik sonda - Solutio, qaratqich kelishik
birlik sonda - Solutionis.
Eritmalar bitta dori moddasini erituvchida eritish yo‘li bilan hosil qilinadi. Ular tiniq suyuqlik bo‘lib, saqlanganda cho‘kma hosil qilmaydilar.
Demak, eritma 2 ta tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: eruvchi va erituvchi.
Erituvchi sifatida quyidagilarni ishlatish mumkin:

  • Distillangan suv – Aqua destillata

  • Etil spirti – Spiritus aethylicus

  • Glitserin – Glycerinum

  • Vazelin moyi – Oleum Vaselini

  • Zaytun moyi – Oleum Olivarum

  • Shaftoli moyi – Oleum Persicorum

Eritmalar ichish, sirtga ishlatish, shuningdek in’yektsiyalar uchun ishlatiladi.


ICHISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN ERITMALAR


Ichish uchun tavsiya etiladigan eritmalarni odatda darajalarga
bo‘lingan stakanchalarda, choy qoshiqlarda, desert qoshiqlarda, osh qoshiqlarda, shuningdek tomchi holida taqsimlash tavsiya etiladi.
Qoshiqlar bilan beriladigan eritmalar 1 choy qoshiq 5 ml, 1 desert qoshiq 7,5 – 10 ml va 1 osh qoshiq 15 ml hajmga ega.
Qoshiqlarda taqsimlanadigan eritmalar odatda kuniga 3 mahal, ichish uchun 4 kunga hammasi bo‘lib 12 marta qabul qilishga yozib beriladi.
Eritmalarni retseptda 3 xil shaklda yozish mumkin:

  1. Kengaytirilgan shakl. Bunda barcha dori moddalarining tarkibiy qismlari, ya’ni dori modda va erituvchi moddaning nomi, ularning miqdori (og‘irligi yoki hajmi) ko‘rsatiladi.

Misol. Natriy bromid (Natrii bromidum) td = 0,3 eritmasi 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahaldan 4 kunga ichish uchun yozib berilsin.
3 mahal x 4 kun = 12 marta
td = 0,3 natriy bromid – 0,3 x 12 = 3,6
“Erituvchi sifatida suv olingan.
Suv 1 osh qoshiqda 15 ml. 12 marta – 15 ml x 12 = 180 ml.
Rp.: Natrii bromidi 3,6
Aquae destillatae 180 ml
M.f. solutio
D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.



  1. Qisqartirilgan (“ex” – nisbatda) shakl, bunda retsept eritma so‘zi bilan boshlanib, so‘ngra dori moddaning nomi, uning eritmadagi gramm miqdori, butun eritma miqdoriga bo‘lgan nisbati ko‘rsatiladi. Agarda erituvchi sifatida suv olingan bo‘lsa, u holda suvdagi eritma ekanligi ko‘rsatilmaydi. Lekin yog‘li eritma bo‘lsa (oleosae), spirtli eritma bo‘lsa (spirituosae) ko‘rsatilishi kerak.

Rp.: Solutionis Natrii bromidi ex 3,6 – 180 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.

  1. Qisqartirilgan foyz shakl – eritmaning kontsentratsiyasi foizlar hisobida ko‘rsatiladi: 100 ml erituvchida eritilgan moddaning miqdori (pro centum - lotincha yuzda qancha).

Hisob: 3,6 – 180 ml x = 3,6 x 100 = 2%
x - 100 ml 180
Rp.: Solutionis Natrii bromidi 2% - 180 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.


Takrorlash uchun savollar:

  1. Dori shakli nima?

  2. Necha xil dori shakllari mavjud?

  3. Suyuq dori shakllariga nimalar kiradi?

  4. Qanday dori shakli eritma deb ataladi?

  5. Eritmalarni tayyorlash uchun erituvchi sifatida qanday moddalar qo‘llaniladi?

  6. Erituvchisiga ko‘ra eritmalar necha xil bo‘ladi?

  7. Eritmalar qaysi yo‘l bilan qo‘llaniladi?

  8. Eritmalarni retseptda yozishni nechta turi ma’lum?

  9. Ichish uchun eritmalar qanday taqsimlanadi?



Mustaqil retsept yozish uchun misollar:

  1. td = 0,02 bo‘lgan papaverin gidroxlorid (Papaverini hydrochloridum) ni choy koshiqda ichishga suvli eritmasiga retsept yozing.

  2. td = 0,5 bo‘lgan kaliy bromid (Kalii bromidum) ni suvli eritmasini osh koshiqda ichish uchun kengaytirilgan va qisqartirilgan shakllarda retsept yozing.

  3. td = 1,0 bo‘lgan kaliy xlorid (Kalii chloridum) ni 6 yoshli bolaga ichish uchun suvli eritmasiga barcha shakllarda retsept yozing.



DAMLAMA, QAYNATMA


Damlama bosh kelishik birlik sonda - Infusum, qaratqich kelishik birlik sonda - Infusi.
Qaynatma bosh kelishik birlik sonda - Decoctum, qaratqich kelishik birlik sonda - Decocti.
Damlama va qaynatmalar o‘simlik xom ashyosining qaynoq (100ºS) suv bilan olingan ajratmalaridir. Ular ichish uchun mo‘ljallangan. Damlamalar ko‘pincha o‘simliklarning bargi – folium, guli - flos, o‘tidan - herba tayyorlanadi. Qaynatmalar odatda usimliklarning po‘stlog‘i - cortex, ildizi - radix, ildizpoyasidan - rhizoma tayyorlanadi. Damlamalar 15 daqiqa qaynatilib, batomom sovigandan keyin filtrlanadi. Qaynatmalar esa 30 daqiqa qaynatilib qaynoq holda filtrlanadi. Damlama va qaynatmalar tez buzilib qoladigan bo‘lgani uchun ko‘pi bilan 3-4 kunga kerakli mikdorda dorixonada tayyorlanadi. Ular ko‘pincha qoshiqlarda ichish uchun tavsiya etiladi. Retseptda faqatgina qisqartirilgan shaklda yoziladi. Damlama va qaynatmalarni tayyorlash uchun o‘simliklarni quyidagi standart kontsentratsiyalari qabul qilingan:

  • Kuchsiz ta’sir ko‘rsatadigan o‘simliklar uchun 1:10

  • Kuchli ta’sir ko‘rsatadigan o‘simliklar uchun 1:30

  • Zaharli ta’sir ko‘rsatadigan o‘simliklar uchun 1:300

ZAHARLI TA’SIR KO‘RSATUVCHI O‘SIMLIKLAR (DIT)


folium Digitalis - angishvonagul bargi
radix Ipecacuanhae - ipekakuana ildizi
herba Thermopsidis - termopsis o‘ti
Md = 0,1, td = 0,05. 0,05 x 12 = 0,6 15 ml x 12 = 180 ml
ex 0,6 – 180 ml (1 : 300)


KUCHLI TA’SIR KO‘RSATUVCHI O‘SIMLIKLAR (CVASS)


herba Convallariae - marvarid gul o‘ti
radix Valerianae - valeriana ildizpoyasi
herba Adonidis vernalis - bahorgi adonis o‘ti
radix Senegae - istod ildizi
Secale cornutum - qora mug‘
Md = 1,0, td = 0,5. 0,5 x 12 = 6,0 15 ml x 12 = 180 ml
ex 6,0 – 180 ml (1 : 30)
Retseptga misol. Termopsis o‘tidan 1 : 300 nisbatda 180 ml damlama yozib berilsin. 1 osh qoshiqdan ichishga buyurilsin.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling