Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/47
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1721980
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
Java Sattorov 1-qism

 
for-sikl operatori. 
Bu operatorning ko‗rinishi quyidagicha: 
for (sikl parametrini aniqlashsharto‘zgarish qoidasi){ 
// takrorlanuvchi operatorlar 

Masalan, 
int i;//1-misol 
for (i=1;i<10,i=i+1){…} 
Bu ikki satrni quyidagicha ham yozish mumkin: 
for (int i=1;i<10,i=i+1){…}//2-misol 
yoki 
for (int i=1;i<10,i+=1){…} 
yoki 
for (int i=1;i<10,i++){…} 
Bu turdagi sikl operatori quyidagi qonuniyat bo‗yicha ishlaydi:
1. Sikl boshida bir marta sikl parametri aniqlanadi. Sikl parametrini 
aniqlash deganda, parametrga boshlang‗ich qiymat (agar parametr siklgacha 
ta‘riflangan bo‗lsa,, 1-misol) berish yoki sikl parametrini ta‘riflash va unga 
boshlang‗ich qiymat berish (2-misol) tushuniladi.
2. Shart tekshiriladi. Agar shart rost bo‗lsa, takrorlanuvchi operator 
bajariladi, aks holda sikl yakunlanadi. 


56 
3. O‗zgarish qoidasi bo‗yicha parametrning navbatdagi qiymati hosil 
qilinadi va 2-holatdan boshlab yana takrorlanadi.
Bu turdagi sikl operatorida takrorlanuvchi operatorlar bir marta ham 
bajarilmasligi mumkin. Siklda takrorlanuvchi operatorlar bitta bo‗lsa, {} 
qavslarni qo‗ymasa xam bo‗ladi. Agar sikl parametri faqat siklning ichidagina 
ishlatilsa, uni sikl ichida ta‘riflash maqsadga muvofiq, chunki sikldan chiqish 
bilan bu parametr yo‗qoladi. O‗zgaruvchilarning ta‘sir doirasi mavzusida bu 
haqda batafsil to‗xtalamiz. 
Quyida 7.1-rasmdagi algoritmning f(i)=i uchun programmasini 
keltirilgan:
public class Summa { 
public static void main(String[] args) { 
int s=0, n=20; 
for (int i=1; i<=n; i++) 
s+=i;
System.out.println("summa= " +s); 
} } 
Massiv elementlarining yig‗indisini topish programmasini for operator 
yordamida quyidagicha yozish mumkin: 
public class Main { 
public static void main(String[] args) { 
int i; 
double s=0; 
double A[]={2,5,6,-7,10,9,12,4,25,1}; 
for (i=0;is+=A[i]; 
System.out.println("s="+s); 
} }
Bu programmada A.length massiv elementlarining sonini aniqlovchi 
metoddir. Quyida berilgan sonning tub yoki tub emasligini tekshiruvchi 
programma keltirilgan [1]: 
package tub_son; 
public class Tub_son { 
public static void main(String[] args) { 
int n; 
boolean b=true; 
n=13; 
for(int i=2; i<=n/i; i++){ 
if ((n%i)==0){ 
b=false; 
break; 


57 
} } 
if (b) System.out.println("Tub"); 
else System.out.println("Tub emas"); 
}} 
Java da bir paytda sikl parametri bir nechta bo‗lishi mumkin. Faraz 
qilaylik, quyidagi programma berilgan bo‗lsin: 
package par_2; 
public class Par_2 { 
public static void main(String[] args) { 
int a,b; 
b=4; 
for( a=1;aSystem.out.println("a="+a); 
System.out.println("b="+b); 
b--; 

} } 
Bu programmani quyidagicha ham yozish mumkin:
package par_2; 
public class Par_2 { 
public static void main(String[] args) { 
for(int a=1,b=4; aSystem.out.println("a="+a); 
System.out.println("b="+b); 

}} 
Bu ikki programmaning natijasi bir xil bo‗lib, quyidagi ko‗rinishda 
bo‗ladi: 
a=1 
b=4 
a=2 
b=3 
Java da sikl operatoridagi shart siklning parametriga bog‗liq bo‗lmasligi 
ham mumkin: 
boolean bol=false;
for(int i=1; ! bol; i++) { 
if (i==10) bol=true; 
System.out.println("i="+i); 
i++; 

Quyidagi ko‗rinishdagi sikl operatori cheksiz takrorlanadi: 


58 
for( ; ; ){ 
//… 

Sikl operatorlari ham ichma-ich joylashgan bo‗lishi mumkin. Masalan, 
sonlarni quyidagi ko‗rinishda chop etmoqchisiz.
1
1 2
1 2 3
1 2 3 4
1 2 3 4 5
1 2 3 4 5 6
1 2 3 4 5 6 7
1 2 3 4 5 6 7 8
1 2 3 4 5 6 7 8 9
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 
U holda bu natijani beruvchi programma quyidagicha bo‗lishi mumkin: 
public class Main { 
public static void main(String[] args) { 
for(int i=1;i<=10;i++){// tashqi sikl 
for(int j=1;j<=i;j++){// ichki sikl 
System.out.print(j+" "); 
}// ichki siklning oxiri 
System.out.println("\n");// yangi satrga o‗tish 
}// tashqi siklning oxiri
} } 
Tashqi siklning har bir qadamida ichki sikl to‗liq qaytariladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling