Õzbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi reja


Download 204.56 Kb.
bet2/71
Sana19.11.2021
Hajmi204.56 Kb.
#175801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
J TARBIYA

Jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasi predmeti.
Reja:
1. Jismoniy tarbiya nazariyasining manbalari.
2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati rivojlanishining davrlari.
3. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining boshqa fan bilan bog'liqligi
4. Jismoniy tarbiya nazariyasining etakchi tuchunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikga yunaltirilgan uquv predmeti sifatida
jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamalligi va unga
erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini urgatadi Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan
tarzida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izohlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida
insonni jismoniy barkamolligining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning uslubiyati haqidagi
amaliy, nazariy bilimlarni beradi, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va kunikmalari zahirasini oshiradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uning amaliyoti hamisha rivojlanishda va mukammalashib boradi.
Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot malumotlari, jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyatini yangicha
tamoyillar va qonunlar bilan boyita boradi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya nazariyasi vametodikasi
predmeti qotib qolgan uzgarmas malumotlardan iborat bulishi mumkin emas.
Jismoniy nazariyasi va metodikasi ijtimoiy, tabiyi, pedagogika fanlari erishgan muvoffaqiyatlarga
tayanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi har qanday holatda ilmiy pedagogikaning negizini
tashqil etuvchi umumiy qonunlardan, printsiplar va qoidalardan foydalanadi, shu jumladan, barcha sport
fanlari uchun ham bu qonunlar, printsiplar va qoidalar mos keladi va uziga hos manokasb etadi.
Uquv fani sifatida shakllanishi va uning rivojlanishiga jamiyat a zolarining jismoniy tayyorgarligini
oshirish mumkinligi haqidagi nazariy fikrning vujudga kelishi va unga intilish sabab buldi. Bu bilan
insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish mehnat va harbiy amaliyotda yuqori samara berishi
isbotlandi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining m a z m u n i quydagilarni uz ichiga oladi:
-jismoniy tarbiya jamiyat mahsuli ekanligi, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning boshqa shakllari bilan
bogliqligi:
-jismoniy tarbiyaning maqsadi, uning umumiy vazifalari va tamoilari:
-jismoniy tarbiyaning vositalari, metodik printsiplari:
-xarakatga urgatish, uqitishning uslublari:
-jismoniy sifatlarni rivojlantirish:
-jismoniy mashqlar bilan shugullanish mashgulotlarini tashqillashning shakllari:
-jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirish va uning hisoboti:
-jismoniy tarbiya uslubiyatining xususiyatlari:
-maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi:
-sport trenirovkasi jarayonining tavsifi.
Pedagogik jarayon tarzida jismoniy tarbiyani umumiy qonuniyatlari jismoniy tarbiya nazariyasining urg
anish predmeti hisoblanadi. Umumiy qonuniyatlar deganda, aholining har qanday tabaqasini: bolalar,
usmirlar, yoshlar, Urta yoshdagilar, kattalar va qariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shugullanishni
endigina boshlaganlarni, malakali sportchilarni jismoniy tarbiyasining xususiy tomonlari tushuniladi.
Bundan tashqari jismoniy tarbiya uslubiyati jismoniy tarbiyani ajratib olingan ayrim xususiy
qonuniyatlarini ham urganish predmeti qilib belgilaydi va pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlarini
amalga oshirishda “Umumiy va kasb maxsus jismoniy tayorgarligi metodikasi” deb aniq yunalishdagi
metodikalardan foydalaniladi. Bunday uslubiyatlarni har birini ichida uzlarining xususiy uslublari
mavjud.Uslublarning turli-tumanligi shugullanuvchilarning qaysi psixologik tiplariga mansubliligi,
ulaming yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va tanlangan sport mutaxassisligi (maktab yoshidagi
bolalar jismoniy tarbiyasi metodikasi va h.k.) ga xos va mos kelishi kerak.
Sport pedagogikasining ayrim fanlari uslubiyati (sport o’yinlari, gimnastika va boshqalarni uqitish
metodikasi) alohida mustaqil ajratilgan ilmiy va uquv fanlari tarzida shakllangan. Jismoniy tarbiya
nazariyasi va uslubiyati fani esa ularni yagona nazariy va uslubiy asoslar bilan qurollantiradi, urganish
predmetlari xarakteriga kura pedagogika fanlari tizimidagi fan sifatida uz qoidalarini ijtimoiy psixologik
va biologik faktorlar hisobiga tuldiradi.

Download 204.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling