Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида


Klassik siyosiy iqtisod maktablari


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana07.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1245809
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ITT To\'liq javoblar 1-150 (1)

Klassik siyosiy iqtisod maktablari — iqtisodiy taʼlimotlar tarixida 17—19-asrlarda vujudga kelgan 
yoʻnalishlar. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m. qarashlari jamiyatning iqtisodiy hayotini dastlabki 
tizimli oʻrganish qoʻllanilgan nazariyalar hisoblanadi. Bu maktablarning yuzaga kelishiga 17-asr oxiri—
18-asr davomida kapitalistik iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki 
boʻldi. Maktablarning klassik deb atalishining sababi shuki, ularning namoyandalari oʻz asarlarida hozirgi 
bo-zor iqtisodiyoti asosida yotuvchi qonuniyatlarni oʻrganganlar, bu sohada muhim kashfiyotlar qilganlar 
va bu jihatdan ularning qarashlaridagi ilmiy qoidalar hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Klassik 
maktab vakillari vujudga kelayotgan yangi jamiyat — kapitalizmni ishlab chiqarishningabadiy va tabiiy 
shakli, inson tabiati (aqliy egoizm)ga mos tushuvchi birdan-bir jamiyat sifatida qaraganlar. 


122. Merkantilizm davri har bir shaxs o‗z-o‗zi uchun iqtisodchi, degan aqida bilan xarakterlandi. 
Merkantilizm atamasi 1500-1750-yillar oralig‗ida yaratilgan iqtisodiy adabiyotlar va amaliy takliflarga 
nisbatan ishlatiladi. Merkantilizm – bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning rivojlanishiga 
bo‗lgan qarashlar tizimi va proteksionizm prinsiplariga asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy 
siyosati, u feodalizmning yemirilish davriga muvofiq keladi va ―noindustrial‖ iqtisodiy davrdagi 
iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga uringan ta‘limot hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm buyuk geografik 
kashfiyotlardan oldin paydo bo‗ldi va XVI asrning o‗rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy 
vakillari Uilyam Stafford , Gaskar Skaruffi va boshqalar hisoblanadi. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi 
savdoni ma‘muriy yo‗l bilan qattiq tartibga solish asosida mamlakatning pul boyligini ko‗paytirishga 
qaratilgan. Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning ikkinchi yarmigacha 
bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi Bu davr merkantilistlari fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy 
siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha ko‗proq pul mablag‗larini jamg‗arish emas, 
balki aktiv savdo balansiga erishish, ya'ni eksportning importdan ustun bo'lishidir. 
123. Richard Taler iqtisodiy qarorlarni qabul qilish tahlilida realistik, evolyutsion va qiymatga asoslangan 
psixologik taxminlarni o'z ichiga olgan. U o'ziga xos kognitiv g'ayritabiiylikning cheklangan 
ratsional oqibatlarini , cheklangan ratsionallik , ijtimoiy imtiyozlar va o'zini o'zi boshqarish qobiliyatining 
yo'qligi kabi odamlarning xususiyatlarini , ularning individual qarorlar qabul qilishga ta'sirini, shuningdek 
umuman bozorlarning faoliyatiga ta'sirini aniqladi . Taler moliyaviy qarorlar qabul qilishda odamlar 
foydalanadigan soddalashtirishlardan foydalanishni hisobga oladigan nazariyani ishlab chiqdi. Nazariy va 
eksperimental tadqiqotlar davomida Taler odamlarning odil sudlovni so'zsiz qadriyat sifatida tushunishi 
qarorlarni qabul qilishga ta'sirini aniqladi . Richard Taler individual qarorlarni iqtisodiy va psixologik 
tahlil qilish o'rtasidagi bog'liqlikni o'rnatdi. Uning empirik xulosalari va nazariy tushunchalari iqtisodiy 
tadqiqotlar va siyosatning ko'plab sohalariga chuqur ta'sir ko'rsatgan xatti-harakatlarning yangi va tez 
sur'atlar bilan kengayib borayotgan sohasini yaratishda muhim rol o'ynadi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling