Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

86
1
-modda. Davlat ijrochisining qarorlari ustidan shikoyat berish va protest keltirish. 
Davlat ijrochisining harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish
Davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qaror chiqarilganligi 
to‘g‘risida xabar qilingan kundan yoki manfaatdor shaxsga o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlari buzilganligi haqida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda davlat 
ijrochisi joylashgan erdagi ma’muriy sudga yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga
mansabdor shaxsga beriladi.
Davlat ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest 
keltirilishi mumkin. 
(86
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
87-modda. Davlat ijrochisining talablarini bajarishning majburiyligi
Davlat ijrochisining o‘z vakolatlari doirasidagi talablari O‘zbekiston Respublikasi 
hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. 
Davlat ijrochilari o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar 
va hujjat nusxalari ularning talabiga ko‘ra bepul va davlat ijrochisi tomonidan belgilangan 
muddatda taqdim etiladi. 
Davlat ijrochisining talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni 
bajarishiga monelik qiluvchi xatti-harakatlar sodir etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka 
sabab bo‘ladi. 
(87-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 


 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
198-moddasi 
va 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
219-moddasiga 
qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling