Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

83
1
-modda. Bosh davlat ijrochilarining va ular o‘rinbosarlarining vakolatlari 
O„zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog„iston Respublikasi
viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning o„rinbosarlari:
quyi turuvchi davlat ijrochilaridan ijro ishi yuritish materiallarini, hujjatlar va ijro 
hujjatining ijro etilishi jarayoni to„g„risidagi boshqa ma‟lumotlarni tekshirish uchun talab qilib 
oladi;
ijro ishi yuritish, shu jumladan u yoki bu ijro harakatlarini amalga oshirish bo„yicha yozma 
ko„rsatmalar beradi;
davlat ijrochilarining noqonuniy va asossiz qarorlarini bekor qiladi;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
davlat ijrochisi ijro ishi yuritish jarayonida qonunchilik buzilishiga yo„l qo„ygan taqdirda, 
uni ijro harakatlarini bundan buyon amalga oshirishdan chetlashtiradi
(83
1
-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O„RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son)
davlat ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlariga doir shikoyatlarni ko„rib 
chiqadi.
O„zbekiston Respublikasining 
Jinoyat-protsessual kodeksiga 
muvofiq surishtiruv organi 
boshlig„ining vazifalarini bajaradi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qonunchilikka muvofiq O„zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, 
Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, 
shuningdek ularning o„rinbosarlari boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
(83
1
-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling