Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

86
1
-modda. Davlat ijrochisining qarorlari ustidan shikoyat berish va protest keltirish 
Iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo„yicha davlat ijrochisining chiqargan qarori 
ustidan undiruvchi yoki qarzdor tomonidan ijro hujjatini bergan iqtisodiy sudga yoki bo„ysunuv 
tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga, qaror chiqarilganligi haqida xabar qilingan 
kundan e‟tiboran o„n kunlik muddatda shikoyat berilishi mumkin. 
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilmagan hollarda davlat ijrochisining qarori 
ustidan qaror chiqarilganligi haqida xabar qilingan kundan e‟tiboran o„n kunlik muddatda davlat 
ijrochisi joylashgan erdagi umumiy yurisdiksiya sudiga yoki bo„ysunuv tartibida yuqori turuvchi 
organga, mansabdor shaxsga shikoyat beriladi. 
Davlat ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest 
keltirilishi mumkin. 
(86
1
-modda O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
87-modda. Davlat ijrochisining talablarini bajarishning majburiyligi
Davlat ijrochisining o„z vakolatlari doirasidagi talablari O„zbekiston Respublikasi 
hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. 
Davlat ijrochilari o„z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo„lgan axborot, hujjatlar 
va hujjat nusxalari ularning talabiga ko„ra bepul va davlat ijrochisi tomonidan belgilangan 
muddatda taqdim etiladi. 
Davlat ijrochisining talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni 
bajarishiga monelik qiluvchi xatti-harakatlar sodir etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka 
sabab bo„ladi. 
(87-modda O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
 LexUZ sharhi 
O„zbekiston Respublikasi Ma‟muriy javobgarlik to„g„risidagi kodeksining 
198-moddasi 
va 
O„zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
219-moddasiga 
qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling