‘zbekiston respublikasj o liy va ‘rta maxsus ta’lim V a zir lig I


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/90
Sana13.07.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1660107
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va folklor (Mamasoli Jumaboyev)

Bir ot bo ‘Igan — Boychibor,
0 ‘zbek eli tomonda.
Uning dong ‘i k o ‘p yoqqa 
Yoyilib ketgan ekan.
Otni mingan haryigit 
M urodga yetgan ekan.
Chavandoz ko‘p jan g qiladi, dushmanni ko‘p qiradi. Uning shashti, 
kuchi, g'ayrati zo‘r. B ulam ing hammasi Boychibor bilan, aw alo suyumliligi 
b ilan, kuchi, jasorati bilan bog(liq holda beriladi:
Bo ‘lib o ‘tar ne jang, suronlar 
Dushman bosdi misli m o‘r-maiax,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Dod-faryodga to ‘lib yer, falak,
Daryo bo'lib oqardi qonlar.
Qonli janglaming birida chavandoz mardlarcha halok bo‘ladi. Bu ot uchun 
og‘ir judoLik bo'ladl U qayg‘u-g‘amga botadi. Alamzada bo‘lib yuigan otga dushman 
mingan zahoti Boychibor uni zait) bilan yelkasidan uloqtirib yuboradi:
Sapchidi ko (k ka tulpor,
Yov ustidan toyrildi.
Tepkiyeb, b o ‘lib abgor,
U jonidan ayrildi.
T o‘lan Nizom shu zaylda bedov otning egasiga sodiqligini, kerak bo'lsa 
sohibi uchun jon berishga ham tayyor ekanliginigina ko'rsatib qolmay, balki 
xalqdagi «ot ayianib qozig‘ini topadi» maqolini ham asarga singdiríb yuboradi.
Chovkar halok bo'lgan sohibining qoshiga kelib yig‘lab yuz-ko‘zidan hidlab 
tursa, egasidan judo bo‘lgan, jangda uni yo‘qotib qo‘ygan Boychibor esa o‘z 
makoniga — xo‘jasiníng uyiga talpinadi. Butun el-yurt «emi titratib», «tepib- 
kishnab» kelgan Boychibomi ko‘rib hayron va hayrat bilan yoqa ushlab qoladi:
Ot keldi uyin tanib,
Hidladi ostonani.
Tulpor turar o !rtanib,
Yurti shusog'ingani.
Shundan va/odor tulpor—
Nomi sevib alqaldi.
U haqda takror-takror—
Kuylanib doston qoldi.
«Boychibor» dostoni orqali shoir bolalami ona-V atanni sevishga, kerak 
bo‘lsa uning har bir qarich yeri uch u n qon to‘kishga, hayvonlam i, ayniqsa, 
otlam i sevishga, ulami ehtiyotlab parvarish qilishga o ‘rgatadi.
«Olmaxon» ertak-dostonida Sobir ismli bolakayning o ‘jarligi, q o ‘poI- 
qo'rsligi, olmaxonga nisbatan n o o ‘rin xatti-harakati tanqid qilinadi.
To‘Ian Nizom marhum shoir C ho‘lpon to‘g‘risida «C ho‘Ipon», o'zbek 
mumtoz adabiyotining otashin kuychilaridan biri Boborahim Mashrab haqida 
«Ruhi ravonim», Qamchiq devoni to ‘g‘risida «Devon» kabi dostonlar ijodkori 
hamdir.
C ho‘lponning ona shahri Andijonda To‘lan N izom qalam iga mansub 
«Cho‘lpon» spektakli bir necha yillardan beri namoyish qiiib kelinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


TURSUNBOY ADASHBOEV1
(1939 yilda tug‘ilgan)
She’r haqida so‘zlab berish, aslida nochorlikning ishi. Yaxshi she’mi 
o'qiganga, undagi voqea yoki m antiqni shoir qalbiga yaqinlashib his qilganga 
nima yetsin! Aslida, she’r shuning uchun yoziladi. Bu bizning — shoirlikka 
ixlosmand odamning nuqtai nazarimiz.
Bolalar ham xuddi shunday. She’r haqidagi chuqur ilmiy mulohazalar, 
bahslar, jim jim ador fikrlar-u, balandparvoz ovozalar ular uchun mutlaqo 
ahamiyatsiz. Dunyoni tanib kelayotgan yosh qalb atrofidagi ham m a narsa, 
hodisa, munosabatlarga qalb ko‘zlarini katta-katta ochib qaragani, talpingani 
kabi, hayotning jonli parchalariga aylangan she’rga ham do‘st tutinadi. Bolalar 
she’ríyatining mas’uliyati, o‘ziga xosligi ham bolalaming mana shu hislatlaridan 
kelib chiqadi. Qisqasi, bolalarga sodda, samimiy, qiziq, tabiiy, chiroyli, 
zavqli she’rlar kerak. Xuddi m ana bu she’r kabi:
M urod bilan 
Urolmadim
Biiga biz 
Bitta ham
Borgan edik 
Chetga qochar
«Tir» ga biz 
Muttaham.
Otib ko‘rsam 
0 ‘nlab o ‘tar
Tulkiga. 
Chizig‘in
Tegmay, 
Ayji o ‘yin
Qoldim
Qizig‘i
Kulgiga. 
Tugab qoldi
M o‘ljal olsam 
Tangamiz.
Mushukka, 
Bergan edi
0 ‘q sanchildi 
Yangamiz,
Eshikka, 
Sovun bilan
Doirada 
G'altakka.
J o ‘n raqam
Q olar bo'Idik.
Etti, sakkiz, 
Kaltakka.
O 'n raqam,
Kelajakka intilamiz. Vatan, ona, qadrdon shahar yoki qishloq, sahovatli 
tabiat, ko‘ngli daryo odamlarga m ehru muhabbatimiz rishtalarini bog‘lagan 
o ‘tgan kunlarim izni sog‘inam iz. Shu sog‘inchning ildizlari qalbimizda 
q a n c h a la r c h u q u r b o ‘lsa, d e m a k , taq d ir bizni siylabdi. Tursunboy 
Adashboyev she’rlarida ham m adan oldin Vatanning muqaddas ostonasi 
bo‘lgan o na qishloqqa juda yoshligidan o ‘ychan termulgan, undagi har bir 
mavjudlikni bdos bilan ardoqlagan; sodda-yu to‘pori, qismati m ehnat va 
yana m ehnat boMgan, odam lam i yoshiga nisbatan ulug'roq nigoh bilan 
kuzatgan qalb manzaralari ko(zga tashlanadi.
1 B o'lim shoira. M uhtaram a Ulug‘ bilan hamkorlikda yozilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


T o‘rg‘ay yotar tuxum bosib, 
Sug'ur archa ostida
Shuvoq bilan sirlashib. 
Turar tasbeh o'chirib.
Qora qo‘ng‘iz soqqa yasab, 
Chigirtkalar qam ishdan
D o‘ngga tortar tirmashib. 
Nay yasaydi - kertadi.
Yumronqoziq serhadik 
Ko‘kandagi biyaga
Ish bitirar yugurib. 
So‘na dutor chertadi...
Tuisunboy Adashboycv o‘zi tug‘ilib o‘sgan qardosh Qiig‘iziston Rcspublikasi 
0 ‘sh viloyati tabiatini shu qadar mehr, samimiyat bilan tasviriaydiki, ko‘z 
oldingizda maijon-maijon manzaralar xushbo‘yini sochib tizilaveradi:
Asqar tog'dan suv tushar 
Arxar shohi ilinib
Qoyalarda yanchilib. 
To'kilar xandon pista.
Deysan, nahot qarag‘ay 
Qorli cho‘qqi eslatar
Ko‘kda qolgan sanchilib. 
Qirg‘iz og‘am tum og‘in.
Kelar chanqoq bosgani 
Tog‘ asalning hididan
Kiyik, qulon ohista, 
Bitib qolar dim og‘ing.
(«Sarichelek»)
BoJaJarda birxususiyat bor - o ‘yinga, mashg‘ulotga shu qadar beriJadilarki, 
uning o'yinligini ham unutadilar. Yosh qalbda haii rostu yolg‘on, soxta-yu 
haqiqiy degan tushunchalar o‘rtasida aniq chiziqlar tortilmagan. Ular hamma 
narsaga ishonadilar, tabiiy deb qabul qiladilar. Hattoki, o ‘zlari o'yin uchun 
yaratgan narsalami ham tirik mavjudlik kabi yaxshi ko‘rib qoladilar.
«Suvga oqib ketmasaydi 
Eh hayriyat, yom g‘ir bu gal
Y old a qolgan rasmlar» deb, 
Suratlami o ‘chiribdi.
Dilshod tunda uxlay olmay 
Mashinalar, kaptarlam i 
Tashvishlanib chiqdi hadeb, 
Cho‘chitm abdi, uchirmabdi.
(«Asfaltdagi rasmlar»)
Taraqqiyot sari intilish — zam onlar uchun qonuniyat. Lekin taraqqiyot 
munis o ‘t-o ‘lanlar o‘sgan jaydari yerlami bosib-yanchib o‘tmasligi, bir- 
biriga oqibatli mehnatkash chumolilaming uyini buzmasligi kerak. Fan- 
texnika nechog'ii taraqqiy etm asin, inson boíasi, o ‘zini eng aw alo ona 
tabiat bag‘rida to‘laqonli his etadi. Katta zamonaviy shaharlarda tug‘ilib o ‘^ a n
bolalar qishloqqa borib qolsa, mitti qo‘ng‘izcha bilan kun-tun o‘ynab 
zerikmasligida hikmat ko‘p. Tursunboy Adashboyev sh e’rlarini o‘qirkan, 
yaxshi shoir bo'lmoq uchun, albatta, tabiatga yoshlikdan sirdosh, do‘st 
b o ‘lish kerakligi takror-takror dilingdan o ‘tadi. M isralardan bola qalbining 
quvonchi, hayratlari, beg‘uboñiklari ufurib turadi:
Chaqmoq ko‘kda yong‘oq chaqdi, 
So‘ng qovurib yedik yog‘da
Qizg‘aldoqlar selda oqdi, 
Bahor kelgach.
Quyosh yana kulib boqdi. 
Yalang‘oyoq qirda chopdik,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bahor kelgach. 
Savat-savatjag‘-jag‘ topdik,
Qo‘ziqorin terdik tog‘da, 
Ikki tandir somsa yopdik
Odil borm ay qoldi dog‘da, 
Bahor kelgach.
(«Bahor kelgach*)
Tursunboy Adashboyev she’rlarining qahramonlari «Loyni bir oz tindirib 
suv zahrini sindirib* g‘isht quyayotgan, «Sapchib oqqan suv bilan kim 
o ‘zarga yugurgan», xolasiga yordam uchun «... nonni botirib, qotirib qaymoq 
yegan», «Tog‘dan ko‘tarilgan quyoshni onasi yopgan patirga» o'xshatgan, 
buvisining ajinlariga qarab «Dazmol bosib olsangiz, tekis bo'lib ketardi», deb 
maslahat beradigan, kun bo‘yi bog'dagj sirpanchiqda «vagon» bo‘lib uchishgach, 
«Oqshom uyga... Shimning orti suzilib» qaytadigan quvnoq, topqir, xayolkash, 
mehnatkash, zavqi-yu ishtahasi tobida boMgan bolalar.
Ayrim she’rlardagi voqelik, tuyg‘ular kechinmasidan sh o irb u she’mi 
o ‘z boshidan kechirganlari ta’siridanmi yoki kuzatganlari asosida yozganmi
— bilinib turadi. Lekin Tursunboy Adashboyev she’rlarida bunday chegara 
yo‘q — oddiy chizgilardan salmoqli voqealargacha link qahram onning 
yuragidan o'tgan.
Ag‘darishm achoq soz o‘yin, 
0 ‘tirganlar «uh» deydi,
Polvonlar egmas bo‘yin. 
Akmal otin «chuh» deydi.
Davrani keng olamiz. 
U olgach etagimdan
Chunki tengqur bolamiz. 
T o‘qim tushdi tagimdan.
Shaylandim minib eshak, 
Ko'zimni ochsam arang,
Akmal h am chiqdi beshak. 
Polda yotibman, qarang.
Tushim ekan, xayriyat, 
0 ‘ngimdabo‘lsa... uyat
Bu she’rlardagi kitobxonga eng yoqadigan xislat — samimiyat, xolislik. 
Shoir bolalar, kattalar tabiatining, o ‘zligining yarq etgan bir qirrasini 
ko‘rsatib q o ‘yadigan manzara, voqea, bahsning suratini so'zlarda chizadi, 
lekin hech qachon qissadan hissa chiqarmaydi; she’rqahramonlarini toifalarga 
ajratib, o‘quvchini ham hakamlik chizigMning u yoki bu yog‘iga da’vat qilmaydi. 
Xuddi shu usul bilan muxlislarini bag'ri kengiikka, mustaqil mushohada 
yuritishga, hayotning o ‘ziday murakkab inson tabiatiga bir zarb bilan oq 
yoki qora chiziq tortmaslikka o'rgatsa, ajabmas:
Hoi m aktabdan kech keldi
— E-e, buni o‘rtoqIarim
U sti-boshin kir qilib. 
Futbol qilib tepishdi.
D o‘ppisi chok-chokidan 
— 0 ‘sha mahal sen o‘zing.
Ketgan edi yirtilib 
Qayoqlarda yurganding?
D o‘ppingni kim yirtdi, — deb, 
— Darvozabon edim-da.
Onasi kuyib-pishdi. 
0 ‘sha yerda turgandim...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bolalar arzimagan bir xasdan ham kashfiyot qilishlari, uni langarcho‘p 
deb miriqib o ‘ynashlari mumkin. Ba’zan farzandlarímiz ertak qahramonlaríga 
aylanadilar: gullar bilan suhbatlashadilar, xazonlam i qayiq qilib sayohatga 
chiqadilar, nim a uchun qushlar u larn in g q o ‘liga q o 'n m ay o tg a n id a n
ajablanadilar... Dunyo bolalar adabiyotida kichkintoylaming shu xislatiga 
asoslangan ajoyib ertaklar bor.
Tursunboy Adashboyev ijodida ixcham , m anzara she’rlar b o rk i, 
bolalar uchun film lar yaratuvchi m o h ir rejissyor ular asosida ajoyib 
asarlami suratga olishi mumkin. Mana bu to ‘rt qatorshe’rg o ‘yo multfilmday.
Tolning bargi suvga tushib 
Qayiq bo‘ldi.
Bu ayniqsa qumursqaga 
Loyiq bo'ldi.
Qo‘sh qirg‘oqni t o iq in yalab 
Ko'kka sapchir,
Eshkakni-chi, o‘zi yakka 
Eshar abjir.
Teng-tushlari qoldi gap-so‘z 
Tayinlashmay.
Qumursqa ham jo ‘nab ketdi 
Xayrlashmay...
Tursunboy Adashboyevning turli davrlam i, ya’ni o ‘zining bolalik 
yillarini eslatuvchi she’rlarini, farzan d larining bolaligini tasvirlovchi 
she’rlarini - barchasini ichki bir yaxlit tuyg‘u — mehr, m eh ribo n lik
birlashtirib turadi:
Villar Tursunboy Adashboevni kattalar qatoriga adashtiríb olib kirdi, 
xolos. Lekin qalbi bolalik beg‘uborliklarí, samimiyati, soddaligi, yorqin 
hayratu quvnoq topqiriiklari olamida sobit turibdi. Ana shu sadoqat Tursunboy 
Adashboevga o'zbek bolalar adabiyotini yangi-yangi betakror asarlar bilan 
boyitish baxtini nasib etaversin.
Boychechaklar nish urib
To tuiguncha o ‘midan 
Bahor qishni tam ovga 
Osib qo‘ydi bum idan.
Yoki
Qirq beshinchi yil yozi, 
Ust-bosh — yupun oq surup. 
Yorilgan tovonimga 
Onam piyozdog* surib,
H olva berib bir chaqmoq
Dam ingni ol, - der, — qani. 
Tongda jo ‘nab ketandik 
Q irga — boshoq teigani...
www.ziyouz.com kutubxonasi


SAFO OCHIL
(1942 yilda tug‘ilgan)
«Safo Ochil — serqirra ijodkor. U taniqli shoir, iqtidorli adib va taijimon, 
iste'dodli adabiyotshunos va taijimashunos olim, m ohir taibiyashunos va 
muallim, adolatli noshir sifatida o‘zbek xalqiga m a'lum va manzur», deyilgan 
adibning «Orzular ko‘kidagi shafaqlar» kitobi aw alida. T o‘g‘ri, yuqorida 
zikr qilingan sifat va fazilatlar Safo Ochilda to ‘la mujassam.
Shoir va olim Safo Ochil to ‘fonli kunlarda, o ‘zbek xalqi ikkinchi 
ja h o n urushining d a h sh atli va vahimali azob-uqubatlarini boshidan 
kechirayotgan davrda, ya’ni 1942 yil 20 mart kuni Xorazm viloyatining 
Yangiariq tumanida dunyoga keldi. U boshlang‘ich ta’limni shu tumandagi 
«01g‘a* hamda Oxurtboboyev nomli maktabJanda oldi, keyin esa Bogkot 
tumanidagi Narim onov nom li o ‘rta maktabni tamomladi.
U 1958 yilda Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutining nemis 
tili fakultetiga kirib, uni nem is tili, o ‘zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha 
tugatdi. So‘ngra Safo Ochil uzoq yillar Xorazm davlat pedagogika institutida 
o ‘qituvchi, katta o ‘qituvchi, dosent, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab, 
X orazm viloyati, q o ‘sh n i Turkm aniston Respublikasining Toshhovuz 
viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi uchun malakali kadrlar tayyorlsh 
ishlarida samarali faoliyat ko‘rsatdi.
Hozirda Safo O chil «O'qituvchi» nashriyotining « 0 ‘zbek tili va 
a d a b iy o ti, p ed ag og ika» ad a b iy o tla ri ta h ririy a tin i bo sh q arm o q d a. 
S h u n in g d e k , u N iz o m iy n o m id ag i T o sh k e n t d a v la t pedagogika 
universitetining professori sifatida 0 ‘zbekiston xalq ta'lim i tizimi uchun 
malakali o ‘qituvchi-kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Safo Ochil — filologiya fanlari nomzodi, pedagogika fanlari doktori, 
0 ‘zbekiston Y ozuvchilar uyushmasi a ’zosi, 0 ‘zbekiston xalq ta ’limi 
a ’lochisi.
Safo Ochil ijodiy faoliyatini 1955 yilda boshlagan bo ‘lib, u bolalarbop 
she’rlar mashq qildi. Yosh shoiming o‘sha davrdagi mashqlarida ham o ‘ziga 
xos isyonkorlik va kurashchanlik ko‘zga tashlanadi. «Onam paxtakor» (1955) 
sh e’rida lirik qahram on o n am « 0 ‘tgan yil ko‘p Paxta terdi, Davlat unga 
N ishon berdi. Pul ber, desa, Derlar qochqoch, Bizlaresa Och-yalang‘och» 
deya hayqiradi. D arhaqiqat, she’r yozilgan davrda paxtakor mehnatkashlar 
faqat mehnat qilishgan, lekin mehnatiga yarasha haq olishmagan. Shu hayot 
haqiqati badiiy haqiqatga aylanganki, bu mayjud sho‘ro tuzumiga nisbatan 
m urg‘ak qalblaming isyonidir.
Shoir ramziy ifodalar orqali o'zining falsafty fikrlaríni bolalar tilida 
jonlantirishga harakat qiladi. Bu o‘rinda «Kungaboqar» she' ri diqqatga loyiq.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling