‘zbekiston respublikasj o liy va ‘rta maxsus ta’lim V a zir lig I


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/90
Sana13.07.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1660107
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va folklor (Mamasoli Jumaboyev)

Vafosizda hayo yo % hayosizjda vafo yo ‘q.
Tilga e ’tiborsiz— elga e ’tiborsiz.
Oz-oz o ‘rganib dono bo ‘lur,
Qatra-qatra yigHlib daryo bo‘lur.
Bilmaganni so ‘rab o ‘rgangan olim,
Orlanib so 'ramagan o ‘ziga zolim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Navoiy zamondoshlariga juda kerak, hech kim aytolmagan, am m o 
xalqqa g‘oyat zarur katta flkrlami aylgan qudratli san’atkor edi. U keyingi 
asrlar, avlodlar uchun ham aziz va m o °ta b a r bo'lib qoldi. Navoiyning 
buyukligi shunda ediki, u o‘z davrini keng k o iam d a , to‘la ifodaiab berdi. 
Qahramonlari obrazida ahamiyatini aslo yo‘qotmaydigan chinakam insoniy, 
umumbashariy xislatlarni aks ettirdi.
Shuni ta'kidlash lozimki, hech qaysi davr bizning mustaqillik davrim iz 
kabi ulug‘ shoirning qadriga yetmagan va xalq ommasiga sh u nchalik 
yaqinlashtirmagan edi. Ha, bugun Hazrat N avoiy har bir uyga kirib keldi. 
Uning nuroniy siymosi bilan birga bizning zehnimizga va qalbimizga bitm as- 
tugunmas ruhiy boylik va hayajon abadiy ham roh bo'lib qoldi. Odatda badiiy 
adabiyot orqali xalq o ‘zini taniydi, tarixiy ahvolini, jamiyatda tutgan o ‘m in i 
tushunib oladi. 0 ‘zbek xalqi ham Navoiy asarlarida o‘zini tanidi va qadim dan 
beri, o‘z kuchi, talantiga komil ishonch bilan qarab kelganini angladi. 
Bugun biz deym izki, ey qalam a h lin in g zabardast ustodi, z a n g in
maslahatlari «zaif ilklarga asodek quw at» boMgan suxanvor! Vorislaringiz 
ko'ngli sizning jonparvar nafasingizdan tozadur, ruhbaxsh kalomingizdan 
baxtiyor zamonamiz kishilari qalbidagi sizga boMgan tahsin va ofarinlari 
beandozadir!
www.ziyouz.com kutubxonasi


MUHAMMAD SHARIF GULXANIY
Isyonkor kuychi G ulxaniy XVIII asming oxiri XIX asming boshlarida 
yashab ijod etgan va bu davr o ‘zbek adabiyotida o ‘ziga xos o ‘rinda turadigan 
yozuvchidir. Uning asl ism-sharifi Muhammad Sharif bo‘lib, Gulxaniy esa 
uning adabiy taxallusidir. Taxminlarga ko'ra, u XVI11 asming 70-yillarida 
hozirgi Xo‘jand viloyatining Darvoza qishlog‘ida dunyoga keladi.
Bo'lajak yozuvchining bolaligi o‘zi olamga kelgan tog' qishlog'ida o'tadi. 
Bu yerda ozm i-ko'pm i o ‘qib, savod chiqaradi, adabiyotga bo'lgan havasi 
ortadi. She’riyatga oid ko‘plab asarlar o‘qiydi, xalq og‘zaki ijodini berilib 
o'rganadi va asta-sekin sh e’riy mashqlari boshlanadi. U o ‘z ilmini oshirish 
maqsadida awal Nam angan va so‘ngra Faig‘onaga keladi, qiziqchiligi, hozir- 
javobligi va hajviy she’rlari bilan kishilar o‘rtasida tanila boshlaydi. Ayniqsa, 
g'ariblik turkumidagi ruboiy va to‘rtliklari bilan el og‘ziga tushadi. Shoir 
keyinchalik Qo‘qonga keladi va moddiy qiyinchilik bilan yashaydi. U o‘zbekcha 
she’riariga Gulxaniy, tojikcha she’rlariga Jur’at deb taxallus qo‘yadi.
Gulxaniy bir necha yil Qo‘qon xoni Olimxon saroyida navkar bo‘lib 
xizmat qilgan, janglarda qahramonlik ko‘rsatgan b o ‘lsa-da, ammo ochlik
yupunlik, muhtojlik uning hamrohi bo'lib qolaveradi.
Gulxaniyning «Ber menga* radifli sh e'ri uning navkarlik davrida 
yozilgan asaridir. G ‘azal och qolgan kishining o ‘z xo'jayinidan non so‘rashi 
bilan boshlanib, tirik qahram on — navkaming qalb alamlari so‘nggi baytlarda 
izchil ochila boradi.
Bu g‘azalga chuqurroq nazar tashlansa, unda faqat yakka, ochlikdan 
tinkasi qurigan bitta shaxs haqida gapirilmay, balki katta ijtimoiy masala — 
Olimxonning navkarlari orasidagi ichki hayot sharoiti haqida gapiriladi. G'azalda 
link qahramonning obrazi umumlashma obraz darajasigacha ko‘tarilgan, chunki 
Olimxon navkarlaridan faqat Gulxaniy xon iltifotiga sazavor bo‘lolmadi, 
degan qarorga kelish yanglishdir. Demak, link qahramon — navkar o ‘z 
boshidan kechirganlarini bayon qilish asosida Olimxonning navkarlarga 
muruwatsizligi va qo(shindagi tartibsizlikni fosh qiladi. 0 ‘z huquqini yoqlash 
bilan boshqa navkarlami ham ana shunday ish ko‘rishga da’vat etadi:

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling