‘zbekiston respublikasj o liy va ‘rta maxsus ta’lim V a zir lig I
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar adabiyoti va folklor (Mamasoli Jumaboyev)
Tushdagidek ne uchun,
Uchib yura olmayman. Yarador qushchamni men Nahot k o ‘ra olmayman. Tushdagi kabi ucholmasligidan afsuslanish, yarador qushchasiga rahm- shafqat va uni sog‘inish ruhi bola vujudini qamrab oigan. Boshqacha aytganda, murg‘ak qalbda sog‘inch dardini uyg‘otish va shakllantirish lirik yo‘sinda talqin qilingan. «Yarador qushcha* she'rining ikkinchi qismida awalgi poetik m a'n o va maqsad ravshanlashtiriladi. Y a 'n i o ‘yin qaroq bolaning toshbag‘irligi, ozor chekkan qushning iztirobi va nihoyat, rahmdil kichkintoyning www.ziyouz.com kutubxonasi odobliligi va mehr-oqibati sokin ohangda kuyianganki, bu turfa fe ' l-atvorlar o ‘quvchi ruhiga samarali ta 'sir etadi. 0 ‘yin qaroq bola sopqonidan tosh otib, qushni yerga qulatadi. Boshqa bir bolatipirchilab chalajon yotgan qushchani m ushukdan olib qochadi va unga in yasaydi, yarasini bog'lab, malham qo‘yib, d o n -d u n berib, parvarish qiiib turadi. Qushcha esa yarasi tuzalgach, qafasda zerikadi. Rahm-shafqatli, odobli bola uning bu holatini his qiJadi. TuzQlgach asta-sekin, Zerikdi u qafasda. Qolgan kabi armonda, Uchsam derdi osmonda. Uni yaxshi ko'rardim, Darrov qotyb yubordim. Shoiming *Men*i tutqunlikda qiynalayotgan qushchani ozod qiladi. U bundan zavq-shavq oladi. Bu yerda ozodlik, erkinlik g‘oyasi bola tilidan falsafiy yo‘sinda ifodalangan. Zikr qilingan poetik m a ’noni ochib berish uchun muailifjonli hikoya uslubtni tanlaganki, u sh e 'rg a nafis va ohangdor pafos hamda joziba bag‘ishlagan. Safo Ochil «Tog‘ lavhalari* (turkum), «M udraydi qishloq», «Ey, qor», «Qor bola», «Qish», «Oqshom», «Ko‘klam q o ‘shig‘i» she'rlarida tabiat manzaralarini chizish orqali boialaming estetik didini shakllantirish, «Kurashchi bola*da sportga mehr, «Xazonlami supurmang»da insonparvarlik, «Yaxshilikning yovlari»da ezgulikning yovuzlik ustidan tantana qilishi, boshqa ko‘pgina she' rlarida esa Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat singari tuyg'ular rango-rang bo‘yoqlarda chizilgan. Safo Ochil bolalar qo‘shiqchiligini rivojlantirishga samarali ta’sir qilgan shoir. Uning qo‘shiqbop she’rlari sodda, tili ravon, sermazmun, ohangdor, shuningdek, ulaming har biri muayyan poetik maqsadga yo‘naltirilgan. Shuning uchun shoim ing aksariyat she’rlari osongina kuyga tushadi, boshqacha aytganda, kuy she’m ing o ‘zida. B astakor ularga qiynalmasdan kuy bastalaydi, ja^igina ijrochi osongina kuylay oladi. «Gul ekaman», « 0 ‘z tilim», «Ota-ona duosi», «Osmonimiz tiniq boMsin» singari she’rlar shular jumlasidandir. Masal boialaming sevgan janrlaridan hisoblanadi. Chunki qushlar, sudralib yuruvchilar, hayvonlar va shu kabilam ing xatti-harakati, ulam ing o ‘ziga xos xususiyatlari goh kulgili, goh satirik yo'sinda tasvirlanadi. Safo Ochilning «Qarg‘avabulbuU, «Ilon vatipratikon», «Tuyabilan kuchuk», «Tovuq va simob pontomimasi», «Qurbaqa va sigaret» singari masallari badiiy yuksak mahorat bilan bitilganki, ular boialam ing diqqatini o‘ziga tortadi. Xayoliy ramz va timsollar, kutilmagan hayotiy voqea va hodisalar, www.ziyouz.com kutubxonasi odatdan tashqari o ‘xshatish va istioralar, go‘zal tasnif va tasvirlar, g‘aroyib sarguzashtlar va m ardliklar va shu kabi badiiy unsurlar muayyan syujet chiziglda birlashadi. Bunday hikmatlaigaboy dialektik yaxlit topilma bolalar diqqat-e’tiborini qozonadi, o ‘z «bag‘ri»ga ohangrabodek tortadi. Bu, ko'pincha, doston, ertak va afsonalarga xos badiiy-estetik xususiyatdir. Shoir-olim Safo Ochil qalamiga mansub doston va ertaklar ham shunday fazilatga ega bo‘lib, ularda badiiy jozibasi bilan m uig‘ak qaiblardan tez o ‘rin olish qudrati mavjud. Adib doston va ertaklarida faqatgina ta’sirchan badiiylik emas, balki ularda voqea va hodisalami ilmiy tahlil va tadkiq etish samarasi ko'zga tashlanadi. Darhaqiqat, shoir har bir asariga badiiy-ijodiy va ilmiy- nazariy jihatdan yondoshadi. Shoirning «Gavhartosh» ertak-dostoni xalq ichida tildan-tilga ko‘chib yurgan afsona bir syujet-voqea asosiga qurilgan boMib, unda ota qadri, uning m a'naviy-axloqiy hikm atlari badiiy ifodasini topgan. Dostonning link qahramoni muayyan jamiyatda asriar osha axloqiy qonuniyatga aylanib qolgan urf-udum va an 'an alarg a qarshi bosh ko‘taradi. Chambil degan mamlakatda ota yoxud ona qarigach, ular tog‘ ortiga — ilonlar m akoniga olib borib tashlangan. Ju r’at shohlaming udumga aylangan bu farm onidan nafratlanadi: Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling