‘zbekiston respublikasj o liy va ‘rta maxsus ta’lim V a zir lig I


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/90
Sana13.07.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1660107
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va folklor (Mamasoli Jumaboyev)

Farmoningga ming la \nat, ey, shoh,
Farmoningdan o ‘rgildik, tojdor.
Udumlaring tufayli, evoh,
N ahot bola Otaga ag*yor!
Shoir «o‘rgildik» so‘zini k o ‘chm a m a 'n o d a ishlatgan b o ‘lib, u 
nafratlanish m a'n o sin i beradi. Bu, o‘z navbatida, she'iga poetik effekt 
(samara, pafos) baxsh etgan va u fikr ta'sirchanligini oshirishga xizmat 
qilgan.
Lekin Ju r’at h am taqdirga tan berib, otasini yelkasiga ortib, ilonlar 
saltanatiga yaqin joyda bir xarsang toshga o‘tqazib, dam oladi. Shu yerda 
otasining aytgan so‘zlari farzand qalbini, uxlab yotgan tuyg‘usini uyg‘otadi:
«Men ham senday sher kabi olg Hr,
Kuchga to ‘lgan yigit bo'lganman.
Qirq y il burun bobongrti, axir,
Shu tosh uzra olib kelganman».
Shu to‘rtlik m a ’nosida «Qaytar dunyo bu*, «Keyinchalik bu qismat 
sening ham boshingga keladi* degan hikmat yashirin. Biroq, bu hikmat bolalar 
tafakkuiiga, dunyoqarashiga va ichki dunyosiga mos keladigan til va sodda badiiy 
uslub bilan berilganki, uni yosh kitobxon tez va aniq tushuna oladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xalqimizda «Qarí bilganni parí bilmas», degan naql bor. Shu maqol 
m a' nosi ertak-dostonda hayot haqiqati orqali ilmiy jihatdan asoslanadi. Johil 
shohga dengizning oqmas qismi — chuqur soy tubida gavhar ko‘rinadi. 
0 ‘sha hududdagi yosh yigitlar gavhami olib chiqishga majbur qüinadi, Biroq, 
uni hech kim olib chiqolmay suvga cho‘kib, halok bo‘lishadi. Navbat Ju r' atga 
yetadi va bo‘lgan voqeani yertoladagí otasiga bayon qilib beradi. Ota «Dedi 
so‘ngra nosni tupurib: — Bormi o ‘sha joyda bir daraxt? J u r'a t dedi: — H a, 
bitta chinor». So‘ngra ota gavhaming chinor aro burgut uyasida ekanini aytadi. 
Darhaqiqat, suv ostidagi burgut uyasidagi gavham ing aksi edi.
Bu yerda hayot koloriti bilan badiiy kolorit uyg‘unlashib, singishib 
ketganki, u bolaning fikrini teranlashtiradi va shu bilan birga unda asar 
davomini 
0‘qishga qiziqish ortadi. Bu badiiy tafakkuming qudratidir.
Ertak-doston boshqa ertaklarga xos lirik qahram onning g‘alabasi, 
ijtimoiy Haqiqat va Adolat tantanasi, buyuk kelajakka ishonch tuyg‘ularining 
ifodasi bilan yakunlanadi. Ya’ni inson hayoti va turmushini oyoq osti qiluvchi 
g‘oyalar ustidan insonparvarlik, qariyalarga g‘amxo‘rlik, vatanparvarlik 
g‘oyalarining muborak tantanasi asaming asosiy salmog‘ini tashkil qiladi.
Safo Ochilning «Burgut», «N odir pahlavon», «Temirchi bobo va 
boyo‘g ‘li» kabi ertaklari ham bolalam ing m a'naviy-axloqiy va estetik 
taibiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, shoir va olim Safo Ochilning deyarli barcha asarían 
m illiy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘o rilg an boMib, u lar m illiy b o la la r 
adabiyotining ravnaq topishida muhim o ‘rinni egallaydí. Bunda shoim ing 
filolog va pedagog olim sifatidagi iste’dodi q o ‘l kelgan. Safo O chilning 
bolalar uchun yozilgan asarían badiiy va pedagogik jihatdan tadqiqotchilarini 
kutmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


ANVAR OBIDJON
(1947 yilda tug‘ilgan)
So‘nggi yillar o ‘zbek bolalar adabiyotini o ‘zining qisqa va mazmunli 
she’rlari, qiziqarii hikoya, qissa, pesalari bilan boyitib kelayotgan 0 ‘zbekiston 
xalqshoiri, adib va dramaturg Anvar Obidjon 1947 yilda Farg'ona viloyatining 
Oltiariq tumanida tavallud topgan. Hozirgi 0 ‘zbekiston milliy universitetining 
jumalistika fakultetini tamomlagan. U bir qator gazeta va jumallarda xodim, 
bo'lim mudiri bo‘lib ishlagan. «Cho‘Ipon* nashriyotida bosh muharrir, 
direktor lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Anvar Obidjonning 1974 yilda «Ona yei>, 1980 yilda «Bahromning 
hikoyalari*, 1983 yilda «Ey, yorug‘ dunyo», «Olovjon va uning do‘stlari*, 
«Alamazon i yego druzya», 1985 yilda «KetmagiU, «Bezgak shamoU, 1986 
yilda «Masxaraboz bola», 1987 yilda «Akang qarag‘ay Gulmat», «Juda qiziq 
voqea», 1988 yilda «O ltin yurakli avtobola*, 1989 yilda «Dahshatli 
meshpolvon*, 1990 yilda «Erliklar>, 1992 yilda «Alamazon va Gulmat 
hangomasi», 1993 yilda «Ajoyibxona», 1994 yilda «Meshpolvonning 
janglari*, 1996 yilda «Alisher ila Husayn yoki uch o‘g‘ri*, 1999 yilda «Oltiariq 
hangomalari», 2001 yilda «Bulbulning cho‘pchaklari* kabi qator to'plamlari 
ch o p etilgan.
Aytishlaricha, Luqm oni hakimning oldiga bir guruh kishilar mehmon 
boMib keldi. Undan hikmatga oid narsalardan so'rashdi. Shunda kelganlardan 
bin:
Ey hakim, sen falon yerda cho‘ponlik qilgan kishi emasmisan? — 
deb so‘rab qoldi.
— Ha, o‘sha c h o ‘ponm an, — javob berdi Luqmon, — hozir ko‘rib 
turibsanki hakimman.
— Bu darajaga qanday erishding? — so‘radi yana u. Luqmoni hakim unga:
— To‘g‘ri so‘zlashdan, odamlaiga yaxshilik qilishdan, omonatga xiyonat 
qilmaslikdan, yolg‘on so‘zlamaslikdan, behuda gapirmaslikdan, musibat 
va qiyinchiliklarga m ardona chidashdan, o‘zimni barchadan kam olishdan!
— deb javob berdi.
A nvar O bidjo nnin g b u tu n ijodi yuqoridagidek vazifani o-zida 
mujassamlantirganligi bilan ajralib turadi. U har bir asarida bolalami kamtar. 
odobli, o'qimishli, vatanparvar boMishga undab keladi.
Bola borki, nurga intiladi. Quyoshga talpinib yashaydi. Negaki quyosh 
bo r joyda, nur bor, n u r b o r joyda ma’murchilik, xursandchilik bo‘ladi. 
M a ’m urchilik, xursandchilik bor joyda g‘am , kulfat, ofat b o ‘lmaydi, 
tinchlik, xotirjamlik, ahillik, baxt bo‘ladi. Shoiming « 0 ‘zimning quyoshim» 
asari xuddi shu ezgu m aqsadni ilgari surishi bilan kitobxon bolalarga behad 
katta quvonch, shodlik bag‘ishlab kelmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


She’rjuda oddiy, sodda va hayotiy. Bolalar b o ‘r, ko‘m ir bilan yo'lm a, 
yo‘I, maydonchalarda quyoshning rasmini chizib q o ‘yganligini ko‘p bor 
uchratamiz. She’r xuddi shu voqeaga bag‘ishlangan. U bolalaming dil so‘zlari 
asosiga qurilgan. M ana siz ham tinglab ko‘ring:

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling