“Ўзбекистон темир йўллари” датк
Download 0.6 Mb.
|
QMS laboratoriya daftari 2023-2024 4-kurs
Ballast materiallari.
Umumiy ma’lumotlar. Ballast materiallari kelib chiqishi, donachalari o’lchamlari, ularning shakli va ishlov berish usullariga ko’ra shag’alli (chaqiqtoshli), asbest, graviyli va qum-graviyli turlarga bo’linadi. Avvallari shuningdek qumli va chig’anoqtoshli ballast ham qo’llangan. Belgilangan texnik talablar va me’yorlarni qoniqtiradigan ballast materiallari yo’lga yotqizish uchun bevosita karerdan (graviy va qum-graviyli) yoki otvallardan (asbest ballast) olinib, yoki ixtisoslashtirilgan zavodlarda ishlov berilganidan so’ng, bu qoyatoshli jinslarni va xarsangtoshlarni kerakli o’lchamga qadar maydalash, mayda va ifloslangan donachalarni saralab olib tashlash, maydalangan donachalarni yuvish va qo’shish (shag’alli ballast) dan iborat bo’ladi. Ballast materiallariga turli, ba’zan ziddiyatli talablar qo’yiladi: qattiq va mustahkam (edirilishga chidamlilik) va shu bilan birga qayishqoq (amortizatsiyalash imkoniyati) bo’lish; yetarli darajada yirik (relsshpala panjarasining turg’un holati) va bir vaqtning o’zida mayda (shpalalar ostida tekis tayanch yuzasi); donachalari kubsimon shaklga yaqin shaklli bo’lishi (donachalarning yedirilishga chidamliligi va prizmaning taqsimlash imkoniyati yaxshilashadi, ammo shu vaqtning o’zida uning umumiy ko’tarish imkoniyati ham pasayadi: prizma yuklama ostida "yalpayib tushadi"); cho’ziq shaklli donachalarga ega bo’lish (leshadli yoki ignasimon), ballast qatlami ichidan o’tadigan va ponalaydigan (prizmaning turg’unligi yaxshilashadi), ammo bir vaqtning o’zida yuklama ostida o’ta sinuvchan bo’ladi (cho’kish darajasi ortadi). Shag’alli ballast. GOSTga muvofiq bosh yo’llarni va umumiy foydalanishdagi asosiy yo’llarni ballastirovkalash uchun 25-60 mm fraktsiyali shag’alli ballast qo’llanadi. 1-rasm. Tabiiy toshdan tayyorlangan shag’al chaqish-maydalash yo’li bilan olinadi. Boshlang’ich tog’ jinsi turiga bog’liq ravishda shag’al quyidagilardan tayyorlanishi mumkin: qoyatoshli jinslardan (100% chaqilgan donachalar); xarsangtosh va graviydan (chaqilgan donachalar massasiga ko’ra kamida 50 %). 2-rasm. Shag’alga quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha talablar qo’yiladi: donachalar tarkibiga ko’ra donachalari soni yuqori nominal o’lchamdan yirikroq (60 mm) 60 dan 70 mm gacha oraliqdagi massasiga ko’ra 5 % bilan cheklanadi, 70 mm dan katta bo’lishiga esa yo’l qo’yilmaydi; nominal o’lchamdan mayda donachalar (25 mm) ko’pi bilan 5 %, shu jumladan 0,16 mm dan kichik donachalar massasiga ko’ra 1,5%; mustahkamligi bo’yicha ana shu ko’rsatkich sifatida ishqalanuvchanlik (massa bo’yicha yo’qotish. %, sharli tegirmon tipidagi barabanda sinovdan o’tkazishda) yoki zarbga chidamlilik (shartli birliklarda PM koprida sinovdan o’tkazishda) qabul qilingan. 1 3-toifali temir yo’llar ballast qatlami uchun faqat qattiq jinsli I20 markali shag’al (chaqiqtosh) ("I" harfi yediriluvchanlik, raqam --20 % massa bo’yicha yo’qotish) yoki U75 ("U" harfi zarb, raqam koprli sinovlar bo’yicha shartli birliklar). 4 5-toifali yo’llarda I40 yoki U50 markali o’rtacha qattiqlikdagi shag’al qo’llanishi mumkin; tarkibiga ko’ra zaif jinsli donachalar massasi bo’yicha 10 % dan ko’p bo’lmasligi, suvga to’yingan holatda siqilishga mustahkamlik chegarasi 20 MPa dan kichik; tarkibidagi qo’shilmalar miqdoriga ko’ra qumoq loy, o’simlik qatlami tuprg’i va boshqa organik qo’shilmalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi; sovuqqa chidamliligi bo’yicha namunalarning yemirilmagan holda navbatma-navbat muzlatish va eritish tsikllari soniga bog’liq ravishda shag’al (chaqiqtosh) «O’TY» ruxsatiga ko’ra (GOST) Mr350 yoki Mrz25 markalariga bo’linadi. shag’alning elektr izolyatsion xossalari maydalangan shag’alni distillangan suvda eritishdan hosil bo’lgan to’yingan aralashma elektr o’tkazuvchanligi qiymati bilan tavsiflanadi. Shag’alli (chaqiqtoshli) ballast, mustahkam magmatik jinslar (granit, gabbro, diorit, siyenit (chuqur joylashgan jinchlar), diabazlar, bazaltlar (tshkilgan jinslar)), uzoq muddat xizmat qilishi, shpalalar cho’kishiga, ularning gorizontal yuzadagi siljishlariga uzoq vaqt qarshilik ko’rsatishi, shag’alli prizmaning yaxshi drenajlash va qayyishqoq va elektr izolyatsiyalash xossalari tufayli zamonaviy materiallar orasidan eng yaxshisi bo’lib hisoblanadi. SHu bilan birga ekspluatatsiya qilinayotgan liniyalarning qator uchastkalarida sifati yomon zaif jinsli (ohaktoshlar, dolomitlar, qumtoshlar) shag’aldan foydalanish, ayniqsa temirbeton shpalalar bilan, bu kabi shag’alning tez yedirlishi va maydalanib ketishi, ularning drenajlash xossalari tufayli kam samaralidir. SHu sababli 1-3-toifali yo’llar ballast prizmasiga turli jinslardan ishlangan va mustahkamligi turlicha bo’lgan aralash chaqiqtosh (shag’al) yotqizilishiga yo’l qo’yilmaydi. Hozirgi paytda 1-3 toifali yo’llarni ballastlash shag’aliga (chaqiqtoshiga), shu jumladan yassi donachalar, o’lchamlari me’yordan katta donachalar miqdoriga qo’shimcha talablar kiritilgan bo’lib, shuningdek yo’l mashina stantsiyalari asosida shag’al (chaqiqtosh)ning granulometrik tarkibining majburiy tekshiruvi joriy qilingan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling