“Ўзбекистон темир йўллари” датк


Download 0.6 Mb.
bet9/17
Sana02.06.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1836887
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
QMS laboratoriya daftari 2023-2024 4-kurs

5-Laboratoriya ishi


Rels defekti va yedirilish darajasini aniqlash usullari



  1. Ishning maqsadi. Rels kallagini vertikal va yon tomondan yedirilishidan bo‘ladigan defekt va shikastlarni aniqlash. Bunda relslarni ruxsat etilgan yedirilishi NTD/SP-1-93da ko‘rsatilgan ruxsatlar bo‘yicha bajariladi.

  2. Asosiy ma’lumotlar. Temir yo‘llardan foydalanish davrida harakat sostavining og‘irlik va boshqa omillar ta’siridan relslarda yemirilishlar bo‘ladi va ularni rivojlanishi yo‘lni defekt va shikastlanishga olib keladi.

Shuning uchun yo‘lni sifat holatini o‘z vaqtida metrologik nazorati, ayniqsa relslarni NTD/SP-1-93 bo‘yicha aniqlash muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda relslar defekti va shikastini aniqlash bo‘yicha ko‘pgina metrologik usullar mavjud, ularga akustik, magnit, ultratovush defektoskopiyasi, defektoskop vagonlar va boshqalar kiradi. Laboratoriya ishida talabalar rels sifatini NTD/SP-1-93 normativ texnik xujjatlari asosida bajaradilar.



  1. Material va asboblar.

1. PShV rusumli yo‘l o‘lchagich shtangensirkul (4-rasm).
2. Shikastlangan rels namunalari (5-rasm).
3. O‘quv poligoni.

4-rasm. PShV rusumli yo‘l o‘lchagich shtangensirkuli





5-rasm. Shikastlangan rels namunalari



  1. Ishni bajarish tartibi.

  1. Amaldagi NTD/SP-1-93 bo‘yicha rels kallagini yemirilishi talab namunalarda o‘rganiladi.

  2. Shtangensirkul yordamida rels kallagini vertikal va yon tomonda yemirilishini aniqlash.

  3. NTD/SP-1-93 bo‘yicha ruxsat etilgan yemirilish qiymatini aniqlaniladi.

  4. Turli xil rels namunalarida yemirilishni o‘lchash va natijalarni 6 jadvalga kiritish.

  5. Kafedra o‘quv poligonidagi relslar kallagini yemirilganligini to‘g‘ri uchastkada, zvenolarni choklarida, strelkali o‘tkazgichlarda aniqlaniladi va natijalarni 6 jadvalga yoziladi.

  6. Har bir o‘lchash namuna va kafedra o‘quv poligonidagi relslar uchun NTD/SP-1-93 bo‘yicha yemirilish cheklangan qiymatlar aniqlaniladi.

  7. O‘lchash va ish natijalari 6 jadvalga yoziladi.

6-jadval. O‘lchash natijalari va hulosalar





O‘lchash joyi

Namuna va o‘lchash soni

Rels turi

Relsni ruxsat etilgan yemirilishi, mm

Yemirilishni o‘lchash natijasi, mm

Xulosa

vertikal

yondan

vertikal

yondan




Laborato-riyada
































































O‘lchov poligonida




































































  1. Download 0.6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling