“Ўзбекистон темир йўллари” датк


Ballast prizmasining namunaviy ko’ndalang kesimi


Download 0.6 Mb.
bet12/17
Sana02.06.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1836887
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
QMS laboratoriya daftari 2023-2024 4-kurs

Ballast prizmasining namunaviy ko’ndalang kesimi

Yo’l toifasi

Reyslar hududidagi balast qatlamining qalinligi, H, sm.

Prizma chizig'ining kengligi, S, sm.

Pastki qavatning eng kichik kengligi, d, sm.

1, 2

35/40

40/45

50 (40)

35/40

35/40

50 (40)

25/30

25/40




20/20

20/40




Izoh: suratida yog’och shpallar, maxrajida temi beton shpallar uchun.

3-rasm. Bir izli temir yo’l izining ballast qatlami:
a) tekis yo’llarda, b) egriliklarda.



4-rasm. Ikki izli kuchaytirilgan temir yo’l izining ballast qatlami:
a) tekis yo’llarda, b) egriliklarda.
IV. Ishni bajarish tartibi.

  1. Poligonda bir izli temir yo’l iziga to’shalgan ballast qatlamini o'lchash.

  2. Ballast qatlami shag’alning diametrni (fraktsiyasini) aniqlang.

  3. Hisob natijalari 1-jadvalda yoziladi.



V. Laboratoriya ishlarining natijasi.
1-jadval

Yo’l toifasi

Reyslar hududidagi balast qatlamining qalinligi, H, sm.

Prizma chizig'ining kengligi, S, sm.

Pastki qavatning eng kichik kengligi, d, sm.

1,2







































VI. Qisqacha hisobot.
Talaba poligonda o’lchangan natijalar hisoblari bo‘yicha hisoblarni keltiradi.


Nazorat savolari



  1. Ballast qatlamining vazifasi va unga qo’yilgan talablar.

  2. Ballast qatlamining xizmat qilish muddati nimaga bog’liq.

  3. Ballast qatlamining tozalash muddati nimaga bog’liq

  4. Temir yo’l iziga to’shalgan ballast qatlamining maksimal qalinligi qancha bo’lishi kerak.



7-laboratoriya iShi


Qurilish ishlari nazoratida statistika usulini qo’llash


I. Ishdan maqsad talabalarni sifatni nazorat etishning matematika apparati usullari bilan tanishtirishdan iborat.
II. Asosiy ma’lumotlar. Sifatni nazorat etishning matematika apparatini asoslash uchun tasodifiy kattaliklar, ya’ni qalinlik, kenglik, namlik, qayishqoqlik kabilarning aniqlashda taqsimot qonuni o’ta muhim ahamiyatga ega.
Sifatni nazorat qilishning matematik usullari normal taqsimot, qonuniga asoslanadi.
Sifatni nazorat etish natijalariga statistik ishlovi berilganida shu narsa ma’lum bo’ldiki, o’lchanayotgan parametrning bir qadar yuqori darajada bir xil bo’lganida (Sv<0,2) uning taqsimlanishi normal qonunga bo’ysunsa, Sv=0,2÷0,3 ga teng bo’lganida normal va o’zgaruvchan parametrli Veybull qonuni bilan va Sv=0,3÷0,8 bo’lganida esa eksponentsial hamda o’zgaruvchan parametrli Sv>0,8 Veybull qonuni yordamida birdek yaxshi ta’riflanadi. SHunday qilib, normal taqsimlanish qonunidan temir yo’l qurilishini nazorat etish maqsadida yuqori darajada bir xillikka ega bo’lgan, ya’ni Sv<0,2 parametrlari uchun foydalanish imkoniyati mavjud. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, yuqori darajadagi bir xillilik grunt va materiallar zichligi, qatlamlar eni va qator boshqa parametrlar uchun xosdir. SHu bilan birga nazorat qilinadigan parametrlardan bir qanchasi o’zaro jiddiy farqlanadi – bu qatlamlar qalinligi va tekisligi, gruntlar va materiallarning mustahkamlik (E;S;φ) xossalari, ularning namligi va h.k. Tasodifiy kattaliklarning taqsimlanishini aniqlashga vaqt, harorat va namlik kabi omillar ham jiddiy ta’sir o’tkazadi, chunki ko’plab ko’rsatkichlar o’z xossalari va bir xilliligini aynan shularga bog’liq ravishda o’zgartiradilar.
Veybull qonuni parametrlarini o’zgartira borib, ko’plab tasodifiy kattaliklar: Puasson, binominal, gipergeometriya, geometriya, gamma-taqsimlanish, beta-taqsimlanish kabi tasodifiy kattaliklar qonunlariga ega bo’lish mumkin.
Tasodifiy kattaliklar taqsimlanishining nisbatan umumiy qonunlari ham mavjud (Pirson, Fisher va h.k.).
Ekstremal kattaliklar taqsimlanishini ta’riflash uchun normal qonun va Veybull qonuni chegaraviy bo’lib xizmat qilishi mumkinligi aniqlangan. Bu qurilish sifatini nazorat qilishda odatiy bo’lgan kichik namunalar (n<200) uchun xosdir.
Statistika nazoratini qo’llashda qator medianlari kabi o’rtacha ko’rsatkichni aniqlash optimal hisoblanadi. Parametrning o’lchangan ko’rsatkichlari 30 tadan ortiq bo’lgan bu hollarda, ularni guruhchalarga jamlab, quyidagi formula yordamida namunaning o’rtacha ko’rsatkichini topish maqsadga muvofiq bo’ladi:
(5)
bunda xi – guruhcha o’rta qismi; Ri – ta’rifga oid i ko’rsatkichning ushbu guruhchaga kirgan ehtimoliy o’lchovlar miqdorining “n” ni umumiy o’lchashlar miqdorini paydo bo’lishi.
Olingan ma’lumotlarning bir xil emasligi (tarqalganligi)ni aniqlash uchun o’rtacha kvadratik og’ishni yoki o’lchanayotgan kattalikning variatsiyalashuv koeffitsiyentini topish talab etiladi.
O’lchov miqdori bir muncha katta (n>30) bo’lganida o’rtacha kvadratik og’ishni aniqlash uchun tanlashda dispersiyasidan foydalanish tavsiya etiladi.
(6)
O’lchov miqdori katta bo’lmaganida (n>30) tuzatilgan dispersiyani qo’llagan ma’qul
(7)
n>30 bo’lganida ko’rsatkichlar σ`≈σ ekanligini hisobga olib, o’lchanayotgan kattalikning matematik kutishdan tanlab olingan o’rtacha ko’rsatkichdan o’rtacha kvadratik og’ishni baholash maqsadida (3) formuladan foydalanish tavsiya etiladi.
O’lchashlar soni ancha bo’lganida hisob-kitobni osonlashtirish maqsadida avval barcha o’lchovlar guruhlarga bo’lib chiqilib, so’ng o’rtacha kvadratik og’ish guruhlar o’rtasi uchun quyidagi formula bo’yicha hisoblab topiladi
(8)
Temir yo’llar qurilishi (qurilish mahsuloti) sifatini aniqlash maqsadida parametr variatsiyasi koeffitsiyentini qo’llab, u o’rtacha kvadratik og’ishning parametrning o’rtacha ko’rsatkichiga nisbatidan iboratdir
(9)
Variatsiya koeffitsiyenti – qulay o’lchamsiz kattalik bo’lib, o’lchanayotgan parametrning bir xilligini hamda texnologiya jarayonining barqarorligini ko’rsatadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling